Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
BUDJET TAShKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA

ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA

I bo‘lim. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish

II bo‘lim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi

III bo‘lim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo‘llash tartibi

1 bob. Nomoliyaviy aktivlar

1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar

2-§. Noishlab chiqarish aktivlari

3-§. Tovar-moddiy zaxiralar

4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar

II bob. Moliyaviy aktivlar

III bob. Debitorlar va kreditorlar

IV bob. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar

1-§. Realizatsiya va xarajatlar

2-§. Joriy yilga moliyaviy natijalar

3-§. Yakuniy moliyaviy natijalar

V bob. Balansdan tashqari schyotlar

2-ILOVA
1-MEMORIAL ORDER

3-ILOVA
2-MEMORIAL ORDER

4-ILOVA
3-MEMORIAL ORDER

5-ILOVA
5-MEMORIAL ORDER Ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi

6-ILOVA
6-MEMORIAL ORDER Turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma

7-ILOVA
8-MEMORIAL ORDER Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma

8-ILOVA
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma

9-ILOVA
11-MEMORIAL ORDER

10-ILOVA
12-MEMORIAL ORDER

11-ILOVA
13-MEMORIAL ORDER

12-ILOVA
15-MEMORIAL ORDER

15-ILOVA
KASSA DAFTARI

16-ILOVA
KARTOChKALAR REESTRI

17-ILOVA
Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxati

21-ILOVA
BUXGALTERIYA MA’LUMOTNOMASI

23-ILOVA
AYLANMA QAYDNOMA

25-ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining SChYOTLAR REJASI

42-ILOVA
KITOB singan idishlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha

43-ILOVA
Chorva mollarini hisobga olish daftari

44-ILOVA
Joriy hisoblar va hisob-kitoblar DAFTARI (kartochkasi)

45-ILOVA
Kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish DAFTARI

49-ILOVA
Ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish DAFTARI

51-ILOVA
Qat’iy hisobot blanklari bo‘yicha DAFTAR

52-ILOVA
Bolalarning davomat hisobi bo‘yicha TABEL

53-ILOVA
Ta’lim muassasalarida bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar QAYDNOMASI

59-ILOVA
DEPONENTLANGAN SUMMALAR REESTRI

61-ILOVA
Deponent qilingan ish haqi va stipendiyalarning analitik hisobi bo‘yicha DAFTAR

