Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 30-oktabrdagi 189-sonli qarori asosida kiritilgan o‘zgartirishlar bilan)
Sud amaliyotida vujudga kelayotgan savollar munosabati bilan va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (bundan buyon matnda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun, Qonun deb yuritiladi) bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi.
1. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun barcha yuridik shaxslarga (budjet tashkilotlari bundan mustasno) va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek uning hududiy organlarining (bundan buyon matnda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi deb yuritiladi) bankrotlik ishlari yuzasidan bergan arizalari va iltimosnomalari Qonunda belgilangan eng qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori tahririda)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, shuningdek davlat soliq xizmati organi va prokurorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizalari xo‘jalik sudlari tomonidan davlat boji to‘lovisiz ish yuritishga qabul qilinadi. Xo‘jalik sudi tomonidan ariza qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji qarzdordan undiriladi.
Belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 118-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qarzdor, agar uning Qonunning 4-moddasida belgilangan muddatda pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyati yuzaga kelgan muddatdan qat’i nazar, o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat soliq xizmati organi va boshqa vakolatli organ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi ustidan nazorat olib boruvchi vakolatli organ)ning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni olishga doir choralar ko‘rilganligi haqida dalillar ilova qilinishi kerak. Arizaga kreditorning qarzni undirish to‘g‘risidagi sud qarori, ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan to‘lov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisob raqamga qo‘yilgan va qarzdorning pul mablag‘lari yo‘qligi uchun bank bajarmagan inkasso topshiriqnomalarining arizaga ilova qilinishi davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan qarzni olishga doir choralar ko‘rilganligining dalili bo‘lishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organi qarzdorning mol-mulki mavjud bo‘lganda boqimandani undirishni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining qarorini arizaga ilova qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qonunning 9-moddasiga muvofiq qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan xo‘jalik sudiga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi. Qayd etilgan shaxslarning subsidiar javobgarligi umumiy yurisdiksiya sudlarida ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qonunning 10-moddasiga asosan xo‘jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Agar bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgandan keyin qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza berilgunga qadar paydo bo‘lgan qarzni undirish haqida kreditordan xo‘jalik sudiga da’vo arizasi tushgan bo‘lsa, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq da’vo arizasini qabul qilish rad etiladi.
Da’vo tartibida ko‘rilayotgan ishda javobgarga nisbatan bankrotlik ishining mavjudligi aniqlansa, u holda XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan xo‘jalik nizosi bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishda sudya qarzdor — yuridik shaxsning eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan, qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning esa eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda jami qarzi mavjudligini va bu majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi zarur. Agar bunday hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, ariza XPK 118-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sudya bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash bilan bir vaqtda kuzatuv taomilini joriy etish masalasini hal qilishi lozim (Qonunning 48 va 62-moddalari). Arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi xo‘jalik sudining ajrimida kuzatuv taomili joriy etilganligi ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mol-mulki mavjud bo‘lgan qarzdor — yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilinganda, unda muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatiladi. Arizada muvaqqat boshqaruvchining nomzodi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda xo‘jalik sudi arizachidan yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organidan tegishli nomzodni taqdim etishni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kuzatuv taomili qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladi. Ushbu vazifalarning bajarilishi muvaqqat boshqaruvchi zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bu qoidalar yakka tartibdagi tadbirkorni va soddalashtirilgan taomil bo‘yicha qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ishlarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qonunning 48-moddasiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya XPKda nazarda tutilgan tartibda va Qonunda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasiga binoan kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ko‘radi (Qonunning 46-moddasi);
bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi (Qonunning 59-moddasi);
qarzdorning e’tirozlari (muvaqqat boshqaruvchining iltimosnomasi) mavjudligida arizachining qarzdorga nisbatan talablarining asosliligini tekshirish maqsadida sud majlisini o‘tkazadi (Qonunning 70-moddasi).
Oldingi tahrirga qarang.
10. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish xo‘jalik sudining majlisida qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori tahririda)
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda xo‘jalik sudining raisi tomonidan Qonunning 49-moddasiga muvofiq ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq oliy ma’lumotli hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organida attestatsiyadan o‘tgan va tegishli attestatga ega bo‘lgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi va uning nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchisini tayinlash masalasini hal etishda xo‘jalik sudi tegishli attestatni talab qilib olishi va uning nusxasini ish hujjatlariga qo‘shishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qarzdor yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxs, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, agar unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan bo‘lsa, ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning o‘rnini qoplamagan shaxs, boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishiga cheklov belgilangan shaxs (bunday faoliyat bilan shug‘ullanishdan mahrum etilgan yoki bunday faoliyatga noloyiq deb topilgan shaxs) sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudi ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra sud boshqaruvchisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni bu vazifaga tayinlashni rad etishga yoki sud boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudi bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan sanada, shu jumladan, agar bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgunga qadar bir yil muddat ichida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan qarzdor yuridik shaxs mansabdor shaxsi bo‘lganning nomzodini sud boshqaruvchisi etib tayinlashni rad etishi lozim. Qarzdor yuridik shaxsning mansabdor shaxsi sifatida qarzdorning rahbari, kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qonun hujjatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik, shuningdek Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar sud boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qilish uchun asos bo‘ladi.
Sud boshqaruvchisi vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish masalasi sud majlisida hal etiladi. Sud boshqaruvchisi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xo‘jalik sudi tomonidan xabardor qilinadi. Shu sud majlisining o‘zidayoq yangi sud boshqaruvchisini tayinlash, shuningdek vazifasidan ozod etilgan sobiq sud boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish, uni ma’muriy va (yoki) moddiy javobgarlikka tortish masalalari ko‘rib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchisini o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish va yangi sud boshqaruvchisini tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimi darhol ijro etiladi. Ushbu sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sud boshqaruvchisining noqonuniy harakati (harakatsizligi) natijasida kreditorlarga yoki qarzdorning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, kreditorlar va qarzdor da’vo bilan umumiy yurisdiksiya sudiga murojaat etishga haqli.
15. Sud boshqaruvchisiga haq to‘lash miqdori va tartibi kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadi hamda xo‘jalik sudining ajrimi yoki hal qiluv qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchisi haqining miqdorini belgilashda qarzdor mol-mulkining qiymati, uning amalga oshiradigan ishlari hajmi hisobga olinishi lozim.
Sud boshqaruvchisi haqining miqdori qarzdor sobiq rahbarining ish haqi miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab to‘lanadigan qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin. Agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, sud boshqaruvchisining haqi va qo‘shimcha haq qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qonunning 19-moddasi birinchi qismiga va XPK 91-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan bankrotlik taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi tomonidan xo‘jalik sudiga beriladigan da’vo arizalari va arizalar oldindan davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘lanmasdan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Qonunning 25-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni hamda sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda uni vazifasidan ozod qilish haqida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunning 26-moddasi uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining hududiy boshqarmalari ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ko‘rsatmasiga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etadi, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi, sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 52 va 53-moddalariga muvofiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar rasmiy nashr etib belgilangan “Birja” va (yoki) “Soliq info” gazetalarida chop etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori tahririda)
19. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning miqdori xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani qabul qilish sanasiga belgilanadi. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudi tomonidan qabul qilingunga va bankrotlikning tegishli taomilini joriy etishga qadar ijro muddati kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudi tomonidan qabul qilingandan keyin vujudga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilmaydi va qarzdorning ular oldidagi majburiyatlari navbatdan tashqari bajariladi. Bunda, majburiyat deganda, bitim tuzish yoki voqeaning sodir bo‘lishi natijasida qarzdorda muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatining vujudga kelishi tushuniladi (masalan, mol-mulkni berish, pul mablag‘larini to‘lash va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
Kreditorlarning talablari reyestriga qarzdor va (yoki) sud boshqaruvchisi tomonidan tan olingan yoxud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari (hal qiluv qarori, qaror, hukm, ajrim, sud buyrug‘i) bilan tasdiqlangan, shuningdek davlat organlarining hujjatlari bilan aniqlangan talablar kiritiladi.
