Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (O‘zdavenergonazorat) to‘g‘ridagi Nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ustaviga muvofiq qaror qilamiz:
Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarMaqsadiMiqdori
1.Bog‘lash paketi

Bog‘lamalarni qo‘yish uchun

5 dona
2.Steril bint-“-dona
3.Gigroskopik, klinik, jarrohlik paxtasi-“-50 grammlik 5 o‘ram
4.JgutQon oqishini to‘xtatish uchun1 dona
5.ShinalarSingan, chiqqanlarni mahkamlab qo‘yish uchun3-4 dona
6.Yax uchun rezina xaltaLat egan, singan chiqqan joylarni sovitish uchun1 dona
7.Stakan

Dorilarni ichish, ko‘z va oshqozonni yuvish va eritmalarni tayyorlash uchun

1 dona
8.Choy qoshig‘iEritmalarni tayyorlash uchun1 dona
9.Yod (5 foizli spirtli eritmasi)Yaralar va terining shilingan joylari atrofiga surish uchun1 flakon (50 ml)
10.Nashatir spirti (10 foizli ammiak eritmasi)Hushdan ketgan vaqtda qo‘llash uchun1 flakon (30 ml)
11.Bor kislotasiIshqordan kuyganda ko‘z va terini yuvish, og‘izni chayish, volt yoyidan kuyganda ko‘zga ho‘llab qo‘yishga eritma tayyorlash uchun1 paket (25 g.)
12.Ichimlik sodasi (natriy gidrokarbonat yoki natriy ikki oksidi) Kislotadan kuyganda ko‘z va terini yuvish, og‘izni chayishga eritma tayyorlash uchun1 paket (25 g.)
13.Vodorod peroksidi eritmasi (3 foizli)Burundan, katta bo‘lmagan yaralar va shilingan joylardan qon oqishini to‘xtatish uchun1 flakon (50 ml)
14.Valeriana nastoykasiAsab tizimini tinchlantirish uchun1 flakon (30 ml)
15.Achchiq tuz (ingliz)Oziq-ovqatdan va boshqa zaharlanishlarda ichish uchun50 g.
16.Aktivlashtirilgan ko‘mir (kukun)Oziq-ovqatdan va boshqa zaharlanishlarda ichish uchun50 g.
17.Kali� permanganat (kristallar)Oziq-ovqatdan va boshqa zaharlanishlarda ichish uchun10 g.
18.Validol yoki nitroglitserinYurak atrofida kuchli og‘riqlarda til ostiga olish uchun1 tyubik
19.Amidopirin, analgin (tabletkalar)Issiqni tushiruvchi va og‘riqni kamaytiruvchi vosita sifatida ichish uchun

