LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2010-yil aprel-may oylarida notariuslar bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazsin.
6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 1997-yil 28-apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida qo‘llanma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari (bundan keyingi o‘rinlarda notariuslar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
3. Qonunning 5-moddasiga asosan notarius o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Notariusning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi kredit axboroti kredit byurosiga hamda bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur ko‘chmas mulk obyektining xatlanmaganligi to‘g‘risidagi axborot rieltorlik tashkilotiga ularning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga yoki ularning qonuniy vakillariga o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno;
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish;
tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish;
yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish;
notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 155-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-8, 09.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 294-modda)
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish.
Notarius o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq va har tomonlama o‘rganishi, zarurat tug‘ilganda ularni qayta tekshirishi lozim.
7. Qonunning 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida notarius tomonidan yozib qo‘yilishi, imzolanishi va muhr qo‘yilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
8. Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, Qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Notarial harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra davlat notarial idorasiga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaxs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida, ya’ni mazkur fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrida (bundan keyingi o‘rinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
10. Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish ko‘pi bilan o‘n kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to‘g‘risida suddan ma’lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal bo‘lguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va to‘xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
11. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
xorijiy fuqarolarning shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bo‘lib hisoblanadi:
Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga e’tibor berish zarur.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qo‘ygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.
Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
15. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilganda, notarius ko‘rsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusxalari talab qilinmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud bo‘lganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va axborotlarni o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) idoralararo so‘rov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo so‘rov bo‘yicha taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati ko‘rsatishni, xususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarni idoralararo so‘rov orqali olingan hujjatlar va axborotlarning mazmuni haqida xabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatishi zarur.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Notariuslar o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining qarindosh-urug‘lari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bog‘langan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining xodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa davlat notarial idorasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan davlat notarial idorasida bajarilishi kerak bo‘lgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
17. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi o‘rinlarda STIR deb yuritiladi) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Hujjatdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat noto‘g‘ri yoki imlo xatolari bilan yozilgan bo‘lsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud bo‘lsa yoki hujjatning rekvizitlari to‘liq yozilmagan bo‘lsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
20. Murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirig‘i asosida yordamchisi va (yoki) stajori tomonidan ham tuzilishi mumkin.
21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qo‘yilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
22. Merosga bo‘lgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida, ko‘chmas mulkni ochiq savdoda sotib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
Ariza bergan shaxsning iltimosiga ko‘ra ham unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
24. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yo‘riqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi va notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, alohida ma’lumotnoma tuzgan holda, u notariusning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qo‘yiladi.
Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yo‘l qo‘yilganda mazkur Yo‘riqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligi shahodatlantirilganda, hujjatning har bir nusxasiga alohida reyestr raqami beriladi. Tasdiqlovchi yozuvda raqamlar shu tartibda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reyestrlar ip o‘tkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan so‘ng notarius tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar davlat notarial idorasining vakolat berilgan boshqa xodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzolaydi.
Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning to‘g‘riligi tekshirilganidan so‘ng notarius tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi hamda notarius (notarial idoraning boshqa xodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzo qo‘yadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ikki yoki undan ortiq notarius faoliyat ko‘rsatayotgan davlat notarial idoralarida har bir notarius uchun alohida reyestr tutilishi kerak. Bunday hollarda har bir reyestrga mustaqil indeks beriladi. Hujjatlardagi reyestr raqamlari quyidagicha qo‘yiladi: 1-1, 1-2, 2-1-sonli va hokazo. Bunda birinchi raqam indeks raqamini, ikkinchisi esa yozuvning tartib raqamini bildiradi. Har bir reyestrning indeks raqami yil davomida o‘zgartirilmay saqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Notarial harakatlarning muayyan turlarini qayd etish uchun mustaqil reyestrlar yuritilgan taqdirda har bir reyestrning indeksiga tegishli notarial harakat nomiga muvofiq harf qo‘shiladi. Masalan, 1-N, 2-N, 3-I, 4-M-sonli. Bunda birinchi va ikkinchi reyestrlar hujjatlarning nusxalari to‘g‘riligini shahodatlantiruvchi yozuvlarni, uchinchisi — ijro yozuvlarini, to‘rtinchisi esa merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalarni qayd etish uchun tutilganligini bildiradi.
Bunday reyestrlarga yozilgan hujjatlarning tartib raqamlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1-N-1, 1-N-2-sonli va hokazo; 2-N-1, 2-N-2-sonli va hokazo; 3-I-1, 3-I-2-sonli va hokazo; 4-M-1, 4-M-2, 4-M-3-sonli va hokazo.
28. Notariuslar Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan ko‘chirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan ko‘chirmaning kseronusxasi) beradi. Reyestrlarning asl nusxalarini berish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalardan ham ular yo‘qolgan taqdirda dublikatlar beradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning to‘liq matni bo‘lishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati o‘rnini bosa olmaydi.
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxo‘rlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin.
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada ko‘rsatilgan yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining o‘lim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
Vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va o‘zlaridan oldingi merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) o‘lim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani, zarur hollarda merosxo‘rlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan bo‘lsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxo‘rlarga beriladi.
30. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga notarial idora yig‘majildlarida saqlanishi uchun qo‘shib qo‘yiladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qo‘yilgach, qaytarib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari davlat notarial idorasida qoldirilmaydi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
agar mulkdor o‘ziga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini to‘la tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ulardan biri o‘ziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanganda;
umumiy ulushli mulk qatnashchilari o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismini belgilash, o‘zgartirish yoki ular o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berilganda;
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining yer maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki bunga shubha tug‘diruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga beradi.
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;
notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi;
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab bo‘lgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
Oldingi tahrirga qarang.
34. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiradi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
35. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi amalga oshirgan notarial harakatning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya boshqarmalarini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
351. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio, video va foto qurilmalardan foydalanishlari mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslar bu haqda ogohlantiriladi.
(351-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
36. Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qo‘yilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga ko‘ra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
37. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yoki garovga (ipotekaga) qo‘yilayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin.
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati o‘rnini bosa olmaydi.
38. Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
(39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Bitimda voyaga yetmagan shaxs qatnashganda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaxsning rasmi yelimlab yopishtirilgan ma’lumotnoma talab etiladi. Ushbu ma’lumotnomadagi rasm ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi.
40. Notarius bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qo‘yiladi.
Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qo‘shib qo‘yiladigan alohida hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnomalar notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasidan va tegishli davlat notarial idorasidan olinadi.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish paytida, bu bitim tegishli “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasida qayd etilgan yoki qayd etilmaganligidan qat’i nazar, notarius taraflarning o‘zaro xohish-irodasi (arizasi) asosida bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida bitimni tasdiqlaydi. Arizalar reyestrda qayd etiladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va hokazo) va yozma xati olinadi. Bitimning barcha nusxalariga va reyestrga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi (ko‘chmas mulk bo‘lgan holatda notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan) arizasini talab qiladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi o‘rinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi.
Notarius bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida bitimni tasdiqlaganidan so‘ng notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida va notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilgan vaqtda davlat boji qaytariladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
44. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar, shuningdek ushbu bitimlarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitim shu mulk joylashgan joydagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasiga yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlariga (bundan keyingi o‘rinlarda DYHXX organlari deb yuritiladi) qayd etish uchun taqdim etilishi lozimligi haqida notarius tasdiqlovchi yozuvda taraflarga tushuntirganligi haqida ko‘rsatib o‘tadi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
bitimni tasdiqlagan notarial idora joylashgan yerning (pochta manzilining) to‘liq nomi va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi, taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari to‘liq yozilishi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzillari haqidagi, yuridik shaxslarning nomlari hech bo‘lmaganda bir marotaba to‘liq yozilishi hamda ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIRi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, taraflar qarindosh bo‘lsa, ularning qarindoshlik darajasi;
(45-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
bitim predmeti uni boshqa shaxsga o‘tkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
mulkka bo‘lgan huquqni va u haqda tuziladigan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumot;
taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar;
Oldingi tahrirga qarang.
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) shaxslarning ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish yoki ro‘yxatdan o‘chish muddati;
(45-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
er-xotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDY bo‘limida qayd etilganligi haqidagi yozuv;
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, bitim necha nusxada tuzilib imzolanganligi va mulkka nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi;
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi o‘z aksini topishi kerak.
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini to‘liq yozib shaxsan imzolaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan davlat boji miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi.
(45-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
47. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlar yozma ravishda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
48. Fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi bitimlar notarial tasdiqlanishi shart:
umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi;
49. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitim matnida mazkur Yo‘riqnomaning 45-bandiga qo‘shimcha tarzda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan ko‘chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko‘chmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
491. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 47-modda) muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni sotib olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
(491-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
50. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 3—7-paragraflarida ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi.
52. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda notariuslar bu mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga renta to‘lovi sharti bilan o‘tkazilishi nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi auksionda sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;
tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan kelishuv;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi to‘g‘risida guvohnoma;
(53-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
531. O‘zbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish to‘g‘risidagi qarorlari;
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni bo‘lish, ko‘chmas mulkni umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish shartnomalari; imorat solish to‘g‘risidagi, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi, er-xotin o‘rtasida uylarni bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomalar;
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) to‘g‘risidagi qarorlari;
umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli ulushiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;
inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora bo‘lsa;
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqaga o‘tkazish bitimlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida, shuningdek meros qilib olish to‘g‘risida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining boshqaga o‘tganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan ko‘chirmalar.
532. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilayotganda, mazkur Yo‘riqnomaning 53 va 531-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi xizmati uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;
Keyingi tahrirga qarang.
kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (jismoniy shaxslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi o‘zgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;
Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar bo‘yicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi deb yuritiladi);
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi va oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(531-532-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
54. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan ko‘p bo‘lsa, shuningdek uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qo‘shimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi bo‘lmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash xonasiga o‘zgartirgan bo‘lsa yoki boshqacha tarzda o‘zgartirgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi to‘g‘risidagi qarorini taqdim etishni talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tuman (shahar) hokimining qarori notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligidan idoralararo so‘rov orqali olinadi. Tuman (shahar) hokimining bunday qarori bo‘lmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha ko‘rsatiladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilganidan kam bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimda ularning maydoni “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyatlarini keyinchalik, ya’ni bitimda ko‘rsatilgan ma’lum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazilganda, notarius tomonidan taraflar o‘rtasidagi to‘lov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda ko‘rsatilgan muddatga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi.
56. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi ko‘rsatilganligidan qat’i nazar, notariuslar ma’lumotnomalarni tegishli davlat notarial idorasining hujjatlari bo‘yicha tekshirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqiq va xatlov mavjud bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim taqiq va xatlov olib tashlangandan keyin tasdiqlanadi.
Taqiq mavjud bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yo‘riqnomaning 53, 531 va 532-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 375-modda) bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
581. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
(581-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
582. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim.
(582-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
(59-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga ma’lum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi. Ushbu ariza uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
60. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
61. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
62. Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga muvofiq agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushini boshqa shaxsga sotayotgan bo‘lsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarining hammasiga imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanliklarini yozma ravishda bildirishi lozim.
63. Agar umumiy ulushli mulk bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ishtirokchilaridan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan bo‘lsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni o‘z ulushini boshqa shaxsga haq evaziga o‘tkazayotganligi to‘g‘risida, ulushning narxini va sotishning boshqa shartlari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmog‘i zarur.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o‘z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo‘ladi.
64. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining sotilayotgan ulushini (bu ulushni sotish bahosini va boshqa shartlarini ko‘rsatilgan holda) imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish to‘g‘risidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari xabardor qilinganining isboti bo‘la oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish to‘g‘risidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.
(64-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor ekanliklari ko‘rsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaxsan o‘zlari kelib voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga ko‘ra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan bo‘lsa, uning bir nusxasi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusxasiga tikib qo‘yiladi.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qo‘yiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi.
65. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari to‘g‘risida xabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining tegishli ulushini sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari doimiy propiskada bo‘lmagan, yashamayotgan yoki ularning manzili noma’lum bo‘lgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur hollarda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-ma’lumotlar byurosi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan tegishli ma’lumotnomalarni notariusga taqdim etishi kerak.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Agar umumiy ulushli mulk bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdorlaridan biri vafot etgan bo‘lsa, notarius sotuvchidan uning o‘lim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius davlat notarial idorasidan umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxo‘rlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga ko‘ra umumiy ulushli mulk mulkdori bo‘lishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi to‘g‘risida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi hamda arizadagi imzolarining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga ko‘ra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlarga topshiriladi.
66. Voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini yoki shu mulkdagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda notarius ushbu Yo‘riqnomaning 39-bandiga rioya qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar nomiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, notarius bu haqda vasiylik va homiylik organlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasidagi talablarga rioya qilinadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush boshqa shaxsga o‘tkazilganligi to‘g‘risida mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga va Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
68. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham ko‘rsatiladi.
69. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi mulkdori tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi ko‘rsatilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining o‘ziga tegishli ulushini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibini umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda yoki sudning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan holdagina ko‘rsatib o‘tishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi ko‘rsatilgan holda, alohida bitim tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi va umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi arizalari talab qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma notarius tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasidan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(69-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Bitim taraflariga Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ko‘zdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
70. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga umumiy ulushli mulk huquqi mavjud bo‘lgan holda undagi ulushni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash paytida shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga bo‘lgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasida ishtirokchilar ulushlariga muvofiq uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining alohida binolaridan (qismlaridan) foydalanish to‘g‘risidagi bitimi notarial tasdiqlangan va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasida qayd etilgan bo‘lsa, notarius bu bitim ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuv, agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, asosiy bitimga qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ulushlarning o‘zgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qo‘shimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu o‘zgarishlar to‘g‘risida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasini talab qiladi. Mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va ma’lumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasidan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega bo‘lgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda bu bitim tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida tasdiqlovchi yozuvda yoziladi. Bunda mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
72. Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o‘zining ulushini boshqa mulkka ayirboshlamoqchi yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga o‘zga shaxsga berilganda, mazkur Yo‘riqnomaning 62—71-bandlarining qoidalari qo‘llaniladi.
Umumiy ulushli mulk bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush kimoshdi savdosida sotilganda, shuningdek hadya qilinganda yoki vasiyat qilib qoldirilganda yoxud boshqacha tarzda tekinga o‘zga shaxsga berilganda, imtiyozli sotib olish huquqining qoidalari qo‘llanilmaydi.
73. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan holda tasdiqlanishi mumkin.
74. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini o‘zgartirish, qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan obyektlar ro‘yxati;
(74-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(74-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
75. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi. Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatsizligi (yoshi yoki sog‘lig‘i bo‘yicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy ta’minotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy ta’minotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi bo‘la olmaydi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi Fuqarolik kodeksining 530 va 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
76. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olishga ruxsati bo‘lgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
77. Davlat tashkilotlariga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi fuqarolar tomonidan sotib olinishi bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi davlat tashkilotiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalarining roziligi;
(77-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(77-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
78. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlash paytida notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qo‘yilgan ma’lumotnoma;
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
vakilga berilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ushbu vakil bilan yuridik shaxs o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, unda notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab qilinadi);
Keyingi tahrirga qarang.
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar bitimni imzolashdan avval uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi topshirilgan bo‘lsa);
Keyingi tahrirga qarang.
taraflar o‘rtasida hisob-kitob bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(78-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
79. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimni tasdiqlashda taraflarga Fuqarolik kodeksining 185-moddasi mazmuni tushuntiriladi va bu haqda bitim matnida ko‘rsatiladi.
80. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqalarga o‘tkazish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi shartnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslarning notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalaridan olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(80-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi tegishli davlat notarial idorasining ma’lumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki uy daftari (nusxasi);
(80-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
agar mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa eri (xotinining) notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan roziligi;
(80-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf bo‘lib xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi;
(80-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(80-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
801. Toshkent shahrida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
(801-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
802. Toshkent viloyatida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
(802-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
803. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim
(803-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
81. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari amalga oshirilgandan so‘ng, shuningdek mulk huquqi merosxo‘rlik tartibida o‘tgandan so‘ng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qat’i nazar, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yo‘qotadi.
82. Ayirboshlash shartnomasiga ayirboshlash mohiyatiga zid kelmaydigan oldi-sotdi shartnomasi haqidagi tegishli qoidalar tatbiq etiladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yo‘li bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497 — 501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tiladi.
83. Shartnomaning predmeti muomaladan olingan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan ashyolardan tashqari barcha ko‘char va ko‘chmas mulk, har qanday ashyolar bo‘lishi mumkin.
Shartnomaning predmeti ko‘chmas mulk bo‘lganida, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi.
84. Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
85. Ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda, shartnomada ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past bo‘lgan tovarni topshirishi lozim bo‘lgan tarafga baholardagi farq uchun haq to‘lashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
87. Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
88. Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
89. Hadya oluvchi o‘ziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
90. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda, hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 502 — 510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qo‘yadi.
Shartnomaning predmeti ko‘chmas mulk bo‘lganida, ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi.
91. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi. Umumfoydali maqsad xayr-ehsonning farqli belgilaridan hisoblanadi.
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda xayr-ehson shartnomasining matniga yozib qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
93. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notarius Fuqarolik kodeksining 489—496-moddalari va ushbu shartnomaga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy kompleks sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli bo‘lmagan huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko‘rsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchiga o‘tadi.
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma bo‘yicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
94. Korxonani sotish shartnomasi mazkur korxona joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart emas, taraflardan birining notarial tasdiqlash to‘g‘risida talabi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish to‘g‘risidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
korxonani sotishda sotuvchi — yuridik shaxs bilan vakil o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, vakolatlarni amalga oshirish uchun vakilga notarial tartibda berilgan ishonchnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
mulkdorning roziligi (agar mulk xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa);
baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi bo‘lgan hollarda);
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
korxona sotuvchisi — yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oraliq balansning asl nusxasi;
taraflar tomonidan tuzilgan, ko‘rib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qo‘yayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari ko‘rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) ro‘yxati;
Oldingi tahrirga qarang.
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga roziligi haqidagi notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs bo‘lgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
(95-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi;
(95-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(95-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyatini kechiktirish yo‘li bilan korxonani sotish shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda, to‘lov to‘liq amalga oshirilgunga qadar korxonani boshqa shaxsga o‘tkazishga tegishli tartibda taqiq qo‘yiladi.
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Korxona tarkibida bino va inshootlar mavjud bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasi ham bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, o‘ninchi, o‘n beshinchi va o‘n yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
96. Korxonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan xususiylashtirilgan korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi;
(96-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);
keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korxonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining o‘tganligi haqidagi qo‘shimcha kelishuv;
Keyingi tahrirga qarang.
97. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(97-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
(97-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
98. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxona joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
99. Sotiladigan korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar bo‘yicha kreditorlar korxona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar korxona sotuvchisi tomonidan uning sotilishi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinishlari lozim.
Notarius tomonidan korxonani sotish shartnomasi barcha kreditorlarning qarzni o‘tkazishga yozma roziligi olingandan keyin, shuningdek boshqa kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tasdiqlanishi mumkin.
Yuridik shaxslarning qarzni o‘tkazishga roziligi haqidagi xatlari yuridik shaxs rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, unga yuridik shaxsning muhri bosilgan va chiqish raqami qayd etilgan holda taqdim qilinadi.
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
taraflarning to‘liq nomi (STIR), joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va guvohnoma raqami, vakillarning familiyasi, ismi, otasining ismi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
taraflar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumot;
korxonani sotish shartnomasidan paydo bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligi va uning tartibi;
101. Korxonani sotishda uning tarkibida avtomototransport vositalari mavjud bo‘lgan hollarda, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qo‘llaniladi.
102. Notarius jismoniy shaxslar o‘rtasida, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida hamda yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan avtomototransport vositalarini va boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlarni, ularning nomerli agregat va tirkama, yarim tirkamalarini boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) va boshqa turdagi bitimlarni tasdiqlaydi.
Bunday bitimlarni tasdiqlashda har bir fuqaro yoki yuridik shaxs xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir.
103. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 10-son, 77-modda) muvofiq Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qo‘yish, lizing shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, boshqa shaxsga berish bo‘yicha bitimning birinchi nusxasi gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
104. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy o‘yinlarning yutuqlari bo‘lgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi, tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno. Taqiq va xatlovning yo‘qligi haqidagi ma’lumot besh kun muddatda amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
106. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga ko‘ra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, ko‘zdan kechirilgan sana ko‘rsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp o‘n kun mobaynida amal qiladi.
107. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
bitimning nomi, bitim tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
Oldingi tahrirga qarang.
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
(107-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi;
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
taraflar o‘rtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilgan holatda esa mazkur Yo‘riqnomaning 55-bandini qo‘llash haqidagi ma’lumotlar;
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(107-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
bitim necha nusxada tuzilganligi va qaysi raqamli gerbli (maxsus) blankada (blankalarda) rasmiylashtirganligi haqidagi ma’lumotlar;
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida DYHXX organlarida ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi.
Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi lozim.
Taraflarning ixtiyoriga ko‘ra shartnomada qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
108. Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undiriladi.
109. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
110. Notarius tomonidan transport vositasini qayd etish guvohnomasiga avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim tuzilganligi haqida belgi qo‘yilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
111. DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlash taqiqlanadi.
112. Fuqarolar o‘rtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun “O‘zdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
agar avtomototransport vositasi erning yoki xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan hollarda, erning va (yoki) xotinning avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga roziligi to‘g‘risida notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma arizasi;
(112-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bitimlar davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(112-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(112-bandning oltini xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma.
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxo‘rlarga berilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxo‘rlar ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.
113. Mazkur Yo‘riqnomaning 112-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan er yoki xotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki xotinning notarial idoraga shaxsan o‘zi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er yoki xotinning shaxsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
114. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga ma’lum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi. Ushbu ariza avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda bunday ariza vakildan olinadi.
115. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
116. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
117. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun “O‘zdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar shartnomani imzolashdan avval avtomototransport vositasi topshirilgan bo‘lsa);
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lsa);
(117-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
118. Davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 117-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda baholovchi tashkilotning hisoboti va yuqori turuvchi tashkilotining ruxsati (agar yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘lsa) ham talab qilinadi.
119. Davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini sotish bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 578-modda) talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
120. Notarius avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
121. Ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma shu mulk joylashgan hududdagi notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday shartnomani notarial tasdiqlash paytida notarius ipotekaga qo‘yilayotgan mulk ipotekaga qo‘yuvchi shaxsga tegishli ekanligini, uni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini, boshqa ipotekaga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini, qarzlari yo‘qligini, ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi yuridik shaxslarning huquq layoqatlarini, jismoniy shaxslarning shaxsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
122. Ko‘chmas mulk, shu jumladan, binolar, inshootlar, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek uylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda ko‘chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo‘lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi.
124. Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi bo‘lsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) bo‘lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qo‘yilishi mumkin.
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qo‘yishi mumkin.
125. Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchidan quyidagilarni talab qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (xususiylashtirilgan ipoteka narsasi uchun mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi), oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan shartnoma, mulk huquqi yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar);
(125-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
(125-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
garov mulkini sug‘urta etilganligi haqidagi guvohnoma (sug‘urta polisi) va (yoki) sug‘urta shartnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar);
ipotekaga qo‘yilgan ko‘chmas mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qo‘yilganda, shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan va xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
(125-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
agarda ipotekaga qo‘yilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan shaxslar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan bo‘lsa, tegishlicha ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligi;
(125-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari, shuningdek vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjati (ishonchnoma);
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka narsasi ashyoviy huquq bo‘lgan (xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va hokazo) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchilarning ta’sis hujjatlarining nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxalari qaytariladi, idoralararo so‘rov orqali olingan hujjatlar bundan mustasno;
(125-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi va o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar va yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
126. Ipoteka shartnomasini tasdiqlashda davlat boji shartnoma summasidan, ya’ni ipotekaga qo‘yilayotgan narsaning bahosidan olinadi.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
127. Ipoteka shartnomalarini tasdiqlashda notarius ipotekaga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yadi.
(127-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qo‘yuvchi haqidagi to‘liq ma’lumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar;
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi ko‘rsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
ipoteka narsasi bo‘lgan mol-mulk ipotekaga qo‘yuvchiga qaysi huquqqa ko‘ra tegishli ekanligi va ipotekaga qo‘yuvchining bu huquqini ro‘yxatdan o‘tkazgan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(128-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim bo‘lsa, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
agar ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat qismlarga bo‘lib bajarilishi lozim bo‘lsa, tegishli to‘lovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
ipoteka narsasi sug‘urta qilinganligi haqidagi ma’lumot va sug‘urta polisining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka narsasining navbatdagi ipotekaga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi, boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi, ipotekaga qo‘yuvchining soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ipoteka narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi olinganligi haqida ma’lumot;
shartnomani notarial tasdiqlash uchun ipotekaga oluvchi yoki ipotekaga qo‘yuvchi zimmasiga qo‘yilgan xarajatlar;
shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida ma’lumot;
shartnoma nusxalarining soni, tomonlarga berilganligi, shuningdek notarial idorada nusxa qolganligi haqida ma’lumot;
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi ma’lumot ham ushbu shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
130. Davlat notarial idorasida ipoteka shartnomalarini hisobga olish uchun alifbo kitobi yuritilishi lozim.
(130-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
131. Ipoteka narsasini almashtirish zaruriyati tug‘ilgan hollarda, ipoteka narsasi ipotekaga oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius ipotekaga oluvchining ipoteka narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasi asosida ipoteka narsasini almashtirish to‘g‘risida bitimni tasdiqlaydi.
(131-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga o‘zgartirish kiritish haqida ham bitim tuziladi.
Ipoteka shartnomasi bo‘yicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga o‘zgartirish kiritish haqida bitim tuzish uchun sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi, asosiy majburiyat to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish haqida ipotekaga qo‘yuvchi va ipotekaga oluvchi o‘rtasida tuzilgan qo‘shimcha bitim talab etiladi. Ushbu hujjatlar ipoteka shartnomasiga qo‘shib tikiladi. Bu haqda reyestrga va alifbo kitobiga yozib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
132. Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas. Qonun hujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ham ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ijaraga berilayotgan mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mulk bo‘lsa, uning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma (tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, notarius tomonidan tegishli davlat notarial idorasidan olinadi);
(133-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
135. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko‘p (oxirgi) muddatlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan bo‘lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat o‘tishi bilan shartnoma bekor bo‘ladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
136. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
(136-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
ko‘chmas mulkning ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Oldingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi va Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
(136-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki uy daftaridan ko‘chirma hamda doimiy propiska qilingan shaxslarning roziligi;
(136-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
ko‘chmas mulk umumiy birgalikdagi mulk bo‘lgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan ko‘chmas mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma va ularning roziligi.