Kreditorlarning talablari reyestriga asosiy qarzdan tashqari, neustoyka (jarima, penya)ni undirish haqidagi talablar, shuningdek yuqoridagi hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa hisoblangan iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar (foizlar) kiritiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgunga qadar vujudga kelgan, ammo qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza xo‘jalik sudi tomonidan qabul qilingandan keyin bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlarning miqdori tegishli bankrotlik taomili (sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv) joriy etilgan sanaga belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangandan so‘ng pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar miqdori barcha hollarda, pul majburiyatlarini bajarish va majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati yuzaga kelganidan qat’i nazar, tugatishga doir ish yuritish boshlangan sanaga belgilanadi, Qonunning 134-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Qarzdorning chet el valyutasida qarzi mavjud bo‘lsa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun kreditorlarning talablari reyestriga kiritiladigan kreditorlarning talablari miqdori, agar kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudi tomonidan qabul qilingan sanadagi rasmiy kurs, keyingi taomillarda esa bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgan sanadagi rasmiy kurs bo‘yicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudi tomonidan qabul qilingandan keyin, shuningdek bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgandan so‘ng bajarish muddati kelgan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar joriy to‘lovlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turishga XPKning 82 va 83-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish to‘xtatilganda xo‘jalik sudi Qonunning 50-moddasida ko‘rsatilgan sud hujjatlarini chiqarishga haqli emas. Bunda xo‘jalik sudi tomonidan joriy etilgan bankrotlik taomili davom ettiriladi. Ushbu davr mobaynida sud boshqaruvchisida o‘z vazifasini bajarayotganligi uchun haq olish huquqi saqlanib qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari XPKda belgilangan tartibda, Qonunda nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudining bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida chiqargan, XPKda nazarda tutilmagan ajrimlari ustidan faqat Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin, Qonunning 50-moddasi, 91-moddasi ikkinchi qismi va 124-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan ajrimlar bundan mustasno, ushbu ajrimlar ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Xususan, Qonunning 59-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan xo‘jalik sudining ajrimlari ustidan Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin. Ko‘rsatilgan ajrimlar ustidan shikoyatlar (protestlar) ular chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi. Shikoyatlarni (protestlarni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi chiqargan ajrim kassatsiya va nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqilmaydi (Qonunning 60-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Kreditorlar yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb topish (Qonunning 13-moddasi beshinchi qismi) to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining ajrimi ustidan ham shu tartibda shikoyat beriladi (protest keltiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Sud boshqaruvchilarini tayinlash (ozod qilish, almashtirish) to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan Qonunda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi (protest keltiriladi). Agar sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomili joriy etilishi bilan bir paytda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi tayinlangan, tugatish boshqaruvchisi esa qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash bilan bir paytda tayinlangan bo‘lib, ularni tayinlash to‘g‘risida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi xo‘jalik sudining ajrimida yoxud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, tayinlangan sud boshqaruvchisining nomzodi bilan kelishilmagan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar Qonunda nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining sud boshqaruvchisini tayinlashga doir qismi ustidan shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qonunning 50-moddasiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xo‘jalik sudining qarorlari va ajrimlari darhol ijro etiladi. Lekin, bu hol sud hujjatlari qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kirishini bildirmaydi. Ularning ustidan XPKda nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berilishi (protestlar keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Qonunning 54-moddasiga muvofiq xo‘jalik sudining qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi: bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda, ya’ni qarzdorga jami talablar Qonunda belgilangan miqdordan kam tashkil etgan hollarda; xo‘jalik sudi bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda; soxta bankrotlik aniqlanganda.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qonunning 56-moddasiga binoan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda, kelishuv bitimi tuzilganda va u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanganda, bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda, kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday bankrotlik taomili jarayonida qondirilganda bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish xo‘jalik sudining ajrimi bilan tugatiladi.
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonaga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilganda va kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik sudi Qonunning 61-moddasi uchinchi qismiga muvofiq bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.
