29.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1541-2
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 29.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1541-2
Кучга кириш санаси
09.05.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2012
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 — 2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 267-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 379-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari quyidagi mazmundagi 31—34-paragraflar bilan to‘ldirilsin: