31.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2110
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 31.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2110
Кучга кириш санаси
10.06.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son (II)) 40-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son (II)) 40-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda davlat soliq xizmati organlari tomonidan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibini belgilaydi.
5. Hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, soliq to‘lovchi soliq hisobotini taqdim etishning navbatdagi muddati kelgunga qadar 10 kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish to‘g‘risida ariza (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) berishi shart. Ariza yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda beriladi.
7. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ariza berilganligi soliq to‘lovchini hisob hujjatlarini tiklash majburiyatidan ozod etmaydi.
10. Soliq to‘lovchining faoliyatini soliq tekshiruvidan o‘tkazish davrida hisob hujjatlarini yo‘qotilganligi va yo‘q qilinganligi faktlari aniqlangan hollarda davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar va soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqaradilar. Bunda, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan arizani taqdim etish talab qilinmaydi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-yanvardagi 2018-02, 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2110-1, 08.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2110-1/0676-son)