Agar xo‘jalik sudining qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori bo‘lsa yoki qarzdor korxona tugatilgan va davlat reyestridan chiqarilgan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 2 va 4-bandlariga ko‘ra tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan barcha talablar qondirilganda va qarzdorning o‘z xo‘jalik faoliyatini davom ettirishga imkoniyati mavjud bo‘lganda, tugatish boshqaruvchisi taqdim etgan hisobotni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xo‘jalik sudi bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi va unda qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Sud boshqaruvchisining qarzdor tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, shuningdek uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi talablari XPK yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan umumiy tartibda bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasidan tashqari ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori va tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar (mehnat shartnomasini bekor qilish bundan mustasno) Qonunning 59-moddasiga muvofiq xo‘jalik sudi tomonidan ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Qonunning 91-moddasi birinchi qismiga binoan agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida xo‘jalik sudi tomonidan joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi boshqaruv o‘n ikki oydan (kam emas) yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etilishi mumkin. Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz olti oydan oshmasligi lozim. Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi joriy etilmagan bo‘lsa, u holda tashqi boshqaruvning eng ko‘p muddati yigirma to‘rt oydan oshmasligi shart (shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunning 119-moddasi ikkinchi qismida kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish uchun belgilangan olti oygacha bo‘lgan muddat tashqi boshqaruv muddatiga kirmaydi.
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddatning qisqartirilishiga yoki uzaytirilishiga Qonunning 91-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar doirasida kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan yo‘l qo‘yiladi. Tashqi boshqaruv muddatini qisqartirish yoki uzaytirish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan holda xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Qonunning 93-moddasiga muvofiq kreditorlar talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy to‘lovlarga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi boshqaruv joriy etilganidan keyin bajarish muddati boshlangan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablarga moratoriy tatbiq etilmaydi. Bunday talablar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 784-moddasida belgilangan navbatga rioya etilgan holda tashqi boshqaruv davrida qanoatlantiriladi (Qonunning 93-moddasi beshinchi qismi).
30. Qonunning 124-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshishi mumkin emas. Shundan kelib chiqib, xo‘jalik sudining bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida tugatish boshqaruvchisi tomonidan tugatishga doir ish yuritish natijalari haqidagi hisobotni taqdim etishning aniq muddatini belgilash lozim.
Alohida hollarda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning, kreditorlar yig‘ilishining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomalari, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining xulosasi yoki xo‘jalik sudining tashabbusi bilan ushbu muddat bir yildan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Qonunga muvofiq tuzilgan kelishuv bitimining shartlari faqat kelishuv bitimini tuzish haqida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanaga kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan tatbiq etiladi.
Kreditorlarning talablari reyestriga talablari kiritilmagan kreditorlar, kelishuv bitimi tasdiqlangan va bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgandan so‘ng, kelishuv bitimi shartlarini hisobga olmagan holda, o‘z talablarini umumiy tartibda taqdim etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida xo‘jalik sudi ajrim chiqaradi va unda bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatilishi ko‘rsatiladi.
Agar kuzatish taomilida qarzdor yuridik shaxs boshqaruv organining vakolatlari xo‘jalik sudining ajrimi bilan tugatilgan va muvaqqat boshqaruvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, u holda qarzdor nomidan kelishuv bitimi muvaqqat boshqaruvchi tomonidan imzolanadi.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelishuv bitimi tuzilganida, xo‘jalik sudining ajrimida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori ijro etilmasligi ko‘rsatiladi.
Ish haqi bo‘yicha qarzning mavjudligi xo‘jalik sudi tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan holda, kreditorlar taalluqligiga ko‘ra umumiy yurisdiksiya sudiga yoki xo‘jalik sudiga da’vo arizasi berishga haqli. Bunda kreditorlarning talablari miqdori kelishuv bitimi shartlari asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Qarzdorga qarzni to‘lash muddatini uzaytirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish va (yoki) kreditorlarga tegishli qarzni kamaytirish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kelishuv bitimining predmeti sifatida qabul qilinishi lozim va qarzdorning moliyaviy ahvolini boshqa bir bankrotlik taomilida tiklash bo‘yicha chora sifatida ko‘rilishi mumkin emas (qarzni kamaytirish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish bundan mustasno).
34. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi belgilangunga qadar xo‘jalik sudlari qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizalarni ko‘rishda Qonunning IX bobi 1-paragrafiga muvofiq quyidagi hujjatlardan birining mavjudligini tekshirishlari lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan taqdim etilgan korxona xodimlarining yillik o‘rtacha soni uch ming kishidan kam emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi yoki uning hududiy organi tomonidan taqdim etilgan korxona xodimlarining soni ularning oila a’zolarini hisobga olgan holda tegishli aholi punktida yashaydigan aholining yarmidan kam emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining korxona davlatning mudofaa qobiliyatini saqlashi va xavfsizligini ta’minlashi to‘g‘risidagi xulosasini;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organining yuridik shaxs asosiy faoliyat turi bo‘yicha tovar bozorlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestrida turganligi haqidagi xulosasini.
(34-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
35. Qarzdorni bankrotlikning soddalashtirilgan taomili bo‘yicha bankrot deb topish (tugatilayotgan yoki hozir bo‘lmagan qarzdor) haqidagi arizani qabul qilishda kreditorlik qarzlarining miqdori ahamiyatga ega emas.
Qonunning 185-moddasi ikkinchi qismiga binoan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etilganda, arizaga qarzdorni tugatish to‘g‘risidagi qaror ilova qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hozir bo‘lmagan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza berilganda, qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxs rahbarining hozir bo‘lmaganligini, shuningdek ularning turar joyini aniqlashning imkoniyati yo‘qligini tasdiqlovchi dalillar xo‘jalik sudiga taqdim etilishi kerak. Bunday dalillar manzil ma’lumot byurosi tomonidan shaxsning ro‘yxatdan chiqib, boshqa hududga ketganligi haqida berilgan ma’lumotnoma, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati vakillari ishtirokida shaxsning ro‘yxatga olingan manzilda yashamasligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma, shaxsning vafot etganligi yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarzdorning hozir bo‘lmaganligi sifatida nafaqat uning rahbari yo‘qligi, balki xo‘jalik yurituvchi subyekt mol-mulkining yo‘qligini ham tushunish lozim. Bu hol qarzdor — yuridik shaxs turgan joyi (pochta manzili) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlarining shirkati, turarjoy yoki odam yashamaydigan joyning mulkdori vakillari va (yoki) sud boshqaruvchisi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma yoxud qarzdorning mol-mulki mavjud emasligi sababli ijro hujjatini ijrosiz qaytarish to‘g‘risidagi sud ijrochisining qarori bilan tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi arizada tugatish boshqaruvchisining nomzodi arizachi tomonidan ko‘rsatiladi.
36. Qonunning 185-moddasiga binoan agar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotganligi va (yoki) o‘zining ustav jamg‘armasini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi. Ushbu hollar aniqlanganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni ko‘rish uchun davlat soliq xizmati organiga murojaat etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi 327-sonli Qarorining 2-bandiga asosan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablag‘lari va mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining taqdimnomasiga ko‘ra hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasining qarori bilan hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli Qaroriga binoan xo‘jalik sudining hal qiluv qarori bilan tugatilgan korxonani tugatish jarayonida faqat budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlari aniqlanib, davlat soliq xizmati organi yoki tugatish komissiyasi ushbu korxonani bankrot deb topish uchun xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilganda, XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bunday arizani qabul qilish rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarining barcha talablari to‘liq qanoatlantirilgandan va hisob-kitoblar tugagandan keyin xo‘jalik sudi tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi.
Qarzdor — yakka tartibdagi tadbirkorning barcha kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun mol-mulki yetarli bo‘lmasa, u holda sud ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37 va 39-moddalarida belgilangan qoidalarga binoan undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi ijro varaqasini xo‘jalik sudiga qaytaradi. Xo‘jalik sudi ijro varaqasini qaytarish haqidagi hujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Agar Qonunning 181-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tayinlangan bo‘lsa, u holda tugatishga doir ish yuritish Qonunning 142 va 144-moddalarida belgilangan qoidalar bo‘yicha tamomlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 188-sonli Qarorining 4-bandiga muvofiq qarzdor korxona bankrot deb e’lon qilinganda va tugatish ishlari boshlanganda, agar qarzdor kreditori kreditorlar talabnomalari reyestriga kiritilgan, kreditor qarzi bo‘yicha qarzdor kreditor qarzining umumiy summasidan yetmish va undan ko‘p foizi talabiga ega tijorat banki hisoblangan taqdirda, ushbu kreditor, garov predmeti hisoblangan mol-mulkdan tashqari, qarzdor korxonasi (mol-mulki)ni o‘z mulkiga o‘tkazish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga egadir.
