Yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlar matnlaridan keng foydalanishini ta’minlash, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda huquqiy axborotlarni aholi e’tiboriga yetkazish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari matnlarini qamrab olgan va keng foydalanish uchun Internet tarmog‘ida joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish ishlari tugallanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari:
tegishli organlarni, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlarning har haftada olinishi hamda rahbarlar, xodimlar va boshqa manfaatdor shaxslarga yetkazilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilagan holda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga ulash;
o‘z xodimlarining huquqiy savodxonligini hamda yangidan qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida xabardor bo‘lishi uchun mas’uliyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini ta’minlasin;
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini o‘z vaqtida va sifatli yangilash, shuningdek Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga ulanish va undan foydalanish tartibini tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsin;
har haftada oldingi haftada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini, shuningdek ularga qisqacha izohlarni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida hamda O‘zbekiston Respublikasining Internet tarmog‘idagi Hukumat portalida e’lon qilib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)