(136-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
137. Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalarni) ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
yuridik shaxs vakolatli organlarining ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (agar shartnomani imzolashdan avval ijara obyekti topshirilgan bo‘lsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(137-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1371. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni ijaraga olish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida nizomga muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni ijaraga olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
(1371-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
138. Korxonani ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Ijaraga beruvchi o‘z qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga o‘tkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi bo‘lmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birortasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga o‘tkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial tasdiqlanishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
139. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash paytida notarius ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining shartnomani tuzishga vakolati bor yoki yo‘qligini tekshiradi.
Notarius tomonidan Fuqarolik kodeksining 579—586-moddalari mazmuni, shuningdek korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatiladi.
ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi;
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan korxonani topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
korxonaning boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo‘lgan korxona bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
141. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
142. Lizing — moliya ijarasining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
143. Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga ko‘ra yoki mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u bo‘yicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.
144. Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. Lizing oluvchi lizing obyektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.
145. Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
146. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilganda, notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) to‘g‘risidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi (agar lizing obyekti lizing shartnomasi notarial tasdiqlangunga qadar sug‘urtalangan bo‘lsa);
Keyingi tahrirga qarang.
lizing obyektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak).
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
Lizing obyekti avtomototransport vositasi bo‘lganda, shartnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda shartnoma notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerakligi ko‘rsatilishi lozim. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
agar qo‘shimcha xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanish imkoniyati bo‘lmasa, lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi tartibi;
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
lizing obyektini lizing oluvchining roziligi bilan lizing beruvchi tomonidan keyinchalik garovga (ipotekaga) qo‘yish;
148. Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli bo‘ladi.
149. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilib, unga ko‘ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig‘iga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o‘z mulki qilib oladi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
150. Avtomototransport vositalarining lizing shartnomasini rasmiylashtirishda notarius ushbu avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
151. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalarining lizing shartnomasi qat’iy hisobda turuvchi maxsus gerbli (maxsus) blankalarda tuzilib tasdiqlanishi lozim. Bunda lizing shartnomasining tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatilishi shart.
Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositasining lizing shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undiriladi.
152. Fuqarolik kodeksining 512-moddasiga asosan renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) ko‘chmas yoki ko‘char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to‘lovchiga) beradi, renta to‘lovchi esa olingan mol-mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash majburiyatini oladi.
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida to‘lash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yo‘l qo‘yiladi. Umrbod renta fuqaroni o‘z qaramog‘iga olgan holda umrbod ta’minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
153. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, ko‘chmas mol-mulkni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat ro‘yxatidan ham o‘tkazilishi lozim. Bunda ushbu ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlov bor yoki yo‘qligi tekshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Renta shartnomasi ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Ko‘char mulk renta shartnomasini tasdiqlash joyi taraflarning xohishiga ko‘ra belgilanadi.
(153-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
154. Renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta to‘lovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini to‘lash bo‘yicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi, basharti Fuqarolik kodeksining 32-bobi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
155. Renta to‘lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko‘chmas mulk berilganida, renta oluvchi renta to‘lovchi o‘z majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi. Bu holda renta shartnomasi bo‘yicha renta to‘lovchi tomonidan renta oluvchiga renta to‘lovini vaqti-vaqti bilan to‘lash majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lsa, renta to‘lovchi tomonidan majburiyati to‘liq bajarilgunga qadar notarius ushbu ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yadi.
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa ko‘char mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta to‘lovchi o‘z majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sug‘urtalashga majbur bo‘ladi.
156. Renta to‘lashni kechiktirganlik uchun renta to‘lovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to‘laydi.
157. Doimiy rentani faqat fuqarolar va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar olishlari mumkin, basharti, bu hol qonun hujjatlariga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo‘lsa.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, doimiy renta shartnomasi bo‘yicha renta oluvchining huquqlari ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yo‘li bilan topshirilishi va vorislik bo‘yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda, boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin.
158. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi o‘zgarsa, to‘lanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Agar shartnomada taraflar to‘lov vaqtlarini belgilamasalar (masalan, har oyda yoki har yilda bir marotaba), doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan to‘lanadi.
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan to‘lovchining doimiy rentani sotib olishga bo‘lgan huquqi va renta oluvchining doimiy renta to‘lovini talab qilishga bo‘lgan huquqi tushuntiriladi.
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi to‘g‘risida shart bo‘lmasa, sotib olish yillik renta to‘lovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi to‘g‘risida shart bo‘lmaganda, sotib olish bahosiga yillik renta to‘lovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning Fuqarolik kodeksi 356-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius doimiy renta to‘lash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi renta to‘lovchi zimmasida bo‘lishini tushuntiradi.
160. Umrbod rentani oluvchilar bo‘lib mulkni renta to‘lovi evaziga topshirayotgan fuqaro tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan bir yoki bir necha shaxs hisoblanishi mumkin. Agar renta oluvchilar bir nechta fuqaro bo‘lsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak, Fuqarolik kodeksining 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
Agar umrbod renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan to‘lanadi.
Umrbod renta shartnomasini tasdiqlashda notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 525—529-moddalari talablarini tushuntiradi va bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tiladi.
Mulk huquqining kelgusida renta to‘lovchiga o‘tishini nazarda tutuvchi renta shartnomasini tasdiqlash paytida notarius bunday mulkni oldi-sotdi shartnomasi uchun talab qilinadigan zarur hujjatlarni talab qiladi.
161. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u ko‘rsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini ko‘zlab boshqarish majburiyatini oladi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga o‘tishiga olib kelmaydi.
Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, ko‘chmas mulkka mansub bo‘lgan alohida obyektlar, qimmatli qog‘ozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.
162. Ko‘chmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Ko‘chmas mulkka mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi qaysi tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni ro‘yxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy bo‘lmasligini keltirib chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
163. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash shu mol-mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ko‘chmas mulkning ushbu mulk boshqaruvning muassisiga tegishliligi, shu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi.
(163-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
164. Taqiq va xatlov mavjud bo‘lgan hollarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi faqat kreditor rozi bo‘lgan taqdirdagina tasdiqlanadi. Taqiq hamda xatlov sud va tergov organlari tomonidan qo‘yilgan taqdirda, shartnoma taqiq va xatlov olib tashlangandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
165. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda Fuqarolik kodeksining 850—852-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlar talab etiladi.
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning to‘liq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun so‘zlar bilan yoziladi);
agar haq to‘lash shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haqning miqdori va shakli.
Shartnomada yuqorida nazarda tutilgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
167. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng ko‘p muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda notarius Fuqarolik kodeksining 849 — 861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish obyektiga qarab shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligini, ro‘yxatdan o‘tkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida ko‘rsatiladi.
168. Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotganda (sud tartibida, ixtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, topshiriladi va ular o‘rtasida taqsimlanadi.
169. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi to‘g‘risidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi to‘g‘risidagi hujjat;
muassislar (ishtirokchilar)ning ustav fondidagi (kapitalidagi) hissalari shakllanganligi haqidagi ma’lumotnoma (guvohnoma);
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi hujjat;
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv ma’lumotnomasi;
tugatuvchining yuridik shaxsning tugatilishi haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga berilgan e’lon nusxasi;
taqsimlanayotgan mol-mulk ko‘chmas mulk bo‘lganda, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
shartnoma narsasi ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lganda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi to‘g‘risidagi tegishli davlat notarial idorasining ma’lumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
tugatilayotgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlangan mol-mulkning topshirish va qabul qilish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, oltinchi, o‘n birinchi, o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(169-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
170. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
171. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi bo‘yicha xohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.
Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini ta’minlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Lozim bo‘lsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.
172. Qarz shartnomasi bo‘yicha qarz olgan shaxs tomonidan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga ko‘ra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish to‘g‘risidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76—80-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 19-modda) muvofiq ijro xatini yozadi.
Qarz shartnomasi bo‘yicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Fuqarolik kodeksining 734-moddasida ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi.
173. Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi.
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq yozilishi shart.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir bo‘lganida vasiyat qiluvchi o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sabablarini ko‘rsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin. Bunday holatda, notarius Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun bo‘yicha merosxo‘rlari;
Oldingi tahrirga qarang.
175. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qo‘yiladi, ushbu Yo‘riqnomaning 174-bandida ko‘rsatilgan shaxslar guvoh bo‘lishlari mumkin emas.
(175-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
176. Vasiyat qiluvchining xohishiga ko‘ra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida o‘z qo‘li bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan og‘zaki so‘raydi va tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy propiska qilingan manzilni ko‘rsatgan holda xatjildga imzo qo‘yadilar. Guvohlar imzo qo‘ygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qo‘yadi.
(176-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Maxfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yig‘majildda saqlanadi.
177. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.
Notarius vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu xususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida yig‘majildda saqlanadi.
Vasiyat qiluvchi o‘zida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida bu nusxaga ham yozib qo‘yiladi.
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani o‘zgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq xohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi arizani Qonunning 73-moddasiga amal qilgan holda vasiyatnoma tasdiqlangan yoki u saqlanayotgan notarial idoraga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
178. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning bittadan nusxasi vasiyat qiluvchi doimiy propiska qilingan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Ushbu vasiyatnoma vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritilishi lozim.
