Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini yanada chuqurlashtirish, birja va yarmarka savdolarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi rolini oshirish, shuningdek mahalliy xomashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi import qilinayotgan mahsulotlar hajmlari va turlarini, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni chuqur tahlil qilish, shuningdek tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli o‘rganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yo‘nalishlari hamda aniq ro‘yxatlari bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida respublika tarmoqlari va mintaqalari bo‘yicha mamlakatimiz korxonalarida mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishni amalga oshiradi, Mahalliylashtirish dasturini shakllantiradi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoringni ta’minlaydi;
Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni Hukumat qarori bilan tashkil etiladigan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya bajaradi.
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasiga aylantirilsin.
Ilgari Ijro etuvchi organga Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha yuklangan funksiyalar bilan birga quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalarini hamda ularning doirasida — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari yarmarkalarini o‘tkazishni tashkillashtirish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PQ-1949-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 200-modda)
har yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini ularning ishida qatnashadigan mamlakatimiz korxonalarini hamda ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shu jumladan mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni, jumladan xorijiy foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan axborot resurslari orqali keng reklama qilishni tashkil etish;
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga potensial xorijiy subyektlarni jalb etishni kengaytirish ishlarini tizimli asosda olib borish;
birja va yarmarkalarda xorijiy sheriklar bilan eksport-import bitishuvlarini kengaytirish, mahsulotlar eksporti bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo bitimlardan asta-sekin chekinish yo‘li bilan mamlakatimiz tovarlari va xizmatlarini eksport qilishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini kuchaytirish tadbirlarini amalga oshirish, birja va yarmarka savdolari maydonlarida tuziladigan eksport kontraktlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni tahlil qilish hamda tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning, shu jumladan mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish, O‘zbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining har yili yangilab boriladigan katalogini elektron va qog‘ozli formatda nashr etish.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasining xodimlarning cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 15 nafardan iborat bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
2010-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyatining ikkita pavilonini rekonstruksiya qilsin, umumiy ko‘rgazma maydonini 14,5 ming kvadrat metrgacha yetkazsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, beg‘araz texnik ko‘makni (grantlarni) jalb etishga doir har bir loyiha bo‘yicha mukofotlarning aniq miqdorlari va mukofotlanadigan mansabdor shaxslarning ro‘yxati tegishli tuzilmalar taqdimiga ko‘ra Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko‘maklashish agentligi — “O‘zinfoinvest”ni tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 11-apreldagi 67-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1-ilova;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga grantli beg‘araz texnik ko‘makni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini (keyingi o‘rinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) tuzish, tasdiqlash va amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek ushbu jarayonda uning asosiy qatnashchilari — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Mazkur bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashabbus ko‘rsatgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
import qilinadigan mahsulotlarning hajmi, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni tizimli o‘rganish asosida ishlab chiqilgan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan joylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, xizmatlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyalashtirish darajasini va raqobat muhiti rivojlanishini, tovarlar (xizmatlar)ning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va narx omilini hisobga olgan holda tovarlar (xizmatlar) bilan ichki bozorning to‘ldirilganligini baholashdan kelib chiqib Davlat raqobat qo‘mitasining takliflari asosida tuziladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini o‘zlashtirish loyihalarini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mahalliylashtirish dasturiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) xulosalari asosida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Mazkur bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mahalliylashtirish dasturini tuzish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Maxsus komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Uning xodimlaridan kotib boshchilik qiladigan Maxsus komissiya Kotibiyati tuziladi.
