Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 16-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 16-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) sud hujjatini ijroga qaratishning umumiy tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra ijro varaqasi, odatda, undiruvchiga berilishi lozim.
FPKning 448-moddasiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng undiruvchiga beriladi.
IPK 336-moddasining beshinchi qismiga va MSIYutK 278-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra, davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
FPK 449-moddasining ikkinchi qismiga, IPK 336-moddasining oltinchi qismiga va MSIYutK 278-moddasining beshinchi qismiga muvofiq sud qarorlarining davlat daromadiga (budjetga) mablag‘lar undiriladigan to‘lovlar yuzasidan berilgan ijro hujjatlari sud tomonidan bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bo‘limlariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ijro varaqasining asli yo‘qotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPKning 450-moddasi va IPKning 341-moddasi talablariga muvofiq, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Bunda sudlar ijro varaqa dublikatini berishni Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan yo‘qotilgan ijro ishi yuritilishi tiklanishidan farqlashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sudlarning e’tibori qonunda (IPKning 337-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qat’iy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga so‘zma-so‘z monand bo‘lishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid to‘liq ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, manzili, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi)ni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda sud ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. FPKning 453-moddasi va IPKning 340-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash tartibi belgilangan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ijro hujjati talablarida noaniqliklar mavjud bo‘lgan yoki u bilan sud hujjati orasida tafovut aniqlangan holda davlat ijrochisi, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, ijro hujjatini bergan sudga sud hujjatini tushuntirish, mazkur hujjatlarda yo‘l qo‘yilgan yozuv, bosma va arifmetik xatolarni bartaraf etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Davlat ijrochisining arizasida sud hujjatining qonuniyligi masalasida mushohada yuritilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud bunday arizani u kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida FPK 215-moddasi, XPK 150-moddasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, natijasi bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qaror chiqargan sud, FPKning 454-moddasi, IPKning 342-moddasiga muvofiq, davlat ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga asosan sud qarori ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, shuningdek uning ijro usuli va tartibini o‘zgartirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ijro hujjati Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytarib yuborish haqida qaror chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK yoki XPKda belgilangan tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to‘xtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga ko‘ra tiklanadi.
12. Sudlar Qonunning 34-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritilishining to‘xtatilishi sud ijrochisining murojaati asosida, Qonunning 35-moddasi birinchi qismi 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa, sud tomonidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro qilish to‘g‘risidagi arizani yoxud sud ijrochisining harakatlari ustidan berilgan shikoyatni yoki baholash natijalaridan norozilik haqidagi arizani ish yurituvga qabul qilish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini, ajrimda ijro ishi yuritilishi to‘xtatilishi haqida ko‘rsatilishini e’tiborga olishlari zarur.
Qonunning 34 va 35-moddalarida ko‘rsatilgan, ijro ishi yuritishni sud qaysi vaziyatda to‘xtatishi shart va haqli bo‘lgan holatlar ro‘yxati tugal hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 63-moddasiga ko‘ra, ijro hujjati ijrosini to‘xtatish uchun iqtisodiy sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va qarzdorga nisbatan bankrotlik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimi ham asos hisoblanishi e’tiborga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13. FPKning 432-moddasi, MSIYutKning 258-moddasi hamda IPKning 316-moddasiga ko‘ra, Oliy sud sudyasi nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atiga o‘tkazish haqidagi masala to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini shikoyatni bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra nazorat tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib qo‘yishga haqli. Bu huquqdan foydalanilgan taqdirda, sudya sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish haqida nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi. Agar sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish haqidagi iltimosnoma nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilganidan keyin taqdim qilinganda va bunday iltimosnoma qanoatlantirilganda, bu haqida alohida ajrim chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunning 88-moddasiga ko‘ra, davlat ijrochisining xatti- harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Davlat ijrochisining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining ijrosi bo‘yicha chora ko‘rmaganligi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganligi sudga beriladigan shikoyatning obyekti bo‘lishi mumkin.
Davlat ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish MSIYutKda nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda ariza (shikoyat) berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu arizalar (shikoyatlar) MSIYutKda belgilangan tartibda, ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sudlarning e’tibori FPKning 166-moddasi va IPKning 131-moddasi talablariga muvofiq, taraflar protsessning istalgan bosqichida, shuningdek ijro bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi FK 284-moddasiga muvofiq, garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qonunning 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan jarima qo‘llash haqida iqtisodiy sudga berilgan ariza sud tomonidan IPKda belgilangan umumiy qoidalar bo‘yicha, ushbu Kodeksning 27-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘rilishi lozim. Bunday ariza davlat ijrochisi tomonidan ham, undiruvchi (tadbirkorlik subyekti) tomonidan ham berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”