(178-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib ko‘rishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
(178-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
179. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga o‘zgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining doimiy propiska qilingan joydagi meros rasmiylashtiriladigan davlat notarial idorasiga o‘n kun muddatda yuborilishi lozim.
(179-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(179-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
180. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
181. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan o‘z xususiyatiga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
182. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Bu holda, notarius yuridik shaxsning ustavini (nizomini) tekshiradi.
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.
183. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
185. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak.
(185-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
186. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi ko‘rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini ko‘rsatishi shart.
187. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlash faqat qat’iy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlangan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, bitimning birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1871. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
(1871-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
188. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
189. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalarni tasdiqlash avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Taqiq va xatlovning yo‘qligi haqidagi ma’lumot besh kun muddatda amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
190. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qo‘yilishi kerak. Notarius tomonidan mazkur ishonchnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu ishonchnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida o‘n kun ichida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
191. Ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni bo‘yicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi ko‘rsatiladi.
192. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undiriladi.
193. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
194. Notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlash paytida ishonchnoma beruvchi eri yoki xotinining mulkni tasarruf etishga roziligi haqidagi arizasi olinib, imzosi shahodatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar er yoki xotin ishonchnoma tasdiqlanayotgan vaqtda notarial idoraga kelmagan hollarda ishonchnoma matnida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan buyon matnda Oila kodeksi deb yuritiladi) 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida va tasdiqlovchi yozuvda esa ishonchnoma beruvchining nikohdan o‘tganlik holatini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
(194-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
195. Agar ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnoma berayotgan fuqaroning eri yoki xotini yo‘q bo‘lsa (beva bo‘lsa yoki bo‘ydoq), bu haqda notariusga yozma ariza taqdim etadi. Bunda, fuqaroning eri (xotini) yo‘qligi (bo‘ydoq, beva ekanligi) notarius tomonidan aniqlanadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi.
196. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini ishonchnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
197. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, ishonchnomani tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
198. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydi.
200. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
201. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi ko‘rsatib qo‘yilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma bo‘yicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur bo‘lganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma bo‘yicha berilganidan ko‘proq huquqni qamrab olmasligi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
202. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, ta’mirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq ko‘rsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaxs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Notarial idorada qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma bo‘yicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qo‘yiladi. Asosiy ishonchnomaning nusxasi notarial idorada qoldiriladigan o‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qo‘shib tikib qo‘yiladi.
(202-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
203. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qo‘yiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yig‘ma jildga tikib qo‘yiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
204. Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda, notarius uning bekor qilinganligi haqida mulk ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga (ishonchnoma bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan) va ishonchli vakilga zudlik bilan xabar berishi lozim.
(204-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasi notariuslarning xabarnomalari asosida taqiq va xatlov bazasiga mol-mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnoma bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotni (bekor bo‘lgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) kiritishi shart.
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi to‘g‘risidagi notariuslarga beriladigan tegishli ma’lumotlarda, agar ushbu mol-mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomani bekor qilinganligi haqida ma’lumot bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
205. Qonunning 52-moddasiga muvofiq meros ochilgan joydagi notarius, basharti qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi.
(205-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki noma’lum bo‘lsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini so‘rab notariusga murojaat etishi lozim.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
206. Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq yuboradi.
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi.
(206-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
207. Meros mol-mulkini qo‘riqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qo‘riqlanishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlarni ko‘radi:
yashash joyi ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkni ro‘yxatga olinishi to‘g‘risida xabardor qiladi;
o‘lim faktini tasdiqlash uchun o‘lim haqidagi guvohnomani yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi;
meros mol-mulkni qo‘riqlashga dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgan yoki ko‘rilmaganligini, agar ko‘rilgan bo‘lsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan ko‘rilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
meros bo‘lib qolgan mol-mulkni ro‘yxatga olish to‘g‘risida merosxo‘rlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
208. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar o‘z xohishlari bilan ro‘yxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, notarius ushbu mol-mulkni ro‘yxatga oladi.
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni ro‘yxatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik to‘g‘risida dalolatnomani tuzadi va merosxo‘rlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan da’vo bilan sudga murojaat etish yoki da’voni ta’minlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqlarini tushuntiradi.
Agar ro‘yxatga olish uchun joyiga chiqilganda, ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mavjud bo‘lmasa va merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan bo‘lsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi to‘g‘risida yoki mol-mulk olib ketilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxo‘rlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
meros mol-mulk to‘g‘risidagi xabar yoki uni qo‘riqlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
ro‘yxatga olish sanasi, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ro‘yxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
210. Ro‘yxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxo‘rlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga ko‘ra ro‘yxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv bo‘lmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Agar merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
211. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, bino va inshootlar ularni “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi tomonidan, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
212. Ro‘yxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, ro‘yxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Qo‘shnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi to‘g‘risidagi arizalari ro‘yxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga da’vo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Ro‘yxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarga, uchinchisi merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxo‘rlarga beriladi.
213. Meros mol-mulkini ro‘yxatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha notarial harakatni ro‘yxatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
214. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablag‘lari merosxo‘rlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi bo‘yicha meros mulkini davlat foydasiga o‘tish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisobraqamiga topshiriladi.
215. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan to‘lov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qog‘ozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida ro‘yxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va ro‘yxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxo‘rlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi bo‘yicha meros mol-mulki davlatga o‘tish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlar depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli depozitariylarda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Eng kam ish haqining o‘n baravaridan kam bo‘lgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
Ro‘yxatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) tegishli bankka saqlash uchun topshirishdan oldin notarius notarial idorada olib boriladigan qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni ro‘yxatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning ro‘yxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxo‘rlarga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
216. Agar ro‘yxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud bo‘lsa, merosxo‘rlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxo‘rlar bo‘lmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
217. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosxo‘rlarga, ular bo‘lmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
218. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni ko‘rsatiladi.
219. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli bo‘lgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari ro‘yxatga olinadi va merosxo‘rlarga saqlash uchun beriladi. Merosxo‘rlar bo‘lmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
220. Marhumning mol-mulki tarkibida bo‘lgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltig‘i va portlovchi moddalar maxsus ro‘yxat bo‘yicha ichki ishlar organlariga topshiriladi.
221. Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan orden, medallar, faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash to‘g‘risidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila a’zolarida qoldiriladi yoki merosxo‘rlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
222. Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Mol-mulkni oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus to‘plamlari, qimmatbaho to‘plamlar kiritiladi.
223. Merosxo‘rlar o‘rtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlariga kiritilishi to‘g‘risida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
224. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) ro‘yxatga olinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
225. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qo‘lyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud bo‘lsa, ushbu hujjatlar alohida ro‘yxatga olinib, merosxo‘rlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxo‘rlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, notarius ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qo‘yadi.
(225-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
226. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud bo‘lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar da’vo qo‘zg‘atgan hollarda, notarius meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Notarius Fuqarolik kodeksiga ko‘ra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
(226-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
227. Notarius meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga o‘tkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari to‘g‘risida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish to‘g‘risida ko‘rsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash to‘g‘risidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
(227-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxo‘r bo‘lmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxo‘rlardan haq olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
228. Notariuslar merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan bo‘lsa, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulk hisobidan meros mol-mulk bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash to‘g‘risida farmoyish beradi.
(228-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
229. Agar shaxs davlat notarial idorasiga dafn etish bo‘yicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxo‘rlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish to‘g‘risida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) bo‘lsa va ular xarajatlarni to‘lashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash to‘g‘risida merosxo‘rlarga nisbatan da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
(229-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun notarius dafn tashkil qilish bo‘yicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining ma’lumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxo‘rlarni chaqirish bo‘yicha e’lonlarning nashr etilganligi uchun to‘lov qog‘ozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
(229-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
230. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxo‘rlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan o‘z talablarini qo‘yishga haqlidirlar.
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qat’i nazar, notarius tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza to‘g‘risida notarius vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxo‘rlarni xabardor qiladi.
(230-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
231. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar notariuslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tegishli tartibda shahodatlantirilgan bo‘lishi lozim.
(231-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Merosxo‘r shaxsan o‘zi meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, uning imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxo‘rning shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qo‘yadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan bo‘lsa, merosxo‘rning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan bo‘lsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosxo‘rga esa arizani notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki davlat notarial idorasiga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
(231-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
(231-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(232-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Merosdan voz kechish merosxo‘r tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan bo‘lsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
233. Agar merosxo‘r vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan voz kechishga haqli.
(233-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Merosxo‘r ulushning ortishi huquqi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qat’i nazar, voz kechishga haqli.
Merosxo‘r merosdan voz kechganida vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasidan bo‘lmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini ko‘rsatishga haqli.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qo‘yib voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(234-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
235. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berishni so‘rab davlat notarial idorasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qo‘yiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
236. Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining vafot etgan kuni (zarurat bo‘lganda payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo‘lgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma to‘rt soat) ichida vafot etgan bo‘lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladilar. Bu holda ularning har biridan keyin alohida meros ishi ochiladi.
237. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.
Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
238. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qo‘riqlash va boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko‘rsatilgan muddat o‘tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
(238-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
239. Notarius qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish paytida meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joyi va vaqtini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi.
(239-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
240. Meros qoldiruvchining vafot etganligi va meros ochilgan vaqt meros qoldiruvchining o‘limi haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar bilan tasdiqlanadi.
241. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi hisoblanadi.
Merosning ochilish joyi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ma’lumotnomalari asosida tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi noma’lum bo‘lsa, meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, ko‘chmas mulk bo‘lmagan taqdirda esa, ko‘char mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi. Merosxo‘rlarda ushbu hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, notarius merosning ochilish joyini aniqlash to‘g‘risida sud hujjati nusxasini talab qiladi.
(241-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
242. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida bo‘lgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy bo‘yicha davlat notarial idorasiga murojaat etgan merosxo‘rlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan ko‘chmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma beradi.
(242-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga a’zo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida bo‘lgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan ko‘char mol-mulkka nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi bo‘yicha beriladi.
243. Meros tarkibi meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
244. Meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug‘ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
245. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan o‘tgan bo‘lsa ham u meros olishga chaqiriladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda bo‘lgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxo‘r deb hisoblanmaydilar.
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug‘ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Qonun bo‘yicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxo‘rlar bo‘lmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega bo‘ladi.
246. O‘zini meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan deb hisoblayotgan shaxs merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berilishini so‘rab murojaat etsa, notarius uni meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil meros qoldiruvchining qaramog‘ida turganligi, shuningdek meros ochilgan kunda mehnatga layoqatsiz ekanligini tekshirishi lozim.
Yoshi bo‘yicha qaramoqda bo‘lgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi bo‘yicha tekshiriladi.
247. Agar qonun bo‘yicha bir yoki bir nechta merosxo‘rlar ularni meros olishga chaqirish uchun asos bo‘ladigan qarindoshlik yoki boshqa munosabatlar isbotini keltirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishsa, bunda ular meros qabul qilgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan barcha merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) yozma roziligi bilan merosxo‘rlar tarkibiga kiritilishlari mumkin. Bu rozilik yozma ariza ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Merosxo‘rlar shaxsan o‘zlari meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxo‘rlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qo‘yadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tug‘ilgan yilini ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu ariza notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
(247-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
248. Notarius vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish paytida tegishli dalillarni talab qilib olish yo‘li bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning mavjudligini, merosning ochilgan vaqti va joyini, meros mol-mulkining tarkibi va u joylashgan joyini, merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi.
Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning bekor qilinmaganligi tekshiriladi. Vasiyatnomada uning bekor qilinmaganligi haqida belgi qo‘yilganligidan qat’i nazar, notariusda shubha tug‘ilgan taqdirda, vasiyatnomaning bekor qilinmaganligi qayta tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
249. Omonatni bank muassasalariga qo‘ygan omonatchi o‘zining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaxslarga berish yoki davlatga o‘tkazish haqida vasiyat qoldirgan bo‘lsa va bu omonat Fuqarolik kodeksining 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina o‘zining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.
Banklarda saqlanayotgan omonatga vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berishda Fuqarolik kodeksining 1142-moddasi qoidalari qo‘llaniladi.
250. Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, qonun bo‘yicha voris bo‘lganlarida ulardan har biriga tegishi lozim bo‘lgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
251. Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz bo‘lishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlarga vasiyatnoma bo‘yicha o‘tadi.
252. Agar vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar majburiy ulushga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini o‘n kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxo‘rlarning xohishi bo‘yicha) merosxo‘rlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini ko‘rsatib o‘tishi zarur bo‘lsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
(252-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
253. Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berishda merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati davlat notarial idorasida qoldiriladi.
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi o‘tadigan merosxo‘rga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa ko‘chmas mol-mulk kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasini talab qiladi, shuningdek ko‘chmas mulk joylashgan joyi bo‘yicha davlat notarial idora tomonidan ushbu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnomalar notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasidan va tegishli davlat notarial idorasidan olinadi.
(254-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
255. Agar meros tarkibiga kiradigan korxonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosxo‘rlari kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosxo‘rlarga tegishli bo‘lgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
256. Meros mol-mulki tarkibida avtomototransport vositalari mavjud bo‘lsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni tekshiradi va uning nusxasini meros ishiga tikib qo‘yadi. Ushbu avtomototransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshirish Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 253-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
(256-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
257. Agar meros mulki tarkibiga ov miltig‘i kirsa, bunda notarius ichki ishlar organlari tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxo‘rdan talab qiladi.
258. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli bo‘lgan aksiyalar kiradi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi tegishli depozitariylardan olingan depo hisobvarag‘ining ko‘chirmasiga asosan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qog‘ozlar turi sifatida aksiyalar balki to‘liq shirkat, kommandit shirkat, qo‘shimcha mas’uliyatli yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi a’zosining (ishtirokchi, hissa qo‘shuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (a’zoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning ta’sis hujjatlari yoki bu haqda merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxo‘rlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, notarius ko‘rsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda ko‘mak berishi lozim. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi. Merosxo‘rlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan keyin ularga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
(258-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
259. Fermer xo‘jaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot qilgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
260. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qog‘ozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxo‘rlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qog‘ozlarga nisbatan esa tashkilotning qimmatli qog‘ozlarining maxsus reyestr yurituvchisi — depozitariyning ma’lumotnomasini talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu ma’lumotnoma tegishli depozitariydan idoralararo so‘rov orqali olinadi. Omonat daftarchalari nusxalari va ma’lumotnomalar meros ishiga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
(260-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
261. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish to‘xtatib turiladi.
262. Ko‘chmas mulk bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada, u joylashgan manzil bo‘yicha “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasida, avtomototransport vositalariga nisbatan esa DYHXX organlarida o‘n kun muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozimligi matnda ko‘rsatiladi hamda notarius tomonidan tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
263. Merosxo‘rlarning xohishiga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning hammasiga bitta beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
264. Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxo‘rlarning doimiy propiska qilingan manzili bo‘yicha vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
(264-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
265. Ma’lum meros mulkiga yoki meros mulkining ma’lum bir qismi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganda, kelgusida avvalgi guvohnomada ko‘rsatilmagan boshqa meros mulklariga yoki meros mulkining ma’lum bir qismi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi qo‘shimcha guvohnomalar beriladi.
266. Boshqa mulkka qo‘shimcha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish holatida ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxo‘rlar kelganida, ular ham meros qabul qilgan merosxo‘rlarning yozma ravishdagi roziligi bilan qo‘shimcha mulk bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga kiritilishlari mumkin.
267. Ba’zi bir merosxo‘rlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori ko‘rsatiladi.
268. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat bo‘lgan hollarda, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosxo‘rlarning talabiga va ularning kelishuviga ko‘ra o‘zlariga tegishli ulushlariga muvofiq notarius ular o‘rtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini bo‘lish sud tartibida amalga oshiriladi.
merosni qabul qilib olish to‘g‘risidagi, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalarni berish hamda meros mulki hisobiga xarajatlarni to‘lash to‘g‘risidagi farmoyishlar;
meros mol-mulkini qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi arizalar (shu mulkni saqlash uchun qabul qilingan choralar).
Qayd etilgan arizalar asosida vafot etgan shaxsning nomiga meros ishi ochiladi. Shundan keyingi barcha arizalar (qo‘shimcha arizalar, boshqa merosxo‘rlar va kreditorlardan olingan arizalar) ham meros ishlarini hisobga olish kitobida qayd etiladi. Barcha arizalarda ular olingan vaqt va meros ishining raqami ko‘rsatiladi.
Meros ishiga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma va unga taalluqli barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi.
271. Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi.
Uy-joyga (uy-joyning bir qismiga), kvartiraga, dala hovliga, bog‘ hovliga, garajga, shuningdek boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma shu mol-mulklar joylashgan yerdagi notarius tomonidan beriladi.
272. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
273. Ulushiga guvohnoma berilayotgan mulkning tarkibiga ko‘chmas mulk, avtomototransport vositalari va maxsus hisobda turadigan (ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan) boshqa mulk kirgan taqdirda, notarius ushbu mulk er-xotinning umumiy mulki ekanligini tekshiradi.
Ko‘chmas mulkka va (yoki) avtomototransport vositalariga mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani berish paytida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi va (yoki) transport vositasining qayd etish guvohnomasi talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
274. Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berganligi haqida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga yozib qo‘yadi.
275. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga ko‘ra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar bu xususda xabardor qilinadi.
Xabarnomada er-xotinning ulushiga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berilishi so‘ralayotgan umumiy mulk ko‘rsatiladi, mazkur shaxsning mulk talab qilishi boshqa merosxo‘r tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxo‘rlar notarial idoraga kelganlarida esa notarius ularni o‘z hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi. Boshqa merosxo‘rlar o‘z hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning arizasiga rozi bo‘lsalar, bu haqda shu arizaga imzo qo‘yadilar.
