Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
“O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qabul qilingan Qonun bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosining kiritilishi bu huquq himoyasining real kafolati bo‘ldi.
Mazkur Qonunning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Qonunda umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi ikkinchi qismi) va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan terrorizm (JK 155-moddasi uchinchi qismi) sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 50-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan yigirma yildan ortiq, biroq yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadigan uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosining bir ko‘rinishi bo‘lib, u faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan terrorizm sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
jinoyatlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi to‘rtinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;
jinoyatlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 59-moddasi beshinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
Agar jinoyatlar majmuiga kiruvchi JK 97-moddasi ikkinchi qismi yoki 155-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlardan birortasi bo‘yicha ham uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmagan bo‘lsa, uzil-kesil jazo jazolar to‘la yoki qisman qo‘shilganda ham, yengilroq jazo og‘irrog‘i bilan qoplangan holda ham ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati yigirma yildan oshmasligi kerak.
hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 60-moddasi uchinchi qismi qoidasiga muvofiq yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali tayinlanadi;
hukmlardan hech bo‘lmaganda bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda uzil-kesil jazo JK 60-moddasi to‘rtinchi qismi qoidasiga muvofiq jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali, biroq yigirma besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tayinlanadi.
8. JK 64-moddasi oltinchi qismiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlikka tortish muddatlarini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanadi.
Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, qonunga ko‘ra (JK 64-moddasi yettinchi qismi, 69-moddasi oltinchi qismi), javobgarlikka tortish muddati, shuningdek jazoni ijro etish muddati tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuning uchun ham sud terrorizm jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan, jinoyat sodir etilgan vaqtdan qat’i nazar, umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashga haqli.
9. Hukm e’lon qilingandan so‘ng raislik etuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumga JPK 473-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan afv to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi va muddatlarini tushuntirishi shart bo‘lib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
11. JK 50-moddasiga muvofiq umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkumlar jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘lim jazosiga mahkum etilgan shaxsga nisbatan 2008-yil 1-yanvarga qadar ijro etilmagan hukm JK 13-moddasi talabiga muvofiq qonunda belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi shart.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”