Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
 LexUZ sharhi
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini yanada soddalashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“xorijiy muassis to‘g‘risida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reyestridan ko‘chirma yoki, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan ushbu yuridik shaxs faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan boshqa hujjat, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. Xorijiy muassis to‘g‘risida savdo reyestridan ko‘chirmada yoki ushbu yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatda xorijiy yuridik shaxsning, u joylashgan joyning nomi, xorijiy yuridik shaxs nomidan imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxsning ma’lumotlari mavjud bo‘lishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chirma berilgan paytidan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidenti o‘z pasportining nusxasini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk bo‘lsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan baholash to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi kerak”.
a) birinchi xatboshidagi “7 ish kunida” so‘zlari “1 oyda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) to‘rtinchi xatboshidagi “matnining” so‘zidan keyin “vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘qqizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 74-bandning birinchi xatboshidagi “yoki yuridik shaxsni” so‘zlari chiqarib tashlansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”