62-ILOVA
Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar DAFTARI

Hujjat 01.01.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklarning kirimi va chiqimi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr (mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi) bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlarning rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi.
39. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da (mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasi) ro‘yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi.
41. Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har bir subschyot uchun alohida yuritiladigan 279-son shakldagi kartochkalar reyestrida (mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasi) ro‘yxatga olinadi. Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida (mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasi) ro‘yxatga olinadi.
44. Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro‘yxati AV-10 son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar (mazkur Yo‘riqnomaning 18, 19 va 20-ilovalari) bo‘yicha oxirgisining ham hisobdan chiqqanligi haqida belgi bo‘lgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu ro‘yxatsiz arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan inventarning nomi ko‘rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi.
balans topshirilgan hisobot davridagi hisob registrlari yozuvlarida aniqlangan xatolar ham mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan usulda tuzatiladi. Xatoni tuzatishga doir qo‘shimcha yozuvlar, shuningdek “Storno” usuli bilan qilinadigan tuzatishlar mazkur xato aniqlangan hisobot davrida tuzilgan memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu memorial orderlar odatdagi rekvizitlardan tashqari, mazkur memorial order bilan tuzatiladigan memorial orderning raqami va sanasiga ishora qilinadi. Mazkur memorial orderni tuzish uchun 433-son shakldagi buxgalteriya ma’lumotnomasi (mazkur Yo‘riqnomaning 21-ilovasi) asos bo‘lib xizmat qiladi.
57. Tashkilotlar buxgalteriya hisobini mazkur Yo‘riqnomaning 25-ilovasiga muvofiq, Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga (keyingi o‘rinlarda schyotlar rejasi deb yuritiladi) asosan yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Asosiy vositalarni saqlash uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxslar asosiy vositalarning inventar ro‘yxatini (AV-13 son shakl) (mazkur Yo‘riqnomaning 26-ilovasi) yuritishi kerak. Moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarning saqlanishini kuzatib boradilar va barcha o‘zgarishlar hisobini yuritadilar.
86. Asosiy vositalar ombordan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan 434-son shakldagi yuk xati (talabnoma) (mazkur Yo‘riqnomaning 30-ilovasi) bo‘yicha beriladi. Mazkur yuk xati (talabnoma) ikki nusxada yoziladi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, mazkur asosiy vositani bergan moddiy-javobgar shaxsda qoladi.
89. Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari mazkur Yo‘riqnomaga 31-ilovaga asosan, budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaga 32-ilovaga asosan budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish mazkur Yo‘riqnomaning 33-ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
299-shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarini berish uchun menyu talabnoma (mazkur Yo‘riqnomaning 36-ilovasi) ombordan oziq-ovqat mahsulotlarini berish uchun qo‘llaniladi. Menyu talabnoma oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash me’yori va ta’minlanuvchilarning soni haqidagi ma’lumotlar asosida har kuni tuziladi. Menyu talabnoma oziq-ovqat mahsulotlarini berish va olish haqidagi mansabdor shaxsning tilxati bilan birga belgilangan muddatda (lekin oyiga uch martadan kam emas) tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi;
397-son shakldagi berilgan ozuqa va em-xashak qaydnomasi (mazkur Yo‘riqnomaning 37-ilovasi). Ozuqa va em-xashaklar ombordan belgilangan me’yor doirasida beriladi;
410-son shakldagi tashkilot ehtiyoji uchun berilgan materiallar qaydnomasi (mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasi) oy davomida xo‘jalik materiallari, o‘quv va boshqa maqsadlar uchun materiallar berishda qo‘llaniladi. Bunda, qaydnomadagi yozuvlar xronologik tartibda emas, balki har bir material pulini yozish uchun ma’lum qatorlar qoldirilgan holda to‘ldiriladi, bu esa, oy oxirida har bir material turi bo‘yicha umumiy yakun chiqarish imkonini beradi.
431-son shakldagi zabor kartasi (mazkur Yo‘riqnomaning 39-ilovasi) materiallar va yonilg‘ilarni kundalik berishda, shuningdek, oy davomida ma’lum muddatlarda berishda qo‘llaniladi. Zabor kartasi bir necha turdagi materiallarni maqsadga muvofiq sarflash uchun xar bir qabul qilib oluvchi nomiga yoziladi. Bu karta ikki nusxada yoziladi, bittasi qabul qilib oluvchining tilxati bilan birga omborxonada saqlanadi, ikkinchisi qabul qilib oluvchida saqlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sarfining hisobi oziq-ovqat mahsulotlari sarfi bo‘yicha 399-son shakldagi jamlanma qaydnomada (mazkur Yo‘riqnomaning 41-ilovasi) yuritiladi. Bu jamlanma qaydnoma moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi. Unga yozuvlar 299-son shakldagi oziq-ovqat mahsulotlari berish uchun menyu-talabnoma va boshqa hujjatlar asosida yoziladi.
178. Singan idishlarni hisobdan o‘chirish uchun singan idishlarni ro‘yxatga oladigan 325-son shakldagi singan idishlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha kitob (mazkur Yo‘riqnomaning 42-ilovasi) yuritiladi. Kitobga yozuvlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan yoziladi. Doimiy ishlab turadigan komissiya kitobni to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib boradi va har chorakda (har oyda) singan idishlarni hisobdan o‘chirish dalolatnomasini tuzadi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
238. Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag‘larining berilishi KO-2-son shakldagi chiqim kassa orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 47-ilovasi) yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish bo‘yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo‘yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo‘lgan shtamp qo‘yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag‘larini berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
239. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o‘rnini bosuvchi hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va chiqim kassa orderlarini ro‘yxatga olish jurnalida (mazkur Yo‘riqnomaning 48-ilovasi) qayd etiladi. Ish haqini berish to‘lov (hisob-kitob-to‘lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro‘yxatga olinadi.
242. Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur bo‘lgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari o‘rniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga pul berish bo‘yicha qaydnomadan (mazkur Yo‘riqnomaning 50-ilovasi) foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko‘zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to‘lash hamda mayda xo‘jalik xarajatlari tashkilot buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi.
261. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha pul hisoblab yozish bolalarning bog‘chaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi bo‘yicha tabel asosida (mazkur Yo‘riqnomaning 52-ilovasi) haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. To‘lovlar bevosita maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘langanda ota-onalarga to‘langanlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning hisobvarag‘iga kirim qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans hisobotini (mazkur Yo‘riqnomaning 54-ilovasi) tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
287. Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lash odatda, T–49-son shakldagi hisob-kitob to‘lov qaydnomasi (mazkur Yo‘riqnomaning 57-ilovasi) bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob to‘lov qaydnomasiga xodimlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi, berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi.
288. Ishdan bo‘shashda yoki ta’tilga ketishda qilingan hisob-kitoblar 425-son shakldagi ta’til berish (ishdan bo‘shash) bo‘yicha hisob yozuvi (mazkur Yo‘riqnomaning 58-ilovasi) bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblangan summalar joriy oy uchun ochilgan hisob-kitob-to‘lov qaydnomalariga kiritiladi. Ishdan bo‘shashda yoki mehnat ta’tiliga ketishda qilinadigan bunday hisob-kitoblar, hisob-kitob davri oralig‘iga to‘g‘ri kelib qolgan hollarda, to‘lovlar 389-son shakldagi to‘lov qaydnomasi yoki kassa chiqim orderlari orqali amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar orqali hisoblangan va to‘langan summalar joriy oy hisob-kitob-to‘lov qaydnomalariga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Schyotlarning nomi

