“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish va ularni utilizatsiya qilishda nazorat qilish, hisobga olish va xavfsizlikni ta’minlashning ishonchli, samarali tizimini yaratish;
pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash hamda keyinchalik litsenziatlar tomonidan litsenziya talablariga rioya qilinishi yuzasidan monitoring olib borish ishlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiyaning ishchi organi funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklansin.
litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qiladi, litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, tegishli ekspert xulosalari tayyorlash uchun ekspertlarni jalb etadi;
litsenziyalarni rasmiylashtiradi, qayta rasmiylashtiradi va beradi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziya bitimlari tuzadi;
pirotexnika buyumlari muomalasi sohasidagi faoliyatni tartibga soladigan qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) 1-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” bo‘limiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
idoraviy mansub tashkilotlar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish (xavflilikning I — V klasslari);
3. Maishiy maqsaddagi pirotexnika buyumlari (xavflilikning I-II klasslari) tayyorlovchining yo‘riqnomasi talablariga rioya qilish sharti bilan yakka tartibda foydalanish maqsadida fuqarolar tomonidan erkin sotib olinishi, tashilishi, saqlanishi va foydalanilishi mumkin.
4. Litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning Ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ishchi organ litsenziyalar berish yoki litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qiladi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tuzadi, litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
Litsenziyalar berish yoki litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishda Ishchi organ tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
7. Faqat yuridik shaxslar pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarning talabgorlari bo‘lishi mumkin.
Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.
10. Quyidagilar pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, tegishli davlat standartlari va texnik shartlarga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga majburiy rioya qilish, jamoat tartibi, yong‘inga qarshi, ekologiya va sanitariya-gigiyena norma va talablarini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorlariga arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarini to‘liq hajmda amalga oshirish, shu jumladan unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish sohasida amal qiluvchi me’yorlar, qoidalar va standartlarga javob beradigan tegishli moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, joylar, hududlar, ko‘tarish-transport asbob-uskunalari, muhandislik kommunikatsiyalari, apparatlar, texnologiyalar, texnologik asbob-uskunalar, elektr energiyasi va suv ta’minoti tarmoqlari, sinash, nazorat qilish, o‘lchash, yashindan himoya qilish, yoritish vositalari, inventar, ventilatsiya, transport vositalari, hisoblash va tashkiliy texnika, yong‘inga qarshi avtomatika tizimlari, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, boshqa texnik vositalar) uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish obyektlari ishonchli qo‘riqlanishini, ularni fizik va texnik himoya qilish tadbirlari o‘tkazilishini, ularni transportda tashishda kuzatib borishni, pirotexnika buyumlaridan ruxsat berilmagan holda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan rejim choralari va boshqa choralar ko‘rilishini ta’minlash;
faoliyatning litsenziyalanadigan turiga tegishli qism bo‘yicha pirotexnika buyumlari va ularning komponentlari mavjudligi va sarfi (ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, foydalanish, yo‘q qilish, utilizatsiya qilish) hisobini yuritish;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlar, yo‘riqnomalar, metodik hujjatlar va boshqa zarur normativ-texnik hujjatlar mavjudligi;
yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda xodimlarning xatti-harakati rejasini ishlab chiqish;
yong‘inni o‘chirish va boshqa favqulodda vaziyatlar, xavfli moddalar tarqalishi (oqib ketishi)ning oldini olish va lokalizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yakka tartibda va kollektiv himoyalanish vositalari, shuningdek maxsus vositalarning hisob-kitob zaxirasi va turlari mavjudligi hamda ish holatida bo‘lishi;
litsenziya talabgorining shtatida tegishli malakali, me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq sanoat maqsadidagi portlatish materiallari va pirotexnika buyumlari bilan ishlashga ruxsat berilgan texnik xodimlar, shu jumladan tegishli ma’lumotli, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan va faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlar mavjudligi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlarni muntazam ravishda (har yili) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
har yili Ishchi organga hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmay mazkur Nizomda nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlar ro‘yxatini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda faoliyatning litsenziyalanadigan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaradigan ishlab chiqarish rahbarlari, xodimlar, ishlab chiqarish nazorati xizmatlari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyada va litsenziya bitimida ko‘rsatilgan, shuningdek litsenziya bitimida ko‘rsatilgan obyektlar manzillari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno);
“O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarga ega bo‘lgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatda).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishda qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
“O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan hamda davlat standartlarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, portlash va yong‘in-texnik tekshirishlarini o‘tkazish uchun sinov usullariga oid normativ-texnik hujjatlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
pirotexnika buyumlarining nazorat sinovlarini o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan hudud (bino)ning mavjudligi;
