Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

ILOVA
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar

II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar

1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish

2-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish

3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ro‘yxati

4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati

5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash

6-§. Kasbiy tanlov

7-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish

8-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari

9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar

10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar

11-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar

12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar

13-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qo‘yiladigan talablar

14-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar

III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik talablari

2-§. Sirka kislotasi ishlab chiqarishning qisqacha tavsifi

3-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari

4-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik o‘chishini ta’minlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari

5-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish usullari

6-§. Maxsus talablar

7-§. Korroziyadan himoyalash

IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar

1-§. Umumiy talablar

2-§. Ishlab chiqarish uskunasini joylashtirishdagi xavfsizlik talablari

3-§. Nasoslar

4-§.Ustunli apparatlar (oksidlovchi ustun, rektifikatsion ustun)

5-§. Reaktorlar

6-§. Rezervuarlar

7-§. Quvurlar

8-§. Laboratoriyada tez alangalanuvchi suyuqliklar bilan ishlash

9-§. Saqlash

10-§. Sirka kislotasini qadoqlash, tamg‘alash va transportda tashish

V. Ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari

1-§.Ta’mirlash ishlarini tashkil etishda xavfsizlik talablari

2-§.Uskuna va moslamani ta’mirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi

VI.Mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalarni buzganligi uchun javobgarlik

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
32. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari to‘plami bo‘lmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
35. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
37. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
38. Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”