Jahon iqtisodiy aloqalari, davlatlararo munosabatlar va diplomatiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash zarurligini e’tiborga olib O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatga kirishi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik, iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalar o‘rnatilishi natijasida paydo bo‘lgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida:
1. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Siyosiy ijroiya komiteti bilan Respublika Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahridagi Siyosatshunoslik va boshqaruv institutini tugatish hamda uning moddiy negizida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
— jahon iqtisodiyoti, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, huquq va xalqaro jurnalistika sohasida yuqori malakali mutaxassis tayyorlash;
— xuddi shunday yo‘nalishdagi chet mamlakatlarning universitetlari bilan ilmiy, madaniy hamda boshqa amaliy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
— mazkur ixtisoslar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash boshqa mamlakatlarning o‘quv yurtlari, davlat, jamoat va xususiy tuzilmalari, firmalari, banklari bilan hamkorlik qilish;
— xorijiy mamlakatlarning elchixonalari, konsulxonalari, boshqa vakolatxonalari hamda tashkilotlari bilan amaliy aloqalar asosida xalqaro munosabatlar sohasida keng ixtisosli mutaxassislar tayyorlash, jahon tajribasini o‘rganish va undan foydalanish,;
— ajnabiy olimlar, mutaxassislar, ishbilarmon kishilarni keng ko‘lamda jalb etib, universitet ixtisosi bo‘yicha shartnoma asosida turli maktablar, kurslar, seminarlar, uslubiy va maslahat punktlarini tashkil qilish;
— jahon iqtisodiyoti va biznes, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, xalqaro huquq va jurnalistika sohasida ko‘p tomonlama tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha ilmiy markazlar, kengashlar, laboratoriya tashkil qilish shu jumladan shartnoma asosida barpo etish.
3. O‘zining valyuta jamg‘armasini vujudga keltirish, shu asosda universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va mulkini ko‘paytirish uchun universitetning aqliy imkoniyatidan faol foydalanilsin.
Shu maqsadda tegishli bank muassasalarida so‘m hisobi bilan bir valyuta hisob raqamlari ochilsin, universitet tashkil etilgan kundan dastlabki besh yil mobaynida u barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.
Professor o‘qituvchilar tarkibi va xodimlarning kasb malakasi va mahorati o‘sib borishini e’tiborga olgan holda ularning mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazishga ruxsat berilsin.
5. Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi ochilsin. Uning daromadlari turli manbalar hisobidan, shu jumladan ajnabiy fuqarolar va shaxslarning ixtiyoriy ionalari, shuningdek tijorat faoliyati hisobidan hosil qilinsin.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar va hokimliklar universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har jihatdan ko‘maklashsinlar. Universitet mustaqil O‘zbekistonni siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada taraqqiy ettirish uchun zarur bo‘lgan yangi tip va avlodga mansub kadrlar tayyorlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
6. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida shartnoma asosida ishlovchi Boshqaruv instituti ochilsin.
— davlat va tijorat tuzilmalari sohasida jahon tajribasini hisobga olib hamda siyosiy va iqtisodiy islohotlarning talablariga, shuningdek O‘zbekistonning kengayib borayotgan tashqi aloqalariga asoslanib ana shu tuzilmalardagi boshqaruv kadrlarini ko‘p bosqichli tarzda tayyorlash va qayta tayyorlash;
— valyuta-kredit va moliya munosabatlari, menejment, marketing va savdo reklamasi, tashqi iqtisodiy faoliyat, jumladan investitsiya asosidagi hamkorlik, xalqaro savdo, bojxona va ma’muriy huquq sohalarida, shuningdek hozirgi zamon siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotining boshqa muhim yo‘nalishlarida boshqaruv kadrlarini qaytadan o‘qitish hamda ularning mutaxassisligini o‘zgartirish;
— xilma-xil mashg‘ulot shakllaridan, munozaralar, uchrashuvlar, joylarga borish, amaliy o‘yinlar hamda boshqa shakllardan foydalanib ta’limning yuksak samaradorligi va amaliy yo‘nalishini ta’minlash;
— kompyuterlar bilan hamda boshqa zamonaviy axborot texnikasi va aloqalari bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘rgatish.
8. Diplomatiya va konsullik xizmatlari uchun oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar rezervini jadal tayyorlash maqsadida universitet huzurida Diplomatiya kurslari tashkil etilsin.
9. Kompyuter texnikasi va audiovizual vositalarini qo‘llab, mashg‘ulotlarning, ilg‘or shakllari, shuningdek bilimlarga baho berishda test sinovi amaliyoti o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi ta’minlansin.
10. Ilmiy-pedagogik ishga yuqori malakali olimlar va mutaxassislar shartnoma asosida qabul qilinsin. Universitetga yetakchi o‘quv markazlarining vakillarini, jumladan xorijiy mamlakatlardagi shunday markazlarning vakillarini, shuningdek respublika davlat va jamoat tashkilotlarining xodimlarini o‘rindoshlik hamda yakka-yakka shartnomalar tuzish sharti bilan jalb etish huquqi berilsin.
11. Universitetga oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘qituvchilariga yordam tariqasida o‘quv, uslubiy va ilmiy adabiyotlar, mavzular bo‘yicha to‘plamlar chiqarishga ruxsat berilsin.
12. Vazirlar Mahkamasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti shartlari va to‘lanadigan haq miqdorlari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin. Nizomda xarajatlarni tabaqalashtirilgan tarzda o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlarni e’tiborga olib, berilgan kreditlarni respublika budjeti hisobidan to‘la-to‘kis to‘lashgacha ko‘zda tutilsin.
13. Universitet rahbariyati o‘quv guruhlarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalar orasidan test tanlov yo‘li bilan jamlasin. Boshqa mamlakatlardan talabalar shartnoma asosida qabul qilinsin.
14. Universitetning ishlashiga doir tashkiliy tadbirlar 1993-yilning yanvarigacha nihoyasiga yetkazilsin.
15. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga umumiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
16. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi tegishli qaror qabul qilib, zarur valyuta xarajatlarini nazarda tutsin.