LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2004-yil paxta hosili uchun agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Paxta yetishtirishning ko‘rsatilgan hajmlariga 2004-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat ko‘rsatkichlari sifatida qaralsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Paxtachilikni rivojlantirish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
jahon bozorida paxta tolasiga shakllanayotgan konyunkturadan va almashlab ekish joriy etilishidan kelib chiqib chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish;
chigit navlarining jahon paxta bozorida xaridorgir bo‘lgan istiqbolli navlari yaratilishini rag‘batlantiruvchi seleksiya navlariga tuzatish koeffitsiyentlari bo‘yicha takliflar kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxlarini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan paxta xomashyosining xarid narxlarini hisobga olgan holda tijorat banklari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan birgalikda, 2003-yil dekabr oyidan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalariga avans berishni va 2004-yil hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzgan fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ridan to‘g‘ri imtiyozli kredit berishni agrotexnika tadbirlariga qat’iy muvofiq holda amalga oshirsin.
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi amalda yetishtiriladigan paxta xomashyosi hajmining 50 foizi miqdorida;
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun paxta xomashyosi xaridining belgilangan tartibi va prinsiplari;
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan paxta xomashyosi uchun uning sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish tartibi saqlab qolinsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasiga:
yerlarning o‘z vaqtida va sifatli shudgorlanishi, yuvilishi va tekislanishini, gipslangan va zichlashgan tuproqlarning imkoni boricha chuqur yumshatilishini, kuzgi shudgorlashdan oldin fosforli va organik o‘g‘itlar solinishini tashkil etish;
chigit ekish uchun mo‘ljallangan yerlarda yanvar-fevral oylarida pushta olish amaliyotini joriy etish;
yerlarning botqoqqa aylanishining, g‘o‘za zararkunandalari va kasalliklar bilan zararlanishining oldini olish uchun chigit ekish mo‘ljallangan maydonlar yaqiniga sholi va makkajo‘xori ekmaslik;
shirkat xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida xo‘jalik ichki kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash tavsiya etilsin.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan paxtachilik xo‘jaliklari kontraktatsiya shartnomalarini o‘z vaqtida tuzish yuzasidan javobgarlik — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
paxtachilik xo‘jaliklariga agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish uchun mexanizatsiyalashgan xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, texnikani ta’mirlash uchun zarur ehtiyot qismlar yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “O‘zagromashservis” uyushmasiga, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, kimyolashtirish vositalarini o‘z vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika o‘simliklarni himoya qilish markaziga;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 370-modda)
haqining 30 foizini oldindan to‘lagan taqdirda xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan javobgarlik — “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga yuklansin.