24.11.2009 yildagi 13-son
Hujjat 24.11.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 471-moddasi 3 bandi va 320-moddasi talabini buzib, qator hollarda protsessual chiqimlar kimga va qancha miqdorda yuklanishi lozimligini hal etishmayapti va hukmda ko‘rsatishmayapti; ba’zan bunda Jinoyat-protsessual emas, balki Fuqarolik protsessual kodeksiga amal qilishmoqda, ayrim hollarda protsessual chiqimlarni davlat foydasiga emas, balki muayyan shaxslar yoki tashkilotlar foydasiga undirishmoqda; ish bo‘yicha bir necha shaxs sudlanganda protsessual chiqimlarni hissali emas, balki solidar tartibda undirishmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tushuntirilsinki, Jinoyat protsessual kodeksining 318-moddasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlar quyidagilardan iborat:
ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sudlar har bir jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olish paytida dastlabki tergov organlari tomonidan JPK 380-moddasi birinchi qismining ayblov xulosasiga protsessual chiqimlar turi va miqdoriga doir ma’lumotnoma ilova qilinishi to‘g‘risidagi talabi bajarilganligini tekshirishlari lozim. Bunday ma’lumotnoma yarashuv to‘g‘risidagi ariza, ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan sudga yuboriladigan ish bo‘yicha ham ilova etilishi shart.
6. Tushuntirilsinki, JPK 471-moddasi 3-bandiga ko‘ra, protsessual chiqimlarga doir masala hukmda (ajrimda) hal etilishi shart bo‘lib, unda chiqimlar kimga va qay miqdorda yuklanishi ko‘rsatiladi.
7. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 320-moddasi birinchi qismiga muvofiq jinoyat ishini tergov qilish va sudda ko‘rishda sarf qilingan chiqimlar davlat foydasiga mahkumlardan undiriladi, tarjimonga to‘langan summalar, shuningdek, JPK 320-moddasi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
sudlanuvchi oqlangan yoki ish ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq tugatilgan taqdirda. Sudlanuvchi bir ayblov bo‘yicha oqlangan, boshqa ayblov bo‘yicha esa aybli deb topilgan bo‘lsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bog‘liq protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi;
10. Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chog‘ida sudlar protsessual qonunchilik bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga rioya etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.