05.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2037
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining qarori, 05.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2037
Кучга кириш санаси
15.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2021
 LexUZ sharhi
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda) qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzurida Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti qaror qiladi:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) Qonuniga muvofiq lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
mazkur Qoidalarning 22-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;