Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.12.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
1. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. FKning 446-moddasiga asosan sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim. Sotib oluvchi (oluvchi) o‘zi qabul qilgan tovarni qonun hujjatlarida, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirishi lozim.
5. Sudlarning e’tibori Qonunning 26 va 27-moddalarida nazarda tutilgan sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlarni, shuningdek but bo‘lmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun javobgarlik choralari mazkur Qonunning 24-moddasiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘llanilishiga qaratilsin.
6. Sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, Qonunning 26-moddasiga muvofiq, agar yetkazib berilgan tovarlar sifati, assortimenti va navi bo‘yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga), qonun hujjatlarida yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi tovarlarni qabul qilish hamda ularning haqini to‘lashni rad etib, yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo‘lmagan tovarlar yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.
XPKning 114-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”