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
6. Mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritish, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror:
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan — Maxsus komissiya tomonidan, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini pasaytirish bundan mustasno;
Maxsus komissiyaning takliflari bo‘yicha mahalliylashtirish loyihalari parametrlari va ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan -Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish ishlab chiqarish quvvatlari doirasida Maxsus Idoralararo komissiya va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilmagan holda loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
7. Mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash va uni amalga oshirishning sifatli monitoringini tashkil etish maqsadida:
a) loyihalarning tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar:
tashabbus ko‘rsatilayotgan mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlaydilar hamda mahalliylashtirish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun hujjatlarni belgilangan tartibda Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etadilar;
Xalqaro sanoat yarmarkasida va Kooperatsiya birjasida sanoat kooperatsiyasi doirasida yarmarka va birjada tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) asosida ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilayotgan yangidan o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirish nazarda tutilayotgan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar yangi turlarining taqdimotini o‘tkazadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqariladigan mahsulotning mamlakatimizdagi potensial xaridorlarini va xorijiy xaridorlarni hamkorlikka jalb qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga buyurtmachilarni faollik bilan izlaydilar, hamkorlikni rivojlantirish shartlarini muhokama qiladilar va shartnoma bilan rasmiylashtirish bo‘yicha ular bilan muzokaralar tashkil etadilar va olib boradilar;
mahalliylashtirish dasturlarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshiradilar va belgilangan parametrlarga erishadilar;
import kontraktlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda respublika tarmoqlari va korxonalari bo‘yicha import qilinadigan mahsulotlar (xizmatlar) tarkibi va turlarini chuqur tahlil qiladi;
import qilinadigan mahsulotlar tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli o‘rganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yo‘nalishlari va aniq ro‘yxatlari bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir takliflarni, shu jumladan eksportga yetkazib berishni kengaytirish uchun ishlab chiqadi, keyinchalik ushbu takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini tovarlarni import qiluvchilarga xamda potensial xaridor va buyurtmachilarga namoyish qilish, shuningdek tegishli kontraktlar tuzilishiga ko‘maklashish uchun mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish uchun samarali maydon sifatida Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi ishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, mamlakatimiz xaridorlari va xorijiy xaridorlar, buyurtmachilar o‘rtasidagi niyatlar to‘g‘risidagi kontraktlar va shartnomalarni tahlil qilish asosida tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflar tuzadi hamda ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini o‘rganish asosida importning o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning eng ko‘p talab qilinadigan turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga jalb etishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
belgilangan holatlarda mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi;
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va niyatlar shartnomalari ijrosi monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan masalalarni tahlil qiladi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
importning o‘rnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Davlat raqobat qo‘mitasining takliflarini respublikaning xo‘jalik birlashmalari va korxonalari bilan birgalikda batafsil o‘rganadi hamda importning o‘rnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish, shu jumladan yangi korxonalar tashkil etish, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
(7-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
mamlakatimiz iqtisodiyotini kompleks va muvozanatli rivojlantirishni ta’minlashni, tabiiy, mineral-xomashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan, shuningdek tegishli infratuzilmadan samarali foydalanishni hisobga olgan holda mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishni iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida va mintaqalarida joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruviga tegishli organlari, sanoat korxonalari bilan birgalikda bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini o‘zlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning samarali sxemalarini, shuningdek ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik jihatdan qayta taqsimlash, mahsulotlarning ishlab chiqariladigan turlari elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
belgilangan xollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalarini, tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxatlari bo‘yicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat raqobat qo‘mitasining takliflari bo‘yicha respublika korxonalarida joylashtirilgan buyurtmalarni ko‘rib chiqish asosida Mahalliylashtirish dasturini tuzadi;
(7-bandning “v” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bilan belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi hamda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
monopoliyalashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish darajasini, tovarlar (xizmatlar)ning o‘zaro o‘rnini bosishini va narx omilini hisobga olgan holda bozorning tovarlar (xizmatlar) bilan to‘ldirilganligini baholaydi hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning aniq ro‘yxati bilan birga tovarlar (xizmatlar)ni mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘zlashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi;
belgilangan hollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
mavjud bo‘sh yotgan ishlab chiqarish quvvatlari, binolar va inshootlar, shu jumladan bepul xarid qiymati bo‘yicha aniq investitsiya majburiyatlari evaziga taklif etilayotgan quvvatlar, binolar va inshootlar mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishni tashkillashtirish uchun ular to‘g‘risida Iqtisodiyot vazirligiga har chorakda axborot berib borish.
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
d) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zlashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar ro‘yxatini texnologik qayta taqsimlash, asbob- uskunalar va respublika sanoat korxonalari salohiyatini, foydalanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganish asosida yangi samarali texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini o‘zlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning oqilona va eng maqbul sxemasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
j) “O‘zstandart” agentligi ishlab chiqariladigan mahsulotni sifati va dizayni bo‘yicha zamonaviy talablar va standartlar darajasiga yetkazish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
z) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi kredit mablag‘lari hisobiga Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar amalga oshirilgan taqdirda iqtisodiy samaradorlikni kelishish yuzasidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi va xulosalar beradi.
i) Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasida Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda barcha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar — mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari (keyingi o‘rinlarda loyiha tashabbuskori deb yuritiladi) loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan shakl bo‘yicha Maxsus komissiya Kotibiyatiga “bir darcha” prinsipi bo‘yicha kiritadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo‘yicha elektron shaklda takliflar berish huquqiga ega.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 366-modda)
9. Loyiha tashabbuskori taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
10. Loyiha tashabbuskoridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Maxsus komissiya Kotibiyati loyihaning maqsadidan, uni moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda tushgan takliflarni ko‘rib chiqish uchun ikki kun muddatda vakolatli organlarga yuboradi.
