Milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atining ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va o‘ziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan madad ko‘rsatish maqsadida:
1. Xonadon sharoitida yuksak badiiy buyumlar ishlab chiqaruvchi xalq hunarmandlariga ularni mahalliy xomashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, ko‘rgazmalar va kimoshdi savdolarini o‘tkazishda, tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan do‘konlar va kioskalar tarmog‘ini tashkil qilishda, yoshlarni xalq san’ati ustalarining ko‘nikmalariga o‘qitib o‘rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko‘rsatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, respublika vazirliklari va idoralarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
2. 1997-yilning 1-aprelidan boshlab belgilangan tartibda hokimliklar va soliq idoralarida, ro‘yxatdan o‘tgan xonadon sharoitida badiiy hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar 5 yil muddatga daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-yanvardagi PF-3020-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi Farmonining 2-bandida ko‘zda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirish haqida”gi Farmoniga asosan 2-bandda ko‘zda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2005-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-martdagi PF-3588-sonli “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2-bandda ko‘zda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2008-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilgan.
Belgilab qo‘yilsinki, xonadon sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining mazkur turlardagi buyumlarini ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar o‘z mahsulotining narxlarini iste’mol bozoridagi talab va takliflardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydilar.
Ushbu ro‘yxatdagi buyumlar respublikadan tashqariga sotilishi chog‘ida ulardan olinadigan boj haqi bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Badiiy hunarmandchilik va amaliy san’atning eng yaxshi namoyondalari xizmatlarini, ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissasini rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi” unvonini ta’sis etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
4. Xalq ustalarining, “Usto” birlashmasi va “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq hunarmandlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bo‘linmalarga ega bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
xalq hunarmandlarining mehnat faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, respublika qonunchiligi tomonidan ularga beriladigan huquqlar va manfaatlarni himoya qilish;
ustalar va hunarmandlarni moddiy-texnika resurslari, asboblar, kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashni, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan eksport qilishda yordam berishni nazarda tutgan holda ularga uyda ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratishda ko‘mak berish;
bozor talablarini o‘rganish hamda yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchun mahalliy xomashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
mamlakat ichkarisida va chet ellarda xalq ustalarining buyumlari keng targ‘ib va reklama qilinishini, rasmli materiallar va kataloglar chiqarilishini, ko‘rgazmalar va kimoshdi savdolari o‘tkazilishini tashkil etish;
xalq san’atining noyob turlarini va buyumlarning yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashda an’analarni saqlab qolish hamda bu ish ko‘nikmalarini yoshlarga singdirish, mohir ustalarni tayyorlash bo‘yicha maxsus maktablar tashkil qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Shu narsa belgilansinki, xalq hunarmandlarining Respublika “Hunarmand” uyushmasi mablag‘lari uyushmaning o‘z tadbirkorlik faoliyati, a’zolarining badallari, homiylarning, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmish yuridik shaxslar va xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan shakllanadi.
Uyushmaga bir yo‘la moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun 150 mln. so‘m, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining mablag‘lari hisobidan — 50 mln. so‘m, Mehnat vazirligining ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Jamg‘armasi hisobidan — 50 mln. so‘m, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan — 50 mln. so‘m ajratib berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga hududiy uyushmalarni tashkil etish va ularning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin;
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror tayyorlasin.