normativ-texnik talablarga muvofiq bo‘lgan va pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilishda ularning xavfsizligi va iste’mol xossalarini ta’minlash uchun axborotning to‘liq berilishini ta’minlaydigan konstruktorlik-texnologik va foydalanish hujjatlari jamlami (chizmalar, texnik shartlar, texnologik yo‘riqnomalar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar)ni yuritish;
litsenziya talabgori tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni hisobga olish, identifikatsiyalash, sertifikatlash tizimini joriy etish va sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralar ko‘rish;
“O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda tayyor mahsulotning metrologik ta’minoti, kirish nazorati va sifat nazoratini tashkil etish;
ishlab chiqariladigan pirotexnika buyumlarining har bir turi bo‘yicha guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik yo‘riqnomalar, texnik shartlar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda xalqaro va milliy standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan boshqa ilova qilinadigan hujjatlar mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
buyumlarni ishlab chiqarishda shu jumladan import bo‘yicha olib kelingan, standartlar talablariga javob beradigan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan portlash va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan xomashyo va komponentlardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
foydalaniladigan binolar, inshootlar va ombor obyektlari qurollangan holda qo‘riqlanishini ta’minlash;
tashish yo‘nalishlari va sxemalari ishlab chiqilishi va yo‘l harakati xavfsizligi hududiy organlari bilan kelishilishini ta’minlash;
yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilgan holda maxsus (ixtisoslashtirilgan) avtotransport vositalarining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik sozligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
avtotransport vositalarining yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan qurollangan holda kuzatib borilishini ta’minlash;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda pirotexnika buyumlarining ayrim turkumlarini ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida tashish (shahar va tuman ichida tashishlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
g) pirotexnika buyumlarini saqlash bo‘yicha — bazis va oraliq (sarflash) omborlari hududi va binolarining qurollangan holda qo‘riqlanishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
xaridorlardan texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlarini sotib olish uchun ruxsatnoma ko‘rsatilishini talab qilish, qonun hujjatlariga muvofiq bunday ruxsatnoma talab qilinmaydigan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
pirotexnika buyumlaridan foydalanish joyi (obyekti)ni, vaqtini va shart-sharoitlarini ichki ishlar va davlat yong‘in nazorati hududiy organlari bilan oldindan kelishish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarorida belgilangan pirotexnika buyumlaridan foydalangan holda ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibiga rioya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda shaxslarning quyidagi toifalarini yollash yoki ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
bir yil mobaynida jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka takroran tortilgan shaxslar;
ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan shaxslar.
13. Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan rahbarlar va xodimlarga qo‘yiladigan eng kam malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 10-11-bandlarida sanab o‘tilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi, litsenziya talablari va shartlariga litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziya talablari va shartlariga muvofiq faoliyatning arizada ko‘rsatilgan turi bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasining mulk huquqi asosida yoki boshqacha qonuniy asosda litsenziya talabgoriga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan huquq belgilovchi va texnik hujjatlar (ijara shartnomasi, ichki ishlar organlarining texnikaviy qo‘riqlash punkti tomonidan qo‘riqlashga olinganligi shartnomasi va pirotexnika omborlarining pasporti, pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish, yo‘q qilish yoki utilizatsiya qilish uchun inshootlar va asbob-uskunalarni qabul qilib olish dalolatnomasi, yashindan himoya qilish, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasini foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomalari, laboratoriyaning “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi hamda avtotransport vositalarining xavfli yuklarni tashishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomalar va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat turlari bilan bog‘liq yong‘inlar va boshqa halokatli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasi;
faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan yuridik shaxs rahbarlari va xodimlari ro‘yxati, unda ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanalari va joylari, doimiy yashash joylari, egallab turgan lavozimlari, belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organlari bilan kelishilgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari yoki sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar bilan ishlash bo‘yicha staji ko‘rsatiladi;
faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bilan bog‘liq ishlarni bevosita bajaruvchi yuridik shaxs rahbarlari va xodimlarining malakaviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, unga tegishli hujjatlar (oliy va/yoki o‘rta kon-texnika bo‘yicha yoxud boshqa o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlarning, mehnat daftarchalarining, xavfli yuklarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomalarning, malaka toifasi berish, oxirgi 5 yilda malaka oshirish va/yoki maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar va hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari);
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlar shtatida ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm sababli dispanser hisobida turuvchilarning, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun muddati o‘talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo‘lgan, jamoat tartibini yoki belgilangan boshqaruv tartibini saqlash sohasida jinoiy yoxud bir yil mobaynida takroran ma’muriy javobgarlikka tortilgan xodimlar yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, ularga tegishli tibbiyot muassasalari va hududiy ichki ishlar organlarining ma’lumotnomalari ilova qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy ichki ishlar organlarining va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi mintaqaviy kon-texnika inspeksiyalarining moddiy-texnikaviy bazaning, amalga oshirilgan rejim-qo‘riqlash choralarining, hisobga olish, texnologik jarayonlarni tashkil etishning, texnologik asbob-uskunalarning va xodimlarni tayyorlash darajasining arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanayotgan faoliyat turlari (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish faoliyati bundan mustasno) bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat yong‘inga qarshi xizmat hududiy organlarining moddiy-texnikaviy bazaning, texnologik jarayonlarning, texnologik asbob-uskunalar holatining va xodimlar tayyorlash darajasining arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanayotgan faoliyat turlari (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno) bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hamda sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining moddiy-texnikaviy bazaning, texnologik jarayonlarning, texnologik asbob-uskunalar holatining va xodimlar tayyorlash darajasining arizada ko‘rsatilgan litsenziyalanayotgan faoliyat turi bo‘yicha (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno) tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va sanitariya-gigiyena norma va qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish punktlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoxud litsenziya talabgori tomonidan tegishli soha tashkiloti bilan o‘ziga tibbiy va texnik ko‘rikni o‘tkazish imkoniyatini berish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi (pirotexnika buyumlarini tashish bo‘yicha faoliyat uchun);
litsenziya talabgori tomonidan uning arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Hujjatlar Ishchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar Ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
18. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish, utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi Ishchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ishchi organ litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Ishchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddat doirasida:
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun shartnoma asosida tegishli sohaning yuqori malakali mutaxassislarini qo‘shimcha ravishda jalb etish huquqiga ega.
Komissiya Ishchi organning taklifi olingandan keyin o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Komissiya qarorlari istisno hollarda so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
22. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shuningdek litsenziat imzolashi uchun litsenziya bitimi ilova qilingan holda yuboriladi (topshiriladi).
23. Litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Litsenziat va Ishchi organning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalanayotgan faoliyat turi (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno) amalga oshiriladigan manzil (manzillar);
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatning muayyan turlarini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shart-sharoitlar.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan taqdirda litsenziya bitimiga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyalar qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya blankalari namunalari Ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Ishchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Litsenziyalar Ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
26. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziya berish faqat “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek Ishchi organning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bunda Ishchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya Ishchi organ taklifi olingandan keyin besh kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ishchi organ qabul qilingan qaror to‘g‘risida litsenziya talabgorini ikki kun muddatda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda Ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
31. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
34. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganda litsenziat ilgari berilgan litsenziyani Ishchi organga qaytarib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar chop ettirishi, shuningdek chop etilgan xabarni ishchi organga taqdim etishi kerak.
Dublikat berishda litsenziyalovchi organ tomonidan “Dublikat” belgisi qo‘yilgan yangi litsenziya beriladi, unda oldingi litsenziyada ko‘rsatilgan amal qilish muddati mavjud bo‘lishi kerak.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Ishchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
36. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni Ishchi organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda Ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga bajarish majburiy bo‘lgan ko‘rsatma yuborish, unda bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan muddatlarni belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
bartaraf etilmagan aniqlangan qonun buzilishlari pirotexnika buyumlari yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi xavfini tug‘diradigan hollarda — ularni zudlik bilan boshqa saqlash joylariga tashib ketish;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat litsenziya olmasdan amalga oshirilgan holatlar aniqlangan materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko‘rish uchun davlat soliq xizmati organlariga belgilangan tartibda yuborish.
38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida Ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Ishchi organda qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Bunday qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ushbu qarorni qabul qilgan organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan manzil (manzillar) (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat bundan mustasno), ish telefoni, faks;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziat uch kun muddatda Ishchi organga litsenziyalar reyestrida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi har qanday o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
44. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.