O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston — Vatanim manim” qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovining xalqimiz ma’naviy hayotida unutilmas voqea bo‘lganligini, minglab fuqarolarimiz tomonidan zo‘r mamnuniyat va ko‘tarinki ruh bilan qo‘llab-quvvatlanganligini e’tiborga olib, kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bag‘ri keng, mehri daryo xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprog‘ini, mustaqillikni ko‘z qorachug‘iday asrab-avaylash, buning uchun kerak bo‘lsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo‘shiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat tug‘dirish maqsadida:
1. Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston — Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida qo‘shiq bayramini tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.