13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 13.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095
Кучга кириш санаси
23.04.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52(II)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovning (bundan buyon matnda YIT deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 10-yanvardagi 1, 2017-01-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-5, 17.01.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 3-son, 45-modda)
1. YIT to‘lovchilari YITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
3. YIT to‘lovchilari hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda jami korxona bo‘yicha YITning eng kam miqdorini aniqlaydilar.
N — ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan bir xodim uchun bir oyda YIT normativi. Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan o‘zgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining o‘rtacha oylik miqdori qo‘llaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 16-fevraldagi 12, 2015-8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-3, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 88-modda)
6. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa, u holda yagona soliq to‘lovi YITning eng kam miqdorining O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasidan ortgan qismiga qo‘shimcha hisoblanadi.
7. Agar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT haqiqiy summasi YITning eng kam miqdoridan ko‘p yoki unga teng bo‘lsa, u holda YIT haqiqatda hisoblangan summa miqdorida to‘lanishi kerak.
Umumbelgilangan stavka bo‘yicha YITning qo‘shimcha summasi hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi.
(71-72-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-4, 31.03.2016-y.) asosan kiritilgan— O‘R QHT, 2016-y., 13-son, 126-modda)
8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23, 2013-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-2, 22.07.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 375-modda)