Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
3. Sudlar ekspertiza tayinlash va o‘tkazish masalasini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 1997-yil 19-fevraldagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasi o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1994-yil 21-iyuldagi 336-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Takroriy, komissiyaviy va kompleks sud-tibbiy ekspertizasi bo‘yicha ish yuritish qoidalari”ga, 2006-yil 19-sentabrda tasdiqlangan “X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini tayinlash, tadqiqot uchun yo‘llanadigan materiallarni tayyorlash va rasmiylashtirish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlar FPK 58-moddasiga ko‘ra, ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimidagi sud ekspertiza muassasalari, shuningdek, boshqa organlar tomonidan o‘tkazilishini nazarda tutishlari lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarning e’tibori FPK 58-moddasiga muvofiq ekspertiza tadqiqotlari qonunda belgilangan tartibda ekspert etib tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish holatlari bo‘yicha shaxsning ma’lum harakatni sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini aniqlash lozim bo‘lgan barcha hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim, masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni ko‘rishda bitim tuzilgan vaqtda shaxs o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi (FK 121-moddasi), shuningdek protsessual qonunda ekspertiza tayinlash nazarda tutilgan hollarda, xususan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi (FPK 312-moddasi) va sog‘ligining sezilarli darajada yaxshilanganligi yoki sog‘ayganligi sababli uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar bo‘yicha (FPK 315-moddasi).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlarni ekspert ixtiyoriga yuborish mumkin bo‘lmagan hollarda (uy, katta hajmdagi predmetlar va boshqalar) sudlar FPK 239-moddasi talabiga muvofiq, obyektlarni joyida ko‘zdan kechirish va tekshirishni tashkil etishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sudlarning e’tibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda sudlar FPK 135-moddasi talablariga muvofiq ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash masalasi hal etilishi lozimligiga qaratilsin. Agar ekspertiza o‘tkazish haqidagi iltimosnomani har ikkala taraf kiritsa yoki sud o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlagan hollarda ekspertiza o‘tkazish haqidagi ajrimda xarajatlar taraflar o‘rtasida teng taqsimlanganligini ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda, ekspertiza o‘tkazish xarajatlari sud ajrimida ekspertiza o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritgan taraf zimmasiga yuklatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga FPK 59-moddasining ikkinchi qismi mazmunidan kelib chiqqan holda ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch. hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. FPK 96-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi FPK 98-moddasiga ko‘ra, ekspert xulosasi yetarlicha tushunarli bo‘lmaganda sud ekspertni chaqirish yo‘li bilan xulosasini og‘zaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega va bu sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, o‘qib beriladi hamda ekspert tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. FPK 80-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emasligini hisobga olgan holda, sudlar ekspert xulosasi boshqa dalillar qatorida ishning hamma holatlarini jamlagan holda har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan sudyalarning ichki ishonchiga ko‘ra baholanishi lozimligini nazarda tutishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”