05.01.2009 yildagi 01-son
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshliining buyrug‘i, 05.01.2009 yildagi 01-son
Кучга кириш санаси
29.01.2009
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi № 323 sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
Ushbu Umumiy Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.

T.R.

TERMIN

TERMIN IZOHI

1.Avariyali germetiksizlanishi

Apparaturada portlash yoki atmosferaga yonuvchi muhitni chiqishi imkoniga olib keluvchi kimyo-texnologik tizim asbob-uskunalari elementlarining butunligining va (yoki) germetikligining nazorat qilinmaydigan buzilishi.

2.Avtomatlashtirilgan boshqaruv

Inson ishtirokida texnologik jarayonni nazorat va avtomatika vositalari va elementlari, hisoblash texnikasidan foydalanish bilan va ular boshqaruvidagi ijro qurilmalari bilan boshqarish.

3.Avtomatik boshqaruv

Inson ishtirok etmagan holda texnologik jarayonni nazorat va avtomatika vositalari va elementlari, hisoblash texnikasidan foydalanish bilan va ular boshqaruvidagi ijro qurilmalari bilan boshqarish.

4.Portlash xavfi bor moddalar

Portlash xavfi bor muhitni mustaqil yoki oksidlovchi aralashma bilan hosil qilish imkoniyati bor moddalar (materiallar).

5.Portlash xavfi bor texnologik blok

Apparaturada portlash yoki atmosferaga yonuvchi muhitni chiqishi ehtimolli texnologik va ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda berilgan rejimdan va reglamentlangan shartlardan og‘ishidagi texnologik blok.

6.Birdaniga (bir yo‘la) otilib chiqish

Asbob-uskunalarning avariyali yoki boshqa sabablarga ko‘ra germetiksizlanishida atmosferaga katta miqdorda yonuvchi yoki portlash xavfi bor moddalarni qisqa muddatda otilib chiqishi.

7.Portlash xavfi bor darajalari bo‘yicha texnologik bloklarining tasnifi

Texnologik tizimlar va ishlab chiqarish xonalarining to‘liq berkitilgan hajmlarida bug‘ bulutlari portlaganida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan va texnologik bloklardagi tipik avariyalarda atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan yonuvchi bug‘-gaz muhiti massalariga olib kelingan va energetik potensialining nisbiy qiymatlari bo‘yicha texnologik bloklarning gradatsiyasi.

8.Parametrlarning kritik qiymatlari

Texnologik tizimda portlash vujudga kelish ehtimolida yoki texnologik apparatura germetiksizlanishida va yonuvchi muhitning atmosferaga chiqish ehtimolida bitta yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta parametrlarining (berilgan rejim bilan material muhitning tarkibi, bosimi, harorati, harakat tezligi, zonada bo‘lish vaqti bo‘yicha) eng oxirgi qiymatlari.

9.Texnologik blokning umumiy energetik potensiali

Texnologik blokning to‘satdan avariyali ochilishidagi bug‘-gaz muhiti adiabadik kengayishi, mavjud ichki va tashqi (atrof muhit) energiyalar hisobiga suyuqliklardan hosil bo‘ladigan bug‘lar (gazlar) to‘liq yonishining energiyalari yig‘indisi.

10.Parametrning xavfli qiymati

Reglamentdan tashqariga chiqqan va eng so‘ngi ruxsat berilgan qiymatga yaqinlashgan parametr qiymati.

11.Nisbiy energetik potensial

Bevosita zarbali to‘lqin shakllanishiga texnologik blokning umumiy energetik potensiali sarflanishi shartida texnologik blokda bug‘-gaz muhitining portlashidan kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan buzilishlarining darajasi va masshtablari ko‘rsatkichi.

12.AQAH (PAZ)

NO‘AvaA vositalari va elementlari, hisoblash texnikasi va ularni boshqarish ijro qurilmalariga tayanuvchi avariyaga qarshi avtomatik himoya.

13.Potensial portlash xavfi bor texnologik jarayon

Texnologik apparaturada portlash vujudga kelishi yoki atmosferaga yonuvchi muhitni chiqib ketishi ehtimoli bor reglamentlangan ishchi qiymatlaridan parametrlar og‘ishida, yonuvchi va portlash xavfi bor material muhitlari boriligida o‘tkaziladigan texnologik jarayon.

14.Avariya oldi signalizatsiyasi

Texnologik jarayonning parametrlari ruxsat berilgan eng oxirgi qiymatiga etganida ishlab ketadigan signalizatsiya.

15.Parametrlarning ruxsat berilgan eng oxirgi qiymatlari

Texnologik jarayonda parametrning kritik qiymatidan, uning eksperimental yoki hisoblash tavsifda xatosi summasiga teng kattaligi va parametrlarni o‘lchash, nazorat qilish tartibga solish va AQAH vositalarining xatoliklaridan farqlanadigan potensial portlash-yonish xavfi bor muhitlardagi kritik oldi qiymatlari.

16.Ogohlantiruvchi signalizatsiya

Texnologik jarayon parametrining ogohlantiruvchi qiymatiga etilganda ishlab ketadigan signalizatsiya.

17.Parametrning ogohlantiruvchi qiymati

Texnologik jarayon parametrining reglamentlangan (ruxsat berilgan) qiymati chegarasidagi parametr qiymati.

18.Bug‘-gaz muhitning keltirilgan massasi

To‘liq yonish energiyasi yagona solishtirma yonish issiqligi 46 • 103 kDj/kg bo‘yicha aniqlanadigan portlash xavfi bor bug‘-gaz muhitidagi yonuvchi modda massasi.

19.Texnologik muhit parametrlarining reglamentlangan qiymatlari

Berilgan yo‘nalishda xavfsiz oqishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayonda texnologik muhit holatini tavsiflovchi parametrlar qiymatining jamlamasi.

20.Texnologik muhit

Texnologik apparaturada (texnologik tizimda) joylashgan va xarakatlanayotgan xom-ashyo materiallar, reaksion massa, yarim mahsulotlar, tayyor mahsulotlar.

21.Texnologik blok

Yonma-yon apparatlarda yoki tizimlarda avariyani rivojlanishiga olib keladigan rejimni xavfsiz o‘zgartirishda texnologik tizimdan berilgan vaqtda o‘chirilishi (ajratilishi-izolirovaniye) mumkin bo‘lgan apparat yoki apparatlar guruhi(minimal sonda).

22.Texnologik obyekt

Hududiy birlashgan va texnologik oqimlar (potok) bilan bog‘langan apparatlar guruhidan iborat kimyo-texnologik tizimlar qismi.

23.Texnologik jarayon

Apparatda (o‘zaro bog‘liq apparatlar tizimida, agregatda, mashinada) maqsadga muvofiq moddalarning fizik-kimyo almashinuvining va material muhit parametr qiymatlari o‘zgarishining jamlamasi.

24.Portlashning trotil ekvivalenti

Zarbali to‘lqinni tayyorlashda bug‘-gaz muhitida (BGM) yonuvchi modda portlashidagi haqiqiy ulushini, BGM va trinitrotoluol (TNT) portlashida energiya sarfi ulushini hisobga olib, BGM portlashida buzulish darajasi bo‘yicha portlashning adekvatligida TNTning shartli massasi.

25.Shartli trotil ekvivalenti

Faqat zarbali to‘lqin shakllanishidagi BGM ning sarfida, uning barcha massasining portlash energiyasiga mos TNT ning shartli massasi.

26.Kimyo-texnologik tizim

O‘zaro bog‘liq texnologik oqimlarning va belgilangan ketma-ketlikda texnologik operatsiyalarni amalga oshirilayotganida (xom-ashyoni reaksiyaga tayyorlashda, mahsulotlarning maqsadli va yordamchi kimyoga xos almashinishi va ajratilishi) yaxlit harakatlanayotgan apparatlar jamlamasi.

27.Texnologik blokning (tizimning) energetik chidamliligi

Aniq texnologik bloklarning (tizimlarining) portlash xavfliligini kompleks tahlilida aniqlanadigan energiya ta’minlanishini to‘satdan to‘xtatilganida turli avariyalar vujudga kelishi imkoniyatlari(ehtimoli) va rivojlanishining tavsifi.