LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi PF-1913-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshida tashkil etilgan Muzeylarni qo‘llab-quvvatlash respublika “O‘zbekmuzey” jamg‘armasining markaziy apparati tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamg‘arma Nizomini ro‘yxatdan o‘tkazganligi inobatga olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “O‘zbekmuzey” jamg‘armasiga, O‘zbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashining Xalqaro muzeylar Kengashi (IKOM)ga a’zo bo‘lganini inobatga olib, O‘zbekiston muzeylari jamoatchilik Kengashiga har taraflama yordam ko‘rsatish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasining raisi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hay’atining a’zosi hisoblanadi. Jamg‘arma raisi maqomi, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi apparatini va “Moziydan sado” jurnalining tahririyatini ijara haqi to‘lamay turish sharti bilan joylashtirish masalasini hal qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Badiiy akademiya bilan birgalikda 1999-yildan boshlab muzey xodimlari malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o‘quv rejasi va dasturlarini tuzish, muzeyshunos mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. 1998-yilning ikkinchi yarmidan boshlab muzey xodimlarining oylik maoshlariga 25 foiz ustama haq to‘lansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur ustama haq joriy etiladigan muzey xodimlarining lavozimlar ro‘yxatini belgilasin.
“O‘zbekmuzey” jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 25 (yigirma besh) mln so‘m;
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda 1998-1999-yillarda mamlakat muzeylarini asosli tuzatish, muzey inshootlari qurish, ularni zarur texnik vositalar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha taklif tayyorlasinlar va uni Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekmuzey” jamg‘armasini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Toshkentshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi buyurtmasiga muvofiq xizmat avtomashinasi ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zbekmuzey” jamg‘armasini uning buyurtmasiga binoan belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Lavozimlar | Soni |
I. Rahbariyat | 1 |
1. Rais | 1 |
2. Rais o‘rinbosari — ijro etuvchi direktor | 1 |
3. Kadrlar bo‘yicha inspektor | 1 |
4. Bosh hisobchi | 1 |
II. Ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi | |
5. Bo‘lim mudiri | 1 |
6. Bosh mutaxassis | 1 |
7. Etakchi mutaxassis | 1 |
III. Tashqi aloqalar va ko‘rgazmalar bo‘limi | |
8. Bo‘lim mudiri | 1 |
9. Bosh mutaxassis | 1 |
IV. Tijorat, reklama va xo‘jalik ishlari bo‘limi | |
10. Bo‘lim mudiri | 1 |
11 .Bosh mutaxassis | 1 |
12. Hisobchi | 1 |
JAMI: | 12 |
Keyingi tahrirga qarang.