(275-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarning yozma arizasiga ko‘ra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
276. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma matnida mol-mulkning to‘liq tavsifi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
277. Merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlar orasida voyaga yetmaganlar bo‘lgan taqdirda, vafot etgan shaxsning eri yoki xotiniga umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma voyaga yetmaganlarning doimiy propiska qilingan manzili bo‘yicha vasiylik va homiylik organining yozma roziligi bilan beriladi.
(277-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
278. Er yoki xotinga ularning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani berish paytida ulardan birining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirma, uning vafot etgan shaxs bilan nikohda bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat, er-xotin mulkni nikoh davomida orttirilganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
279. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga, avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasida, DYHXX organlarida ro‘yxatga olinishi haqida yozib qo‘yadi va tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
280. Qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa ko‘chmas mulk sotib olish yoki qayta ta’mirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini ta’minlash uchun ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur ko‘chmas mulk joylashgan hududdagi notarius ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq qo‘yadi va bu haqda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasiga xabarnoma yuboradi. Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qo‘yilganligi haqida belgi qo‘yiladi va taqiqlar hisobini olib borilishi belgilangan davlat notarial idorasiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) ma’lumot yuboriladi.
Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari bo‘lsa, Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) muvofiq ularga notarius tomonidan garov shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qo‘yiladi va bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qo‘yilib, u ro‘yxatda turgan tegishli DYHXX organiga hamda taqiqlar hisobini olib borilishi belgilangan davlat notarial idorasiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) ma’lumot yuboriladi.
(280-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
281. Taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatini kechiktirish sharti bilan ko‘chmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda, to‘lov to‘liq amalga oshirilgunga qadar bitimlarda ko‘rsatilgan mulkka tegishli tartibda taqiq qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(282-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
283. Davlat notarial idorasi ipoteka shartnomasi bo‘yicha ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi to‘g‘risida ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
284. Sud, tergov, prokuratura organlari, sud ijrochilari va notariuslar tomonidan ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi to‘g‘risidagi xabarlar taqiqlar va xatlovlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi. Ushbu xabarlar alifbo kitobiga ham yozib qo‘yiladi.
(284-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
285. Notariuslar banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoxud garov (ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi xabarni olganlaridan so‘ng ko‘chmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaxsga o‘tkazilishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaydilar.
(285-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Taqiq olib tashlanganligi haqida tegishli idoralarga xabar qilinadi, bu haqda alifbo kitobiga yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarius sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochisining taqiq va xatlovni olib tashlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan xabarnomalarini olgandan keyin bu haqda taqiqlar va xatlovlarni ro‘yxatga olish kitobiga va alifbo kitobiga yozib qo‘yadi.
(285-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
286. Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini ushbu hujjatlar qonunga zid bo‘lmagan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hamda ularning nusxalari va ulardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan hollardagina shahodatlaydi.
287. Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
288. Matni noaniq bo‘lgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha so‘zlar yozilgan, hujjatga doir ma’lumotlar to‘liq yozilmagan hamda nazarda tutilmagan boshqa o‘zgartirishlar qilingan, lekin tegishli tartibda izoh berilmagan hujjatlarning nusxalari shahodatlanmaydi.
289. Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.
290. Hujjat nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
291. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki ko‘chirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
293. Notarius mazmuni qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.
294. Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qo‘yilganligini tasdiqlaydi.
295. Jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra o‘z qo‘li bilan imzo qo‘ya olmaydigan shaxs uchun imzo qo‘ygan shaxsning imzosini shahodatlash paytida notarius imzo qo‘ygan shaxsning va imzo qo‘yishni iltimos qilgan shaxsning ham shaxsini aniqlaydi, ularning muomala layoqatini tekshiradi.
296. Tegishli davlat tashkilotlaridagina qayd etiladigan holatlar tasdiqlangan (masalan, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, o‘lim haqidagi guvohnoma) hujjatdagi imzoning haqiqiyligi notarius tomonidan shahodatlantirilishi mumkin emas. Bunday hujjatdagi imzoning haqiqiyligi, agar bu hujjat chet el davlati sudiga yoki boshqa idoralariga taqdim etish uchun mo‘ljallangan holdagina shahodatlantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
297. Yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) hissa qo‘shgan yuridik shaxsning ta’sis hujjatidagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda, ularning ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida kiritilayotgan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulkning tegishliligini tasdiqlovchi hujjat yoki ustav fondiga (kapitaliga) hissa qo‘shgan yuridik shaxsning ta’sis hujjati, vakil orqali rasmiylashtirilgan hollarda esa uning vakolati tekshiriladi va bu haqda notariusning tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yiladi.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, rezident yuridik shaxsning ta’sis hujjati tegishli yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan tashkilotdan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(297-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
298. Banklarga taqdim qilinadigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs, ularning vakolatxona va filiallari mansabdor shaxslarining imzolari namunalarini shahodatlashda notariuslar ushbu shaxslarning imzosi haqiqiyligini va imzo qo‘yish huquqi vakolatini tekshiradi. Bunda imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar bankda ochiladigan har bir hisob raqami uchun alohida uch nusxada (bir nusxasi davlat notarial idorasida qoladi) bitta fotosurat bilan taqdim qilinadi. Qayd etib o‘tilgan shaxslarning imzo qo‘yish huquqi vakolatining tasdig‘i sifatida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslar uchun (vakolatxona va filiallar bundan mustasno):
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
b) tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslarning, shuningdek norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari uchun:
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi hujjati;
vakolatxona yoki filial rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
vakolatxona yoki filial rahbarining akkreditatsiya kartochkasi, agar ushbu vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish norezident yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi;
vakolatxona yoki filial davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganlar uchun) yoki vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida sertifikat (xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilganlar uchun);
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki savdo reyestridan ko‘chirma);
Norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallariga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim;
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan norezident yuridik shaxsning shartnomasi yoki norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnomasi, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma;
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida hujjat;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
g) chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hamda iqtisodiy va texnik hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari uchun:
chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, iqtisodiy va texnik hamkorlik yoki muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari boshliqlarining akkreditatsiya kartochkasi;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi.
(298-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2981. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda bitta bankda bitta hisob raqami ochish uchun taqdim etiladigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalari uchun bitta reyestr raqami beriladi.
(2981-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2982-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
299. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs mansabdor shaxsining imzosi haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.
(299-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
300. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
301. Tarjima notariusga ma’lum bo‘lgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus ma’lumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
302. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning to‘g‘riligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga ko‘ra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan bo‘lsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, ya’ni ikkala matn tik chiziq bilan bo‘lingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa o‘ng tomonda bo‘lishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qo‘yiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga o‘zlarining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda imzo qo‘yadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qo‘yiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
303. Notarial harakat bajarilayotganda ayni vaqtda hujjatning tarjimasi ham qilinadigan bo‘lsa, u holda notariusning tasdiqlovchi yozuvida ikkita notarial harakat amalga oshirilayotganligi ko‘rsatiladi. Bunda, davlat boji ikkita notarial harakat uchun undiriladi.
(303-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
304. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
305. Notarius murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.
307. Notarius murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
308. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan o‘zi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdig‘i sifatida guvohnoma beradi.
309. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qo‘yilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qo‘yilishi kerak.
311. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaxsning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
312. Notariusga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq bo‘lsa, varaqlari raqamlanib, ip o‘tkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yo‘q bo‘lsa, notarius hujjatdan nusxa olib, uni notarial idoraning yig‘majildlariga tikib qo‘yadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
Oldingi tahrirga qarang.
313. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji olinadi.
(313-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
314. Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga olganligi haqida imzosi qo‘yilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalarni uzatish uchun texnik vositalardan foydalanishga ketgan xarajatlarni notarial harakatni amalga oshirishni so‘ragan shaxs to‘laydi.
315. Notarius notarial harakatlar bilan bog‘liq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi bo‘yicha qarzdorga arizani topshirish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga arizani topshirish va hokazo) bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham topshirishi mumkin.
316. Arizalar notarial idoraga kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini ma’lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo‘yilib topshiriladi. Ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv xati bilan yuboriladi. Kuzatuv xatining davlat notarial idorasida qoladigan nusxasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan reyestrning raqami ko‘rsatiladi va davlat boji to‘langanligi yozib qo‘yiladi.
(316-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
317. Ariza bergan shaxsning iltimosiga ko‘ra unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
318. Guvohnomada arizaning mazmuni ko‘rsatilishi lozim. Arizalar va guvohnomalar berilganligi haqida reyestrga yozib qo‘yiladi.
319. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.
321. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor o‘zi to‘lashi lozim bo‘lgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni notariusning depozitiga qo‘yishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin bo‘lmasa:
majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs bo‘lmasa;
majburiyat bo‘yicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yo‘qligi ko‘rinib turgan bo‘lsa, xususan, bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar o‘rtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
kreditorning ijroni qabul qilishdan bo‘yin tovlashi yoki u tomonidan boshqacha yo‘l bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
322. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni notariusning depozitiga qo‘yish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
323. Qonunning 74-moddasiga asosan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi notarius tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo‘yicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan boshqa majburiyatlari bo‘yicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lsa;
pul majburiyati bo‘yicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini yoki joylashgan yerini o‘zgartirgan bo‘lsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo‘lsa, ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa, uning joylashgan yerida.
