28.12.2007 yildagi 172-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
 LexUZ sharhi
1. Iqtisodiy sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 2-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudida sud ishlarini yuritish vazifalari bo‘lib nafaqat iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, balki qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashishdan ham iborat ekanligiga qaratilsin.
2. IPK 200-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sud nizoni ko‘rish vaqtida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, xususiy ajrim chiqarishga haqlidir;
Oldingi tahrirga qarang.
5. IPK 15-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug‘i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Sudlar xususiy ajrim ajrimlarning turlaridan biri hisoblanishi hamda unga ushbu modda birinchi qismining sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi haqidagi qoida tatbiq etilishini inobatga olishlari lozim;
6. Mansabdor shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish har qanday boshqa xodim kabi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi) XI bobining normalariga muvofiq yoki xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida ayrim toifadagi xodimlar uchun amalda bo‘lgan intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarga asosan amalga oshirilishi mumkin.
7.1. MK 198-moddasining birinchi qismiga muvofiq xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart.
MK 198-moddasining uchinchi qismi xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo‘lishini belgilaydi.
8.1. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 242, 245-1-moddalariga muvofiq iqtisodiy sudlar nizolarni hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda qayd etilgan Kodeks 175-moddasining uchinchi qismida, 176-1, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar.
8.2. MJtK 175-moddasining uchinchi qismida, 176-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar hisoblanadi.
MJtK 175-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, kassa operatsiyalarini yuritish va to‘lov intizomiga rioya etilishini, shu jumladan soliq organlarining inkasso topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mansabdor shaxslari tortilishi mumkin. Bunday mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari, bosh hisobchisi yoki ustav, mehnat shartnomasi yoxud rahbarning farmoyishi bilan ushbu vazifalarni bajarish yuklatilgan boshqa mansabdor shaxslar kiradi.
MJtK 176-1-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash vazifalari yuklatilgan mansabdor shaxslari ham, tovarlar berish va xizmatlar ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ham tortilishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishning majburiy sharti bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaslik holatining o‘zi emas, balki bunday bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) oqibatida mulkiy zarar yetkazilishi hisoblanadi.
Bunda nazarda tutish kerakki, paxta xomashyosini sotib olish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazish holatlari yuzasidan MJtKning 176-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar MJtKning 245-2-moddasiga muvofiq adliya organlari tomonidan MJtKning 282-moddasida belgilangan tartibda tuzilgan va iqtisodiy sudiga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarga asosan iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
8.3. MJtK 175-moddasining uchinchi qismi va 176-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda ushbu huquqbuzarliklar bilan boshqa shaxslarga zarar yetkazish holatlari aniqlangan hollarda sudlar MJtKning 38-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq aybdor tomonidan ushbu zararni qoplash masalasini ko‘rib chiqishlari lozim. Bunda nazarda tutish kerakki, ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, iqtisodiy sud boshqa organlar va mansabdor shaxslar qatorida aybdor tomonidan zararni qoplash masalasini faqat ushbu zararning miqdori belgilangan eng kam ish haqidan oshmagan bo‘lsa, hal etishga haqli.
Agar aniqnangan zarar qayd etilgan miqdordan oshsa, u MJtK 38-moddasining uchinchi qismiga muvofiq fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida qoplanadi, bu haqda iqtisodiy sud jabrlanuvchiga zarur tushuntirishlarni berishi mumkin.
8.4. MJtKning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklardir.
Bunda shaxs tomonidan MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan shakllarda sudga hurmatsizlik qilingan holda, ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud jarayoni bosqichida chiqariladi. Ishni keyingi ko‘rilishi umumiy tartibda davom etadi.
8.5. MJtKning 181-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka faqat sudning qonuniy kuchga kirgan xususiy ajrimi yuborilgan mansabdor shaxs, qachonki xususiy ajrim u tomonidan qabul qilinib, ko‘rmasdan qoldirilgan (ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmagan) yoxud unga o‘z vaqtida javob berilmagan bo‘lsagina, tortilishi mumkin.
8.6. IPK aybdor shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish tartibini belgilovchi normalarni o‘z ichiga olmaganligi sababli, u iqtisodiy sud tomonidan MJtKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish MJtKning XIX, XXII, XXIII boblari, ma’muriy jazo qo‘llanilishi esa — shu Kodeksning IV bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
8.7. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan barcha huquqlar ta’minlanishi kerak.
8.8. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bayonnomasi MJtKning 308-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha tuziladi. MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan sudga hurmatsizlik qilish shaklida namoyon bo‘lgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish ushbu qoidadan mustasno hisoblanadi. Bunday holda ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud protsessi bosqichida chiqariladi.
8.10. MJtK 315-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan IPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.
8.11. MJtK 317-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan IPKda belgilangan tartibda protest keltiriladi.
8.12. Mansabdor shaxslar yoki fuqarolarning harakatlarida MJtKga binoan ishni ko‘rish boshqa organlarga (mansabdor shaxslarga) yuklatilgan ma’muriy huquqbuzarlikning belgilari aniqlangan taqdirda, iqtisodiy sud MJtKning 280-moddasiga muvofiq bunday ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati berilgan shaxsga masalani qonunda belgilangan tartibda ko‘rish majburiyatini yuklash to‘g‘risida xususiy ajrim shaklidagi bilvosita ta’sir qiluvchi hujjatni chiqarishga haqli.
8.14. MJtKning 275-moddasida nazarda tutilgan prokuror vakolatlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiy sud ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorning nusxasini u qabul qilingan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida tegishli prokurorga yuboradi.
9. IPK 200-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, agar sud iqtisodiy nizoni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. IPK xususiy ajrim chiqarilishi mumkin bo‘lgan aniq paytni belgilamaydi, shuning uchun u iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va iqtisodiy sudning har qanday instansiyasida chiqarilishi mumkin.
10.1. IPK xususiy ajrimning alohida xonada chiqarilishini talab qilmaydi, ammo zarur hollarda sud xususiy ajrim chiqarish uchun asos bo‘ladigan ish hujjatlari va holatlarini yanada puxta o‘rganish uchun bunday huquqdan foydalanishi mumkin.
10.3. Xususiy ajrim shakli va mazmuni bo‘yicha IPKning 195 va 196-moddalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiy ajrimlarni chiqarishda tegishli kodekslarda (MJtK) nazarda tutilgan bunday protsessual hujjatlarning shakliga nisbatan qo‘yilayotgan talablar inobatga olinishi kerak.