Faoliyat turining nomi | |
I | Chakana savdo: |
1 | Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (o‘simlik moyi, alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotishdan tashqari) |
2 | Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chakana sotish |
3 | Nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (neft mahsulotlarining barcha turlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlarni, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno) |
3-1 | Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish |
4 | Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (turg‘un shoxobchalarda aralash savdo qilish) |
5 | Tovarlarni import qilish va chakana sotish |
II | Qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati. |
III | Maishiy xizmatlar, II bo‘limda nazarda tutilganlaridan tashqari: |
6 | Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar |
7 | Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek dazmollash xizmatlari |
8 | Gilam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash |
9 | Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni, to‘qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash va tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalari tikish, trikotaj buyumlarni to‘qish |
10 | Hayvonlar terilari, mo‘yna, to‘qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo‘yash |
11 | Yakka buyurtmalar bo‘yicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash |
12 | Attorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash |
13 | Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash |
14 | Kalitlar tayyorlash |
15 | Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash |
16 | Motam gulchambarlari, sun’iy ranglar, girlyand tayyorlash |
17 | To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash |
18 | Yog‘ochdan (mebeldan tashqari) va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash. |
19 | Inventarni (xo‘jalik, sport, baliqchilik va hokazo inventar) ta’mirlash va tayyorlash |
20 | Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash |
21 | Mebelni yig‘ish va ta’mirlash |
22 | Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash |
23 | Yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek zargarlik buyumlarini ta’mirlash |
24 | Optika, soatlarni ta’mirlash va o‘ymakorlik ishlari |
25 | Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish |
26 | Transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qo‘riqlash signallarini ta’mirlash va o‘rnatish, yuvish, tekislash, kuzovga himoya va bezak qoplamalari qoplash, salonni tozalash va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar) |
27 | Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari |
28 | Shisha va oynalarni qirqish, shishaga badiiy ishlov berish |
29 | Binolarga oyna o‘rnatish xizmatlari |
30 | Jamoat hojatxonalari xizmatlari |
31 | Hammom va sauna xizmatlari |
32 | Turar joylarni yig‘ishtirish xizmatlari |
33 | Hovlilar va bog‘larga qarash xizmatlari, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish ishlari |
34 | Bog‘lar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish |
35 | Videoga olish va fotosuratga olish xizmatlari |
35-1 | Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo‘jalik, sport, baliqchilik �njomlari, maishiy texnika, priborlar va boshqalarni) ijaraga berish. |
IV | Faoliyatning boshqa turlari: |
36 | Milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, pop-korn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda o‘tirish joylari tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash. |
37 | O‘lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish |
38 | Qurilish, ta’mirlash va bezash bo‘yicha alohida ishlarni bajarish (kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari) |
39 | Repetitorlik xizmatlari |
40 | Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari |
41 | Bolalarning o‘yinchoq avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlar |
42 | Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish |
43 | Dizayn bo‘yicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek rassomlik san’ati |
44 | Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter o‘yinlarini tashkil etish, shuningdek kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar |
45 | Tashrif qog‘ozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish |
46 | Muqovalash ishlari |
47 | Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish |
48 | Sug‘urta agentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar |
50 | Konsert-tomosha faoli�tini amalga oshirish |
51 | Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (to‘y, yubiley, tug‘ilgan kun va hokazolar) |
52 | Ko‘ylak va kostyumlarni, shuningdek ularga aksessuarlarni prokatga berish |
53 | Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari) |
54 | Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari |
55 | To‘garaklar tashkil etish va yuritish |
551 | Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati |
56 | Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar) |
57 | Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari |
58 | Mol so‘yish xizmatlari |
59 | Uy hayvonlariga qarash xizmatlari |
60 | Veterinariya faoliyati |
61 | Yuklarni avtomobil transportida tashish |
62 | Yo‘lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish |
63 | O‘simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xomashyoni yetishtirish, yig‘ishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish |
64 | Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish |
65 | Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish |
66 | Shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari) |
67. | Rieltorlik faoliyati |
68. | Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus texnikadan (traktorlar, avtokranlar, buldozerlar, ekskavatorlar va boshqalardan) foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish |
69. | Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish |
70. | Matritsali printerlar va alfavit-raqam yozadigan �urilmalar uchun bo‘yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash |
71. | Qog‘ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash |
72. | Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatish (abonentlar yoki xizmatlar ko‘rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilish) |
73. | Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha xizmatlar |
74. | Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari |
75. | Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha turizm faoliyati. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.01.2011 yildagi 6-son
Кучга кириш санаси
07.01.2011
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.08.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari bo‘yicha xususiy tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi, xususiy tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/595/1598-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 60-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 11-martdagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 23-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 8-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 38-modda) ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovaning 4-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori)” 2007-yil 27-apreldagi 85-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 4-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2008-yil 24-martdagi PQ-843-son qarori)” 2008-yil 12-iyundagi 128-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarori)” 2009-yil 7-martdagi 58-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 16-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi.