LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-353-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
OIV kasalligi — odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan o‘ta xavfli yuqumli kasallik;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ismi-sharifini sir saqlagan holda, ixtiyoriy ravishda OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida anonim tibbiy tekshiruvdan o‘tish huquqiga egadirlar.
OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi va u e’lon qilinishi lozim.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
(4-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida aholining xabardor qilinishini;
OIV kasalligi/OITSning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash vositalari yetkazib berilishini, shuningdek tashxis qo‘yish, davolash va ilmiy maqsadlarda qo‘llaniladigan tibbiy preparatlar, biologik suyuqliklar, organlar va to‘qimalarning xavfsiz bo‘lishi ustidan nazorat qilinishini;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida OIV kasalligi/OITSning tarqalishi ustidan epidemiologik nazorat o‘rnatilishini;
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratilishini;
(4-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
aholi tibbiy tekshiruvdan bepul o‘tkazilishini va OIV kasalligini yuqtirganlar va OITS ga chalingan bemorlar bepul davolanishini;
OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlarga ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatilishini, ular yangi ixtisosga o‘rgatilishini va ishga joylashtirilishini;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
OIV kasalligi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
OIV kasalligi/OITSning oldini olishga doir faoliyat davlat budjeti mablag‘lari, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
(6-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida OIV kasalligi/OITS aniqlangan taqdirda, ular qon, biologik suyuqlik, organlar va to‘qimalarning donori bo‘la olmaydilar. OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlar tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari shart.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarilib yuborilishlari mumkin.
Bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish, shuningdek shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida OIV kasalligi/OITS yuqqan shaxslarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarar o‘rnining qoplanishi aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
LexUZ sharhi
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
(9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan hamda OITS bilan kasallangan shaxslar o‘zlariga insoniy munosabatda bo‘linishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi va ijtimoiy ta’minlanish huquqiga egadirlar.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar har oyda eng kam oylik ish haqi miqdorida davlat nafaqasini olish va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nogiron bolalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
OIV kasalligini yuqtirgan yoki OITSga duchor bo‘lgan bolalarning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) yosh bolalari bilan birga statsionarda bo‘lish hamda shu paytda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda ishdan ozod bo‘lib turish huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor bo‘lgan bemorlarda OIV kasalligi/OITS mavjudligiga asoslanib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, ularni ishga qabul qilishdan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan ro‘yxatdagi ayrim kasbiy faoliyat turlari bundan mustasno), ta’lim muassasalariga hamda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarga qabul qilishdan bosh tortish, hamda ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek ular oila a’zolarining turar joy huquqlari, boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari to‘g‘risidagi qaror (ro‘yxat raqami 881 2000-yil 25-yanvar).
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
OIV kasalligi/OITSga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash-tashxis qo‘yish va profilaktika ishlarida, ularga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan, OIV kasalligi/OITS o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlarni ta’minlaydigan shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Tibbiyot xodimlari hamda sog‘liqni saqlashning boshqa xodimlariga ular xizmat vazifalarini ado etishi chog‘ida OIV kasalligi/OITS yuqsa, bu — kasbiy kasalliklar toifasiga kiradi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular o‘zlarida OIV kasalligi/OITS yo‘qligini tasdiqlovchi sertifikatni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda taqdim etganlari taqdirda, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun viza beradilar.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi O‘RQ-248-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.