10.04.2009 yildagi 06/196-son
Hujjat 27.12.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon — FPK) 16 va 370-moddalari, Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon — XPK) 14 va 209-moddalariga muvofiq, sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida (bundan buyon — Qonun) sud hujjatini ijroga qaratishning umumiy tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra ijro varaqasi, odatda, undiruvchiga berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 371-moddasiga muvofiq, ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng undiruvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ijro varaqasining asli yo‘qotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPK 374-moddasi va XPK 216-moddasi talablariga muvofiq, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Bunda sudlar ijro varaqa dublikatini berishni Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan yo‘qotilgan ijro ishi yuritilishi tiklanishidan farqlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sudlarning e’tibori qonunda (FPK 375-moddasi, XPK 212-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qat’iy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga so‘zma-so‘z monand bo‘lishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid to‘liq ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, manzili, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi)ni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda sud ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. FPKning 379-moddasi va XPKning 215-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash tartibi belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ijro hujjati talablarida noaniqliklar mavjud bo‘lgan yoki u bilan sud hujjati orasida tafovut aniqlangan holda sud ijrochisi, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, ijro hujjatini bergan sudga sud hujjatini tushuntirish, mazkur hujjatlarda yo‘l qo‘yilgan yozuv, bosma va arifmetik xatolarni bartaraf etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Sud ijrochisining arizasida sud hujjatining qonuniyligi masalasida mushohada yuritilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud bunday arizani u kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida FPK 215-moddasi, XPK 150-moddasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, natijasi bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qaror chiqargan sud, FPK 216-moddasi, XPK 217-moddasiga muvofiq, sud ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga asosan sud qarori ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, shuningdek uning ijro usuli va tartibini o‘zgartirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ijro hujjati Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sud ijrochisi ijro hujjatini qaytarib yuborish haqida qaror chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK yoki XPKda belgilangan tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to‘xtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga ko‘ra tiklanadi.
12. Sudlar Qonunning 34-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritilishining to‘xtatilishi sud ijrochisining murojaati asosida, Qonunning 35-moddasi birinchi qismi 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa, sud tomonidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro qilish to‘g‘risidagi arizani yoxud sud ijrochisining harakatlari ustidan berilgan shikoyatni yoki baholash natijalaridan norozilik haqidagi arizani ish yurituvga qabul qilish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini, ajrimda ijro ishi yuritilishi to‘xtatilishi haqida ko‘rsatilishini e’tiborga olishlari zarur.
Qonunning 34 va 35-moddalarida ko‘rsatilgan, ijro ishi yuritishni sud qaysi vaziyatda to‘xtatishi shart va haqli bo‘lgan holatlar ro‘yxati tugal hisoblanadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 63-moddasiga ko‘ra, ijro hujjati ijrosini to‘xtatish uchun xo‘jalik sudining arizani ish yuritishga qabul qilish va qarzdorga nisbatan bankrotlik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimi ham asos hisoblanishi e’tiborga olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sud hujjati ijrosini nazorat tartibida to‘xtatib turish huquqi faqat muayyan mansabdor shaxslarga berilganligi tufayli (FPK 352, JPK 517-moddalari) mazkur shaxslar muayyan ishni chaqirib olish masalasini hal qilish chog‘ida sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish masalasini xam hal etishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan xo‘jalik sudlari hujjatlarining ijrosi, XPKning 193-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan protest keltirilgan taqdirdagina, ish nazorat tartibida ko‘rilgunga qadar sud tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunning 88-moddasiga muvofiq, sud ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud ijrochisining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining ijrosi bo‘yicha chora ko‘rmaganligi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganligi sudga beriladigan shikoyatning obyekti bo‘lishi mumkin.
Shikoyat qilish FPK va XPKning 15-boblarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda ariza (shikoyat) berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sudlarning e’tibori FPK va XPKning 40-moddalari talablariga muvofiq, taraflar protsessning istalgan bosqichida, shuningdek ijro bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi FK 284-moddasiga muvofiq, garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qonunning 81-moddasiga muvofiq, ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga xo‘jalik sudi tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.