2 o‘ram

Elektr uskunasini uzgich, biriktirgich-ajratgich (rubilnik) yoki boshqa o‘chiruvchi apparat yordamida (1-rasm), hamda saqlagichlarni olib qo‘yish, shtepsel ulamasini ajratish, havo liniyasida sim tashlab sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish yo‘li bilan o‘chirish mumkin.
Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan kiyimidan tortib (kiyimi quruq va badaniga yopishmagan bo‘lsa), masalan kamzul yoki paltosining etagidan, yoqasidan tortib ajratish mumkin, bunda uning atrofidagi metall buyumlar yoki jabrlanuvchi badanining kiyimsiz joylariga tegib ketmasligi kerak (3-rasm). Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchi shaxs o‘z qo‘llarini izolatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolatsiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki
Suzib charchagan odamga quyidagicha yordam ko‘rsatish mumkin. Yordam ko‘rsatuvchi odam charchagan odamning oldinga cho‘zgan qo‘llarining bilaklari tagiga o‘z yelkalarini tutishi va “brass” usuli bilan suzib uni o‘zi bilan olib ketishi lozim (8-rasm, a, b). Agar suzib charchagan odam yordam ko‘rsatuvchi odam bilan bir maromda oyog‘i bilan suza olsa, uni olib chiqish yanada osonroq bo‘ladi. Suzib charchagan odamning qo‘llari yordam ko‘rsatayotgan odamning yelkalaridan sirpanib tushib ketmasligini kuzatib turish kerak.
boshidan ushlab (14-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam cho‘kayotgan odamni chalqancha holatga o‘tkazishi uni shu holatda ushlab turib, yuzini kafti bilan (kafti bilan quloqlarini berkitib, katta barmoqlari bilan lunjidan, kichkina barmoqlari bilan esa past jag‘idan) ushlashi va suvning ustidan ushlab qirg‘oqqa tomon olib borishi kerak. Yordam berayotgan odamning o‘zi ham chalqancha suzishi lozim;
Qo‘lidan ushlab (15-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam cho‘kayotgan odamning orqasidan suzib kelishi, uning tirsaklarini orqasiga o‘tkazishi va uni o‘zining bag‘riga bosib erkin usulda suzib qirg‘oqqa olib borishi kerak;
qo‘l ostidan ushlab (16-rasm). Buning uchun yordam berayotgan odam cho‘kayotgan odamning orqasidan suzib kelishi, o‘zining o‘ng (chap) qo‘lini tezlik bilan uning o‘ng (chap) qo‘li ostiga o‘tkazib olishi, cho‘kayotgan odamning ikkinchi qo‘lini tirsagidan teparog‘idan ushlashi uni o‘zining bag‘riga bosib yonboshlab suzib qirg‘oqqa olib borishi kerak.
Kichkina bolalarga havoni puflaganda bir vaqtda o‘zining og‘zi bilan bolaning burnini ham yopib, ham og‘ziga ham burniga havo puflanadi (25-rasm). Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, nafas olganida unga puflanadigan havo shunchalik kam bo‘lishi kerak va katta odamga nisbatan ko‘proq marta havo puflanishi lozim (bir daqiqada 15 — 18-marta). Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa katta odamning og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yetarli bo‘ladi. Shuning uchun bolaning nafas olish yo‘llari shikastlanmasligi uchun unga havoni juda keskin emas va to‘liq bo‘lmagan hajmda puflash kerak.
Agar jonlantirishni bitta odam o‘tkazayotgan bo‘lsa (28-rasm), har ikki marta chuqur havo puflaganida to‘sh suyagini 15-marta bosish kerak, so‘ngra yana ikka marta havo puflanadi va yana 15-marta to‘sh suyagini bosish kerak va h. Bir daqiqa ichida to‘sh suyagini kamida 60-marta bosish va 12-marta havo puflash, ya’ni 72 muolajani bajarish lozim, shuning uchun reanimatsion chora-tadbirlarning sur’ati yuqori bo‘lishi kerak. Tajribaning ko‘rsatishicha, sun’iy nafas oldirishga ko‘proq vaqt sarflanadi. Havoni puflashda jabrlanuvchining ko‘krak qafasi kengayishi bilan havo puflashni to‘xtatish lozim.
Reanimatsion chora-tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa (29-rasm), “nafas oldirish — massaj qilish” nisbati 1:5 ni tashkil qiladi, ya’ni bitta chuqur havo puflanganidan so‘ng ko‘krak qafasi besh marta bosilishi kerak. Jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish vaqtida yurakka massaj qilayotgan kishi ko‘krak qafasini bosmay turadi, chunki ko‘krak qafasi bosilganidagi harakatlar havo puflanishidan kuchliroq bo‘ladi (havo puflanishida ko‘krak qafasining bosilishi sun’iy nafas oldirishni va dyemak reanimatsion chora-tadbirlarni samarasiz qilib qo‘yadi). Reanimatsion chora-tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotganda yordam ko‘rsatuvchi shasxlar har 10 — 15 daqiqada o‘rin almashib turishi maqsadga muvofiqdir.
Yordam ko‘rsatuvchi shaxslar yurakka tashqi massajni to‘g‘ri va samarali o‘tkazilayotganligini uyqu va son arteriyalarida pulsning paydo bo‘lishi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishlari lozim. Jonlantirish bir kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u har 2 daqiqada uyqu arteriyasidagi pulsni aniqlash uchun yurakka massaj qilishni 2-3 soniyaga to‘xtatib turishi lozim (17-rasm). Agar jonlantirish ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uyqu arteriyasidagi puls sun’iy nafas oldirishni o‘tkazayotgan shaxs tomonidan nazorat qilinadi. Massaj qilish vaqtidagi tanaffusda pulsning paydo bo‘lishi yurak faoliyatining (qon aylanishining) tiklanganligidan dalolat beradi. Bunda yurakka massaj qilishni darhol to‘xtatish, ammo sun’iy nafas oldirishni, jabrlanuvchi o‘zi barqaror mustaqil nafas olishiga qadar davom ettirish kerak. Puls paydo bo‘lmagan taqdirda yurakka massaj qilishni davom ettirish lozim.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘tkaziladigan reanimatsion chora — tadbirlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bir yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yurak massaji bir qo‘lda o‘tkaziladi (30-rasm) va bolaning yoshiga qarab ko‘krak qafasi bir daqiqada 70 dan 100-martagacha bosiladi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga ikkita (ko‘rsatkich va bosh) barmoq yoki bolaning tanasini qolgan barmoqlar bilan quchoqlab olib ikkala qo‘lning bosh barmoqlari bilan to‘sh suyagining o‘rtasiga bir daqiqada 100 dan 120-martagacha bosiladi (31-rasm).
Kuchli qon ketishini tez to‘xtatish uchun qonayotgan tomirni yaradan teparoqda (qon oqimi bo‘ylab) suyakka barmoqlar bilan bosib turish kerak. 32-rasmda arteriya qon tomirlarini bosib turganda eng samarali bo‘lgan joylar nuqtalar bilan ko‘rsatilgan. Quyidagi jarohatlarda qon ketishini to‘xtatish uchun bosiladigan nuqtalar: peshona yoki chakkada-chakka arteriya qon tomirini quloq suprasi oldida (1-nuqta);
Oyoq va qo‘llardagi qon ketishini uni jarohat joyidan yuqoriroqda bo‘g‘imda bukish yo‘li bilan to‘xtatish mumkin, agar bu qo‘l yoki oyoq sinmagan bo‘lsa (33-rasm). Jabrlanuvchining tezlik bilan yengini yoki shimining pochasini shimarish va bo‘g‘imini bukishda hosil bo‘lgan chuqurchaga bir siqim paxta, doka yoki istalgan mato bo‘lagini solib qo‘yish va bo‘g‘inni kuch bilan, oxirigacha bukish kerak. Bunda bukilgan joydagi o‘tgan yaraga qon keltiruvchi arteriya siqiladi. Oyoq yoki qo‘l shunday buklangan holatida jabrlanuvchining tanasiga ro‘mol, sharf yoki kamar bilan bog‘lab qo‘yilishi kerak.
Elka oldi suyagi singan yoki chiqqanda (kaft kengligidagi) shinani tirsak bo‘g‘imidan, jabrlanuvchining kaftiga, go‘yo u mushtumida ushlab turgandek, bir siqim paxta yoki bint solib barmoqlarning uchigacha qo‘yilishi kerak (38-rasm). Shinalar bo‘lmagan taqdirda, qo‘lni ro‘mol bilan bo‘yinga (39-rasm) yoki kamzulga (40-rasm) osib qo‘yilishi lozim. Agar qo‘l (chiqib ketganida) tanadan orqada qolayotgan bo‘lsa, qo‘l va tananing o‘rtasiga qandaydir yumshoq narsa (masalan buklangan kiyim) qo‘yish kerak.
Umrov suyagi singan yoki chiqqanda qo‘ltiq ostiga shikastlangan tomondan bir siqim paxta qo‘yish, qo‘lni tirsagidan to‘g‘ri burchak ostida bukib tanaga bint bilan o‘rab qo‘yish (43-rasm) va bo‘yinga ro‘mol yoki bint bilan osib qo‘yish lozim. Bintni bog‘layotganda shikastlangan qo‘ldan tanaga qarab o‘rash kerak.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”