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi baholanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan:
marketingning taklif etilayotgan konsepsiyasi, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish istiqbollari;
mahalliylashtiriladigan mahsulotni tashqi bozorda sotish narxlari parametrlari (loyiha tashabbuskori tomonidan mahsulotni eksport qilish nazarda tutilgan taqdirda);
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirish samaradorligi va imkoniyati baholanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan — raqobat muhitini, monopoliya qilib olish darajasini, tovarlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishini hisobga olgan holda bozorni to‘ldirish va narx belgilash baholanadi;
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Hukumat kafolati ostidagi kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda) — loyihaning iqtisodiy samaradorligi baholanadi.
Zaruriyat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot vazirligida vakolatli organlar mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
13. Vakolatli organlar loyiha tashabbuskorlarining takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha asoslangan xulosalarni hujjatlar tushgan paytdan boshlab o‘n kundan kech bo‘lmagan muddatda Maxsus komissiya Kotibiyatiga yuboradi.
14. Fikr-mulohazalar mavjud bo‘lgan taqdirda hujjatlar vakolatli organlar tomonidan loyiha tashabbuskoriga puxta ishlash uchun qaytariladi.
Puxta ishlangan hujjatlar loyiha tashabbuskorlari tomonidan vakolatli organlarga taqdim etiladi. Hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish va tegishli xulosalarni Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etish vakolatli organlar tomonidan ilgari bildirilgan fikr-mulohazalar loyiha tashabbuskorlari tomonidan bartaraf etish sharti bilan bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
Puxta ishlangan loyihani ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan yangi fikr-mulohazalar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Maxsus komissiya Kotibiyati ikki hafta muddatda vakolatli organlarning tushgan ijobiy xulosalarini umumlashtiradi va maxsus Komissiya Protokoli loyihasini, zaruriyat bo‘lganda, Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda uning kelishilishini ta’minlaydi va Vazirlar Mahkamasi kiritadi.
Bir yoki bir nechta vakolatli organning salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror Maxsus komissiya majlisida tegishli xulosalar asosida qabul qilinadi.
16. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan har bir loyiha bo‘yicha loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvali ishlab chiqiladi. Jadvalda loyiha orqali Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishiladigan aniq belgilangan muddatlarda belgilangan parametrlarga erishish nazarda tutiladi.
17. Iqtisodiyot vazirligi tarmoq jadvali asosida Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarda belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
18. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Mahalliylashtirish dasturi loyihalarining tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (eksport-import kontraktlari) bajarilishi monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalarni bajarish monitoringini olib borishda aniqlangan muammolar va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Azimov R.S. | — | Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi |
B.I. Zakirov | — | Bosh vazir o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari |
E.M. G‘aniyev | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri |
Xo‘jayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari |
Bekenov S.X. | — | Iqtisodiyot vaziri |
Nosirov S.X. | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
Qudratov G‘.S. | — | Davlat statistika qo‘mitasi raisi |
Najimov N.E. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari |
G‘ulomov R.A. | — | Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
Gadoyev E.F. | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Shayxov A.E. | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
Abduvaliyev A.A. | — | “O‘zstandart” agentligi bosh direktori |
Abdukarimov R.M. | — | Markaziy bank raisining o‘rinbosari |
Yusupov Sh.F. | — | “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
Ibragimov G‘.I. | — | “O‘zkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi |
Zaripov B.K. | — | “O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi |
Izbosarov A.F. | — | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi |
Achilov A.M. | — | Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori |
Saidaminov S.S. | — | “Toshkent traktor zavodi” OAJ bosh direktori v.b. |
Fayzullayev Sh.N. | — | Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari, komissiya kotibi |
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-dekabrdagi PF-4866-sonli Farmoni tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 565-modda)
Keyingi tahrirga qarang.