Bunda, agar kreditorlik qarzi bo‘yicha bank talabi Qonunning 131-moddasiga muvofiq aniqlangan korxonani baholash qiymatidan ko‘p yoki teng bo‘lsa, bank tomonidan Qonunning 134-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan tartibda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lar qarzdorning yagona hisob raqamiga o‘tkazilganda hamda korxona xodimlarining ish haqlari bo‘yicha qarzdorlik qoplanganda korxona bank mulkiga o‘tkaziladi.
Bankning kreditorlik qarzi bo‘yicha, shuningdek korxona xodimlariga ish haqi to‘lashdagi qarzlarni hamda Qonunning 134-moddasi birinchi qismida belgilangan navbatdan tashqari xarajatlarni to‘lash bo‘yicha talablari summasi korxonaning baholash qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda korxonani bank mulkiga o‘tkazish ko‘rsatilgan tafovut hamda navbatdan tashqari xarajatlarni qoplash va korxona xodimlarining ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun mablag‘larni bank tomonidan qarzdorning yagona hisob raqamiga o‘tkazish sharti bilan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar tugatish boshqaruvchisi tomonidan birinchi navbatda navbatdan tashqari to‘lovlarga va korxona xodimlarining ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lashga, shuningdek Qonunning 134-moddasida ko‘rsatilgan tartibda yo‘naltiriladi.
Ko‘rsatilgan shartlar bank tomonidan bajarilganda, qarzdorning mol-mulki sud boshqaruvchisi tomonidan xo‘jalik sudining ajrimi asosida tijorat banki mulkiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Yuridik shaxslarning ayrim toifalari, yakka tartibdagi tadbirkor, tugatilayotgan yuridik shaxs va hozir bo‘lmagan qarzdorning bankrotlik to‘g‘risidagi ishi ko‘rilayotganda, qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, Qonunning umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran Qonunning 125-moddasiga binoan ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi, ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga o‘tkaziladi. Sud xarajatlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari xo‘jalik sudi tomonidan tugatish boshqaruvchisiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot Qonunning 144-moddasiga asosan xo‘jalik sudi tomonidan, zarur hollarda, sud majlisida XPK 128-moddasining birinchi qismi talablariga rioya qilgan holda ko‘riladi. Tugatish boshqaruvchisining hisoboti asosli deb topilsa, tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqariladi, hisobot asosli deb topilmaganda esa u qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Xo‘jalik sudining qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bekor qilingan va ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan taqdirda, qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklanadi. Bu holda tugatish boshqaruvchisi qarzdor boshqaruv organining vakolatlari tiklangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida buxgalteriya va boshqa hujjatlar, muhr va shtamplar, moddiy va boshqa qimmatliklarning topshirilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Xo‘jalik sudlari, muayyan ish holatlaridan kelib chiqib, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni sayyor sud majlislarida ko‘rib hal etishlari lozim. Bunda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi, davlat soliq xizmati, prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda korxonalarni iqtisodiy nochor ahvolga olib keluvchi debitorlik-kreditorlik qarzlarining yuqoriligi hamda zarar ko‘rib faoliyat ko‘rsatish sabablarini aniqlash, xo‘jasizlik, pul mablag‘larini behuda sarflash, ulardan maqsadsiz foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalariga alohida e’tibor berish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
44. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Respublika xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilgan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish natijalari haqida”gi 55-sonli, 1999-yil 16-iyuldagi “Xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunini (yangi tahrirda) qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 78-sonli, 2004-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunini (2003-yil tahririda) amalga kiritish bilan bog‘liq ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 112-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.