Schyot raqami

Subschyotlarning nomi

Subschyot raqami

I bob. Nomoliyaviy aktivlar
1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar

Asosiy vositalar01Turarjoy imoratlar

010

Noturar joy imoratlar

011

Inshootlar

012

Mashina va jihozlar

013

Transport vositalari

015

Kutubxona fondi

018

Boshqa asosiy vositalar

019
Asosiy vositalarning eskirishi02Turarjoy imoratlarning eskirishi020
Noturar joy imoratlarning eskirishi021
Inshootlarning eskirishi022
Mashina va jihozlarning eskirishi023
Transport vositalarining eskirishi025
Boshqa asosiy vositalarning eskirishi029
Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar03Nomoddiy aktivlar030

2-§. Noishlab chiqarish aktivlari

Noishlab chiqarish aktivlari04Erni obodonlashtirish040

3-§. Tovar-moddiy zaxiralar

Tayyor mahsulot05Tayyor mahsulot050
Boshqa tovar-moddiy zaxiralar06Qurilish materiallari060
Oziq-ovqat mahsulotlari061
Dori-darmonlar va yarani bog‘lash vositalari062
Inventar va xo‘jalik jihozlari063
Yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari064
Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari 065
Boshqa tovar-moddiy zaxiralar069

4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar

Asosiy vositalarga qo‘yilmalar07O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar070
Tugallanmagan qurilish071
Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar 072
Nomoddiy aktivlarga qo‘yilmalar08Nomoddiy aktivlarga xarajatlar080
Boshqa nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar09Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar090
Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar091

II bob. Moliyaviy aktivlar

Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari10Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari100
Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari101
Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar11To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar110
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar 111
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari112
Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar113
Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar114
Valyuta hisobvarag‘i115
Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari119
Kassa12Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari120
Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari121
Boshqa pul mablag‘lari13Akkreditivlar130
Yo‘ldagi pul mablag‘lari131
Pul ekvivalentlari132
Moliyaviy qo‘yilmalar14Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari140

III bob. Debitorlar va kreditorlar

Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar15Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar150
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar152
Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar154
Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar155
To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar156
Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar159
Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar16Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar160
Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar161
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar162
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar163
Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar169
Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar



17



Kamomadlarga doir hisob-kitoblar170
Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar171
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar172
Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar 173
Stipendiya �luvchilar bilan hisob-kitoblar174
Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar175
Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar176
Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar177
Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar179
Boshqa hisob-kitoblar18Yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar180

IV bob. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar
1-§. Realizatsiya va xarajatlar

Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi20Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi200
Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi201
Boshqa xarajatlar21Taqsimlanadigan xarajatlar210
Davr xarajatlari211

2-§. Joriy yilga moliyaviy natijalar

Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar23Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar230
Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar231
Budjetdan moliyalashtirish232
To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar24To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar240
To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar241
Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari242
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar25Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar250
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar251
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar252
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar26Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar260
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar261
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar262
Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar27Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar270
Boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar271
Boshqa budjetdan tashqari daromadlar272
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar273

3-§. Yakuniy moliyaviy natijalar

Yakuniy moliyaviy natijalar28Budjet mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija280
To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija281
Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija282
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija283
Boshqa daromadlar bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija284
Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar285

V bob. Balansdan tashqari schyotlar

Ijaraga olingan asosiy vositalar01
Mas’ul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar02
Qat’iy hisobot blanklari04
Ishonchsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi05
Markazlashtirilgan ta’minot bo‘yicha to‘langan moddiy qimmatliklar06
O‘quvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar bo‘yicha qarzlari07
Ko‘chma sport sovrinlari va kuboklari08
To‘lanmagan yo‘llanmalar09
Harbiy texnikalarning o‘quv predmetlari11
Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari12