1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561–XI-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 12-moddasining matnidagi “davlat notariusi” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda, № 12, 640-modda) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) o‘limni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) xat-xabarni, shu jumladan pul va jo‘natmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun, mualliflar va ixtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, shu jumladan notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etmaslik,
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156,164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Agar vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha vorislikka chaqirilgan merosxo‘r meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan bo‘lsa, unga tegishi kerak bo‘lgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan bo‘lsa, uning vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxo‘rning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.
Vafot etgan merosxo‘rga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxo‘rlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.
Merosxo‘rning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxo‘rlariga o‘tmaydi”;
3) 1151-moddaning ikkinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 1147-moddasida nazarda tutilgan muddat ichida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 1157-moddaning ikkinchi qismidagi “bir yil” degan so‘zlar “uch yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 261–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda) 60-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “uy-joylarni” degan so‘zlar “uy-joyni (joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bog‘ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshootni yoki imoratni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.
O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga muvofiq davlat notarial idoralarining (bundan buyon matnda notarial idora deb yuritiladi) notariuslari tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralarning reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi”;
“Yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
Yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin emas.
Notarius yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Notarius yordamchisi notariusning topshirig‘iga ko‘ra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori bo‘lishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius stajori bo‘lishi mumkin emas.
Notarius stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Stajirovka notarial idorada o‘taladi. Notarius stajori o‘z faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Notarius O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) stajirovkadan o‘tgan shaxslardan malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.
Malaka komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda tuziladi.
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun o‘n bir kishidan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, advokatura vakillari kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan shaxslar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir yildan so‘ng qayta imtihon topshirishga qo‘yiladi.
Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaxsning notarius lavozimida ishlashiga u malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi”;
“Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi”;
Notarial idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Notarial idoraning nomida “davlat notarial idorasi” so‘zlari bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarurat bo‘lganda, notarial idoraning raqami bo‘lishi lozim.
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar maxfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, to‘lovlarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim”;
“Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxivini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan ko‘chirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi”;
“Notarius O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notariusning ismi-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi va notarial idoraning nomi ko‘rsatilgan shaxsiy muhri, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplari, notarial idoraning blankalariga ega bo‘ladi.
Notariusning muhri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna bo‘yicha tayyorlanadi.
Notarius muhrining izi va notarius imzosining namunasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, adliya boshqarmalarida saqlanadi”;
14) 14-moddaning nomi va matnidagi “Davlat notarial idoralari”, “davlat notarial idoralari”, “davlat notarial idoralarida” va “katta davlat notariusi” degan so‘zlar tegishincha “Notarial idoralar”, “notarial idoralar”, “notarial idoralarda” va “katta notarius” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notarial okrugdagi notarius lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasi malaka imtihonini topshirgan shaxslar orasida o‘tkazadigan tanlov asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notarius bilan mehnat shartnomasini bekor qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Notariusning faoliyat ko‘rsatish hududi (notarial okrug) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga muvofiq belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari aniq holatlarni hisobga olib muayyan notarial okrugda notarial harakatlarni amalga oshirishni boshqa notarial okrugda faoliyat yuritayotgan notariusga yuklashi mumkin. Notariusga mazkur notarial okrug doirasida ish joyi berilishi shart”;
to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
“davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish”;
yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda besh yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi”;
“Notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
Notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi”;
Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
22) 23-moddaning nomi va matnidagi “Davlat notarial idoralarida ishlovchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar “notarial idoraga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasidagi uy-joylarni” degan so‘zlar “ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin”;
27) 37-moddaning matnidagi “davlat notarial idorasining xodimlari yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qo‘lida ishlovchi shaxslar” degan so‘zlar “notarial idoraning xodimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
28) 39-moddaning matnidagi “davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” degan so‘zlar “notarial idora” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yig‘inining raisiga (oqsoqoliga)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 45-moddaning matnidagi “hal qiluv qaroridan nusxa” degan so‘zlar “fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi”;
birinchi qismidagi “tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash” degan so‘zlar “o‘lim” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “fuqarolik holati dalolatnomalarini” degan so‘zlar “o‘limni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222–II-sonli Qaroriga 1-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda):
ellik uchinchi — yetmish uchinchi xatboshilari tegishincha ellik ikkinchi — yetmish ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 84-moddaning oltinchi qismidagi “va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar idoralari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 176-moddaning 8-bandidagi “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius”degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“notariuslar va O‘zbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun”;
4) 338-moddaning birinchi qismidagi “hamda shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “bankning davlat bojini to‘lash uchun pul qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi kvitansiyasi” degan so‘zlar “davlat bojini to‘lash uchun pul qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi kvitansiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “bank hujjatining” degan so‘zlar “davlat boji to‘langanligi haqidagi hujjatning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 342-modda birinchi qismining 2-bandidagi “yoki shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
Ushbu Qonun 6-moddasi 2-bandining kamida ikki yil muddatli stajirovkani davlat notarial idorasida o‘tashga taalluqli qoidalari ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar stajirovkani o‘tagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonun 6-moddasi 5-bandining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasini tashkil etishga taalluqli qoidalari 2011-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi tashkil etilguniga qadar uning vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi apellatsiya komissiyasi amalga oshiradi.
LexUZ sharhi