Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52(II)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovning (keyingi o‘rinlarda YIT deb ataladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
a) ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondi qismida yuridik shaxslarga;
v) xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari belgilangan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasidagi tashkilotlariga;
g) yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa — qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITni to‘laydilar.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. YIT to‘lovchilari YITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq:
fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;
qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda YIT hisoblashadi.
Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
2. Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida xodimlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. YIT to‘lovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona bo‘yicha YITning eng kam miqdorini aniqlaydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
K — bir oyda barcha xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlari (bir kunda ishlagan soatlaridan qat’i nazar) soni, biroq korxonada o‘rnatilgan ish kunlari sonidan ortmagan holda. Xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlariga, shuningdek yillik mehnat ta’tillariga va ish haqi saqlangan holda beriladigan ta’tillarga to‘g‘ri keladigan kunlar ham taalluqlidir. Bir oyda xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlarini hisoblab chiqarishda quyidagilarning ishlagan kunlari kiritilmaydi:
pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha YIT hisoblab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlarning ish kunlari;
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlar bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning ish kunlari.
N — bir xodim uchun bir oyda YIT normativi (bir minimal ish haqi, fermer xo‘jaliklari uchun esa belgilangan minimal ish haqining 50 foizi). Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan o‘zgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining o‘rtacha oylik miqdori qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa, u holda yagona soliq to‘lovi YITning eng kam miqdorining O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasidan ortgan qismiga qo‘shimcha hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning eng kam miqdoridan ko‘p yoki unga teng bo‘lsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida to‘lanishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23, 2013-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
10. To‘lovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YITni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligiga va qonun-hujjatlariga muvofiq uni o‘z vaqtida to‘lashga javobgardirlar.
11. Davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq YITning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YITning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YITni qo‘shimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘shimcha hisoblangan YIT summasi to‘lovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10,2011-7-sonli (ro‘yxat raqami 2095-1, 21.02.2011-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 78-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)