LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Keyingi yillarda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarini bozor munosabatlariga o‘tkazishga doir ancha ishlar amalga oshirildi. Zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi — Uy-joy kodeksi, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqalar qabul qilindi.
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi hamda bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan tegishli mintaqaviy kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqarish tizimini isloh qilish, monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tugatildi va uning negizida “O‘zkommunxizmat” agentligi tashkil etildi. Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berildi. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va o‘zini o‘zi boshqarish jamoatchilik organlari Uy-joy egalari kengashlari shakllantirilmoqda.
Suv, gaz va issiqlik energiyasini hisobga oluvchi asboblarni ishlab chiqarish tashkil qilindi, ularni ko‘p xonali uy-joy binolariga o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish jarayonlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamon pastligicha qolmoqda. Odamlarning ehtiyojlariga to‘ralarcha qo‘pol munosabatda bo‘lish hollariga barham berilmayapti. Xizmat ko‘rsatishning bozor me’yorlariga o‘tish borasidagi ishlar sust olib borilmoqda. Sarf-xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha amalda hech narsa qilinayotgani yo‘q. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi, ularning sifatini oshirish bilan birga qo‘shib olib borilmayotganligini qoniqarli deb hisoblab bo‘lmaydi. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish uchun deyarli hech narsa qilinayotgani yo‘q.
Kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida to‘lanishi uchun kollektiv javobgarlik tizimini tatbiq etish bo‘yicha to‘plangan tajriba sust ommalashtirilmoqda. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini tashkil etish jarayoni ko‘pincha yuzaki amalga oshirilmoqda. Yangidan tuzilgan shirkatlar aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanmayapti, ularga qayta qurish va ta’minlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur kreditlar ajratib berilmayapti. Ularning faoliyati aniq belgilab qo‘yilmagan. Joylarda kommunal xizmat ko‘rsatishni o‘zini o‘zi qoplashga o‘tkazish va budjetdan dotatsiyalarni qisqartirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bajarilmayapti.
Iste’molchilarning to‘lov intizomi pastligicha qolmoqda, resurslar sarfining hisobga olinishi zarur darajada ta’minlanmayapti, tarmoqdagi bir qator korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda, bu esa ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
1. Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish va uni bozor shart-sharoitlariga o‘tkazish borasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va hukumatning tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining ishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Andijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida, Andijon, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida, shuningdek Qorako‘l, G‘ijduvon, Narpay, Shahrixon, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida kommunal sohani isloh qilish borasidagi ishlar ayniqsa yomon tashkil qilingan.
Hukumat (O‘.Sultonov) ko‘rsatib o‘tilgan viloyatlar, shaharlar va tumanlarda vujudga kelgan ishlarning ahvoliga prinsipial baho berib, bu ishlarni tashkil etishni yaxshilash bo‘yicha aniq-ravshan choralar ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-sentabrdagi PF-3662-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlarning hokimliklari bir oy muddatda uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini shakllantirish chora-tadbirlari kompleksi va jadvallarini, shuningdek ularga kreditlar hamda sponsorlik (homiylik) mablag‘lari berish hisobiga aylanma mablag‘larni to‘ldirish manbalarini izlab topish, zarur omborxonalarni berish bilan bog‘liq hamda boshqa har tomonlama yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
Bajarilgan ishlar to‘g‘risida 2001-yilning 1-iyuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-apreldagi PF-3601-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 17-18-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar kommunal xizmatlarga aholidan mablag‘larni yig‘ishda ko‘maklashish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (mahalla qo‘mitasi) bilan yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar tuzishlari mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal xizmatlar haqi aholi tomonidan o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lanishini ta’minlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini (mahalla qo‘mitalarini) rag‘batlantirish maqsadida shu narsa belgilab qo‘yilsinki, kommunal xizmatlar uchun joriy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar rejasi 100 foiz bajarilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (mahalla qo‘mitalariga) tushgan to‘lovlar summasining 10 foizi miqdorida ajratmalar beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3113-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla qo‘mitalari) ushbu mablag‘lardan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirishga, uy-joy kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzlarni to‘lash, shu jumladan xizmatlar haqini to‘lashda kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, shuningdek uy-joy binolarini ta’mirlash, mahallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarni obodonlashtirish borasidagi ishlarni o‘tkazishda qat’iyan maqsadli foydalanishni ta’minlasinlar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3113-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 139-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqining o‘z vaqtida va to‘la miqdorda to‘lanishini ta’minlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish Tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin.
5. Uy-joy-kommunal xizmatlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida kommunal (gaz ta’minoti, issiq suv ta’minoti, markaziy isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariyaviy tozalash kabi) xizmatlarni ko‘rsatuvchi hamda foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun rentabellikning cheklangan darajasi 10 foiz miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish hamda uy-joylardan foydalanish va kommunal xizmat ko‘rsatish narxlari hamda tariflarini tasdiqlash (yoki qayta ko‘rib chiqish) tartibini ishlab chiqib, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalariga yetkazib bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 56-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining 4-ilovaga muvofiq ayrim qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy-kommunal sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
4. “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-son Farmonining 3-bandi.