Oldingi tahrirga qarang.
324. Notariuslar pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni hududiy adliya boshqarmasi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
(324-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
325. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy majlisning o‘tkazilishi haqida hamma ta’sischilar yoki barcha aksiyadorlarga yuborilgan xabarnomalar reyestri;
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (ta’sischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo so‘rov orqali olinadi.
(325-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
326. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar, qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
barcha kreditorlarga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida yuborilgan xabarnomalar va (yoki) kreditorlar tomonidan qabul qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
327. Notarius mazkur Yo‘riqnomaning 325 va 326-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
328. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
329. Arizalar ikki nusxada taqdim etiladi va bu haqda alohida yuritiladigan reyestr kitobiga har bir kreditor bo‘yicha alohida yozuv kiritiladi.
330. Pul summalari bo‘yicha qabul qilingan arizaning orqa tomoniga notarius pul summalarining qabul qilinganligi haqida tasdiqlovchi yozuvni yozadi.
Depozitga qimmatli qog‘ozlar qabul qilinganda arizaning orqa tomoniga qimmatli qog‘ozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
331. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilishda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(331-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
332. Notarius pul summalari va qimmatli qog‘ozlar olinganligi to‘g‘risida kreditorni xabardor qiladi.
Qarzdor kreditorning manzilini ko‘rsatmasa va bu manzil notariusga ma’lum bo‘lmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning o‘ziga yuklatilishi to‘g‘risida notarius ogohlantiradi.
333. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
334. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlar davlat notarial idorasiga pochta orqali yoki kredit tashkilotidan kelgan taqdirda, tushgan summadan tegishli davlat boji ushlab qolinganidan keyin qolgan summa depozitga qabul qilinadi.
(334-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
335. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida notariusning xabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Vakil orqali murojaat qilinganda esa vakilning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
336. Notarius kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya boshqarmasiga kreditorlarning ro‘yxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni topshirish haqida xat yuboradi.
(336-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
337. Hududiy adliya boshqarmasi notariusning xati asosida pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka to‘lov topshiriqnomasini yuboradi. To‘lov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar beriladi.
(337-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
338. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga to‘lov kimning foydasiga amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
339. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar hududiy adliya boshqarmalarining mulki hisoblanmaydi.
(339-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
340. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim bo‘lgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar o‘tgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
341. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
343. Ijro xati olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.
344. Ijro xati yozish mumkin bo‘lgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, lavozimi, ijro xatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi;
(345-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(345-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(345-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
undirib olinishi kerak bo‘lgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak bo‘lgan narsalar, shu jumladan, to‘lanishi kerak bo‘lgan penya va foizlar;
undirib oluvchi to‘lagan yoki qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat boji yoki tarif summalari;
346. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy bo‘lmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qo‘shib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
347. Bir xil shakldagi hujjatlar bo‘yicha (masalan, bank qarzlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lanadigan majburiy badallar va kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida davlat notarial idorasida qarzdorlarning ro‘yxatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning to‘liq nomi va manzili, to‘lov muddatlari, ijro yozuvi bo‘yicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
(347-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
34-§. Vekselni protest qilish. Chekni to‘lovga taqdim etish va chekning to‘lanmaganligini tasdiqlash
348. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan bo‘lib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining (o‘tkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini to‘lash haqidagi hech qanday shart bilan bog‘lanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel bo‘yicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
349. Notarius puli to‘lanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi ko‘rsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
350. To‘lanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel bo‘yicha to‘lash vaqti o‘tgan kunning ertasiga topshiriladi.
351. Veksellarga to‘lanmaganlik to‘g‘risidagi protest notariuslar tomonidan to‘lovchining turar joyi bo‘yicha yoki to‘lov joyi bo‘yicha (domitsillashtirilgan veksellar, ya’ni to‘lash uchun uchinchi shaxsning qo‘lida bo‘lgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi ko‘rsatilmagan aksept veksellarga protest esa to‘lovchi joyi bo‘yicha solinadi.
352. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda to‘lovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni to‘lovchi shaxs) vekselni to‘lash yoki vekselni akseptlash to‘g‘risidagi talabni qo‘yadi.
Agar to‘lovchi (domitsiliant) vekselni to‘lagan taqdirda notarius unga protest qo‘ymay, vekselni uni to‘lagan shaxsga qaytaradi, vekselning o‘ziga to‘lov va belgilangan forma bo‘yicha tegishli boshqa summalar olinganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi.
Agar to‘lovchi o‘tkaziladigan vekselga aksept to‘g‘risida belgi qo‘ydirgan bo‘lsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.
353. To‘lovchi (domitsiliant) vekselni to‘lash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoxud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel to‘lanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi va reyestrda tegishli yozuvni amalga oshiradi, shuningdek vekselning o‘ziga u to‘lanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qo‘yadi.
354. To‘lovchining qayerdaligi noma’lum bo‘lgan taqdirda vekselga to‘lov yoki aksept to‘g‘risidagi talab qo‘yilmagan holda protest solinadi, ya’ni protest to‘g‘risidagi dalolatnomaga va reyestrga tegishli belgi qo‘yiladi.
356. To‘lovchining turar joyidagi notarius to‘lovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Chek to‘lanmagan taqdirda notarius chekning to‘lanmaganligini unga yozib qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank to‘lamaganligi va bu xususda chekka yozib qo‘yilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Ro‘yxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.
358. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
359. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) ro‘yxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga ko‘ra qaytariladi.
360. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni ta’minlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u to‘xtab turgan joyda sodir bo‘lgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qo‘yish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa to‘g‘risidagi arizasini qabul qiladi.
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning o‘ziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini ta’minlash yuzasidan ko‘rgan chora-tadbirlari bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Dengiz protesti to‘g‘risidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdig‘i sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, u yuz berganidan so‘ng yetti kundan kechiktirmay notariusga ko‘zdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmani taqdim etishi shart.
361. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan bo‘lsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida berilishi kerak.
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada ko‘rsatilishi kerak.
362. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi ma’lumotlar, shuningdek kapitanning o‘zi hamda kema qo‘mondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni so‘roq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni o‘z imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan ko‘chirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa notarial idorada qoldiriladi.
363. Notarius O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el huquqi normalarini qo‘llaydi.
Notarius O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
364. Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning O‘zbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qo‘riqlash yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni qo‘riqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga bo‘lgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bog‘liq harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
365. Notarius O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomalar, shu jumladan, meros mulkini qo‘riqlash to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan shartnoma tuzgan chet el davlatining fuqarosi vafot etganligi to‘g‘risida xabar olgandan keyin (vafot etgan shaxsning mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasiga amal qilgan holda ana shu meros mol-mulkni qo‘riqlash yuzasidan zarur choralarni ko‘radi. Notarius meros mol-mulkning miqdori va qiymatini belgilaydi, merosxo‘rlar doirasini aniqlaydi, vasiyatnoma bor yoki yo‘qligini tekshiradi, vafot etgan fuqaro davlatining diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga bu haqda zudlik bilan xabar qiladi.
(365-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
366. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mulk to‘g‘risida ish yuritish vafot etgan shaxs fuqarosi bo‘lgan chet el davlati muassasalarining vazifasiga kiritilgan bo‘lsa, meros qilib qoldirilgan ko‘char mol-mulkni notariuslar ana shu davlatning diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarining talablariga muvofiq ularga topshirishlari mumkin.
(366-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
367. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlati qonunida ko‘zda tutilgan shakl bo‘yicha tuzilgan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi vafot etgandan keyin uni ochish va e’lon qilish uchun davlat notarial idorasiga taqdim etilgan taqdirda notarius vasiyatnomaning mazmunini e’lon qiladi, vasiyatnomaning holati va mazmuni to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada vasiyatnoma tuzilgan kun, taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning muhrlangan yoki ochiq holda taqdim etilganligi, unda o‘chirilgan joylar, tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar bo‘lganligi yoki yo‘qligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bayonnoma notarius va vasiyatnomani taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ana shu shaxslar tomonidan vasiyatnomaning har bir varag‘iga imzo qo‘yiladi. Agar vasiyatnoma notariusda muhrlangan holda saqlanib kelgan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan barcha harakatlarni notariusning bir o‘zi bajaradi.
(367-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
368. Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
Bunday hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
369. O‘zbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risida chet el adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
(369-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
topshiriqni bajarish O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo‘lsa yoki davlat xavfsizligiga tahdid solsa;
Oldingi tahrirga qarang.
370. Chet el adliya organlarining ayrim notarial harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlar bilan chet el adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.
(370-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
371. O‘zbekiston Respublikasi notarial idoralarining chet el adliya organlari bilan o‘zaro aloqalari tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Notarial idoralarning chet el konsullik va diplomatik vakolatxonalari bilan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
372. Notariuslar chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan chet davlatlar organlarini ta’minlaydilar.
(372-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Dalillar bilan ta’minlash harakatlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
373. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida notarial harakatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish paytida xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
374. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.