28.05.1991 yildagi 145-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2016
Hujjat 28.05.1991 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarga imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risida ilova qilinayotgan Nizom (1-ilova) va ularni belgilangan normada bepul ta’minlash uchun eng zarur mollar ro‘yxati (2-ilova) tasdiqlansin.
2. 1-ilovada ko‘rsatilgan imtiyozlarni berish bilan bog‘liq xarajatlar jumhuriyat va mahalliy budjetlar, shuningdek, O‘zSSJning tegishli vazirliklari, idoralari, korxonalar va tashkilotlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin.
1. O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 27-maydagi Farmonida belgilangan imtiyozli huquqlardan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, shu jumladan, nogironlar ham foydalanadilar.
2. Mazkur Farmonga muvofiq imtiyozli huquqlardan foydalanuvchilarning nomma-nom ro‘yxati nohiya (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan xalq deputatlari nohiya (shahar) Sovetining ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Pensiya guvohnomasidagi maxsus qo‘shimcha varaq yuqoridagi Farmonda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi hujjat hisoblanadi. Bu qo‘shimcha varaq nohiya, shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limining muhri va mas’ul shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. 2-bandda ko‘rsatilgan pensionerlar pensiya guvohnomasining qo‘shimcha varag‘i asosida nohiya, shahar ijroiya qo‘mitasining yoki korxonaning (uy idoraga qarashli bo‘lsa) uy-joydan foydalanish tashkiloti tomonidan kvartira va kommunal xizmat uchun haq to‘lashdan ozod qilinadilar. Bu haqda kvartirani ijaraga oluvchining shaxsiy schyotiga yozib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.