Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
 LexUZ sharhi
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 60-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq komissiyalar vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar;
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yuklanadi.
23. Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashlari mumkin:
27. Ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilayotganda tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlikning xususiyatini va sabablarini, voyaga yetmaganning yoshini va uning hayot sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek uning turmushidagi, ta’lim muassasasidagi va ishdagi xulq-atvorini albatta hisobga olishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topshirilgan ishlarni;
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni;
ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;
1. 1-band va qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 4 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4. 9-banddagi “jazoni ijro etish joylaridan” va “maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan” so‘zlari tegishli ravishda “jazoni ijro etish muassasalaridan” va “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”