1. Quyidagi 2010-yil 27-sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2011 — 2015-yillarda iqtisodiy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1997-yil 18-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safarlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Protokol tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.