Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2018
 LexUZ sharhi
Shu munosabat bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
2. JPK 498-moddasiga muvofiq kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 499-moddasi hamda 479-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
4. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun biron bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 500-moddasi mazmuniga ko‘ra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng berilgan shikoyat (protest), basharti unda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlar (mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini ko‘paytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirilishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qo‘shilgan holda hisoblanishi kerak.
Agar shikoyat (protest)ning mazmuni JPK 4977-moddasi talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan ko‘rishga to‘sqinlik qilsa, sudya o‘zining ajrimi bilan kassatsiya shikoyati (protesti)ni uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday hollarda shikoyat (protest)ni qayta rasmiylashtirish uchun JPK 502-moddasida belgilangan doirada muddat belgilanadi.
6. JPK 503-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs o‘z shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi lavozimi bo‘yicha yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 502-moddasi talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining ta’minlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash paytida:
10. JPK 480-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra kassatsiya instansiyasi sudi mazkur instansiyada qatnashish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorni har bir ish bo‘yicha oldindan xabardor etish choralarini ko‘rishi shart.
Ayni paytda, qonunga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart bo‘lib, bunday holda JPK 25-moddasining birinchi qismi, 51-moddasi birinchi qismining 6-bandi va ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham ta’minlanishi shart (JPK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishning muhokamasi, JPK 506-moddasida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.
JPK 481-moddasiga muvofiq qo‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berish yo‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini faqat shaxs sudlangan yoki oqlangan ayblov doirasida ko‘rib chiqadi. Biroq, shikoyat (protest) kim tomonidan berilganligidan qat’i nazar, JPK 494-moddasiga muvofiq, sud ishni yangidan sudda ko‘rishga yubormay yoki qayta tergov yuritish uchun qaytarmay turib, o‘z qarori bilan jazoni kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga haqli emas.
18. JPK 482-moddasiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini to‘la hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
20. Kassatsiya instansiyasi, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni o‘zgarishsiz qoldiradi.
JPK 533-moddasi birinchi qismi uchinchi bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, hukm ijrosini kechiktirishga;
21. JPK 484-moddasida hukm bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan bo‘lib, kassatsiya instansiyasi sudi ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin.
ish bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksi normalari buzilgan bo‘lib, biroq ularning kassatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmning o‘zgartirilishini taqozo etsa;
sud tomonidan Jinoyat kodeksi normalari noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, biroq kassatsiya instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini og‘irlashtirmay turib tuzatishi mumkin bo‘lsa;
qilmishni Jinoyat kodeksining boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga, agar bu mahkumga hukmda bayon qilinganidan jiddiy farq qiladigan ayblov qo‘yilishiga yoki unga og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa;
JK 70—72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda — mahkumni jazodan ozod qilishga yoki shartli hukm qo‘llashga;
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yoki shu Kodeks 57-moddasini qo‘llagan holda jazo miqdorini kamaytirishga yoki boshqa yengilroq jazo (asosiy va qo‘shimcha) tayinlashga;
23. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qo‘llanilganda ham, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning qo‘shimcha jazo tayinlash haqidagi qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
24. JPK 494-moddasi birinchi qismi talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini Jinoyat kodeksining bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, kassatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas.
Agar Jinoyat kodeksining bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart bo‘lgan ikki yoki undan ortiq qilmish Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni yengilroq jinoyat to‘g‘risidagi moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, uning sanksiyasi doirasida birinchi instansiya sudi tomonidan mazkur modda bo‘yicha tayinlangan jazodan og‘irroq, biroq uzil-kesil tayinlangan jazo miqdoridan ko‘p bo‘lmagan jazo belgilashga haqli.
25. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasining uchinchi qismi) noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi jazolarni qo‘shish prinsipiga o‘tishi mumkin. Bunda yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Agar mahkum Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan bo‘lib, ulardan har birini alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini bekor qilib, ishning shu qismini yangidan ko‘rishga yuborishi yoki qo‘shimcha tergovga qaytarishi, ayni paytda, o‘sha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
27. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm so‘zsiz bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 487-moddasida ko‘rsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga ko‘ra ko‘rilayotganligidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan ayblov hukmini bekor qilishi shart.
30. JPK 494-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, hukm kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli bekor qilishga haqli emas.
JPK 83, 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni to‘liq hajmda yoki mustaqil kvalifikatsiya qilingan ayblov qismi bo‘yicha tugatishga;
JPK 484-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ishni yangidan sudda ko‘rishga yuborishga;
JPK 419-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarishga.
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
35. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi JPK 496-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi, jumladan, unda kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
36. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning e’tiborini bunga jalb etishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”