Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashda kon-metallurgiya sanoatining ahamiyati muhimligini e’tiborga olib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zmetkombinat” Aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zolmosoltin” uyushmasi, “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti, foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi boshqa korxonalar ko‘p ming kishilik jamoalarining kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissalarini qayd etgan holda:
1. May oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga kiritilsin.
LexUZ sharhi
2001-yil 12-mayda “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.