24.11.2009 yildagi 12-son
O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konvensiyasini to‘ldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida”gi Protokolni ratifikatsiya qildi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir tegishli o‘zgartirishlar kiritdi.
2. Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.
4. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, olish-sotish tariqasidagi odam savdosidan farqli ravishda, Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha hollar (yollash, tashish, topshirish, yashirish, qabul qilish)da jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zarur sharti odamni ekspluatatsiya qilishga qaratilgan maqsad mavjudligi hisoblanadi.
7. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal bo‘lib, jinoyat odamni olish-sotish bitimi tuzilgan paytdan yoki qonunning mazkur moddasida ko‘rsatilgan boshqa qilmish sodir etilgan paytdan tugallangan hisoblanadi.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan jabrlanuvchini o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash bilan bog‘liq tarzda sodir etilgan odam savdosi kvalifikatsiya qilinadi.
9. Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi bilan aybdorga moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi bilan bog‘liq harakatlar kvalifikatsiya qilinadi.
10. Xizmat mavqeyidan foydalangan holda odam savdosi (Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “j” bandi), bunday jinoyat mansabdor shaxs tomonidan yoki o‘z xizmat vakolatlaridan Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan har qanday qilmishni yengillatish maqsadida foydalangan boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligini bildiradi.
11. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “z” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yoki uning hududiga Davlat chegarasi orqali (qonuniy yoki qonunga xilof tarzda) toptaydi yoki boshqa tarzda o‘tkazadi yoxud shaxsni uning erkiga zid ravishda xorijiy davlat hududida ushlab turadi.
12. Ta’kidlash lozimki, Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqat odam savdosida obyekt sifatida ishtirok etgan shaxs o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik oqibatida yetkazilgan taqdirdagina kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, odam savdosi jinoyati Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismining “j”, “z”, “i”, “k” bandlari, uchinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, qilmishni Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik belgilovchi moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishga, faqat qonunning boshqa normasida Jinoyat kodeksining 135-moddasi tegishli qismi sanksiyasida belgilangan jazodan og‘irroq jazo belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Agar odam savdosida shaxs badaniga qasddan og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan qamrab olinmaydi. Bunday hollarda aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi tegishli qismi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Sudlar odam savdosiga oid jinoyat ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilgan shaxslardan odam savdosidan jabrlanganlarning ta’minoti va ularni reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni aniqlab, ularni undirish choralarini ko‘rishi, shuningdek, dastlabki tergov jarayonida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplanish choralari ta’minlanganligiga e’tibor qaratishlari lozim.