Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.10.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
g) bank bilan uy-joy ipotekasi to‘g‘risida shartnoma imzolashi, (namunaviy shakli 2-ilovaga muvofiq), uni notariusda tasdiqlashi va ro‘yxatdan o‘tkazishi, shundan keyin bankka taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Tanlash komissiyasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tarkibda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Ipoteka krediti berish to‘g‘risida

___-son


NAMUNAVIY ShARTNOMA

______________

20__ yil “__” ________

(aholi punkti)

Keyingi o‘rinlarda “Bank” deb ataladigan, Nizom va 20__ yil “__” ___dagi __-son bosh shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatadigan ___________________________________________________ filialining _______________________________ boshqaruvchisi nomidan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan, 20__ yil “__” ______da berilgan pasporti seriyasi _____________ №_________ raqamli O‘zbekiston Respubl�kasi fuqarosi, ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan, 20__ yil “__” ______da berilgan pasporti seriyasi _____________ №_________ raqamli, uchinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladiganlar ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Shartnomaning predmeti

1.1. Bank Qarz oluvchiga (Birgalikda qarz oluvchiga) “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan sho‘ba injiniring kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda “injiniring kompaniyasi” deb ataladi) ishtirokida ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda O‘zbekiston Respublikasi, __________ viloyati, __________ tumanidagi _______________ aholi punktida umumiy maydoni ___ kv metr, turarjoy maydoni ____ kv metr bo‘lgan ___ xonali ___-son uyni (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb ataladi) yakka tartibdagi uy-joyni qurish uchun maqsadli mablag‘lar hisobidan ___________ (_______________________________) so‘m miqdorida ipoteka krediti beradi, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) esa ipoteka kreditidan kredit olishning umumiy prinsiplariga (maqsadining xarakteri, moddiy ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va to‘lovliligiga) rioya etgan holda foydalanadilar.

2. Umumiy tushunchalar

2.1. Ushbu shartnoma matnining keyingi o‘rinlarida uchraydigan barcha atamalar, agar kontekstdan boshqacha ma’no anglanmasa, quyidagi bo‘limda bayon qilingan tushunchalarni anglatadi:

ipoteka krediti — barpo etilayotgan uy-joy garovi ostida, injiniring kompaniyasi ishtirokida, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan uzoq muddatli kredit;

yakka tartibdagi uy-joy — doimiy yashash, dam olish va xo‘jalik yuritish uchun mo‘ljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, o‘ziga qarashli bo‘lgan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turarjoylar (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb ataladi);

qarz oluvchi — qishloq joyda yashaydigan, injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloqda turarjoy qurishga ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini oladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

birgalikda qarz oluvchi — Qarz oluvchining ipoteka krediti bo‘yicha va uning bo‘yicha foizlarni har oyda to‘lashda qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda javob beradigan eri (xotini) va yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari);

pudratchi — tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joyda uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti;

to‘lovga qodirlik — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z to‘lov majburiyatlarini yalpi daromadlari tahlilidan kelib chiqqan holda belgilangan o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati;

kredit bo‘yicha ta’minlash — qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joyni yer uchastkasi bilan birga belgilangan tartibda garovga qo‘yish;

boshlang‘ich ba�al — Qarz oluvchining qurilayotgan uy-joy smetadagi qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchi ish beruvchisining bankdagi qarz oluvchi nomidagi omonat hisob raqamiga qo‘yilgan pul mablag‘lari tarzidagi o‘z mablag‘lari;

ipoteka — yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi ostida belgilangan tartibda beriladigan ipoteka kreditini olish maqsadidagi ko‘chmas mulk garovi;

ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma — tomonlarning kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash to‘g‘risidagi bitimi;

kredit bo‘yicha foizlar — kreditdan foydalanganlik uchun to‘lov;

imtiyozli davr — kredit bo‘yicha asosiy qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan davr;

kreditni berish sanasi — mablag‘larni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyaning depozit hisob raqamiga o‘tkazish sanasi;

kreditni to‘lash sanasi — Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarning jami qoldig‘ini va qarz qoldig‘ini qoplaydigan oxirgi to‘lov tushgan sana;

to‘lov majburiyatlari — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning bo‘yicha foizlarni ushbu shartnomada ko‘rsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa to‘lovlar (ipotekani rasmiylashtirish, sug‘urtalash va shu kabilar uchun xarajatlar) bo‘yicha majburiyatlar;

kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarz — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lanmagan, ipoteka krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik bo‘yicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa to‘lov majburiyatlari bo‘yicha qarzlar summasi;

kredit bo‘yicha qarz— kreditning hammasi yoxud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldig‘i, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.

3. Qarz oluvchining tasdiqlari

3.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:

kreditni rasmiylashtirish va olish uchun bankka taqdim etilgan/taqdim etiladigan barcha hujjatlar va ma’lumotlar bunday hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;

hozirgi vaqtda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga qarshi ma’muriy, sud harakatlari qo‘zg‘atilmagan;

Qarz oluvchi ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish huquqiga ega va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;

Birgali�da qarz oluvchi majburiyatlar bo‘yicha ushbu shartnoma doirasida birgalikda javob beradi va bu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishiga olib keladi;

Agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirishga yoki belgilangan har qanday talablardan istalganini bajarishga qodir bo‘lmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni, shuningdek boshqa to‘lovlarni to‘lashni talab qilish huquqiga ega. Bu holda bank undirishni kredit bo‘yicha ta’minlashga va Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankni kredit bo‘yicha istalgan ta’minlashni realizatsiya qilishga va undan foydalanishga va/yoki Bankning o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirib olishsiz va so‘zsiz tartibda vakil qiladi.

4. Kredit summasi va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi

4.1. Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati ____________ (________) so‘mni tashkil qiladi.

Ipoteka krediti summasi ____________ (________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________foiziga tengdir.

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlang‘ich badali____________ (________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________foiziga tengdir.

4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

4.3. Ipoteka krediti bo‘yicha foizlar Bank tomonidan har kuni, ushbu shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqqan holda, Bank tomonidan Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida hisobga olinadigan kredit summasi qoldig‘iga hisoblab yoziladi.

5. Ipoteka krediti bo‘yicha ta’minlash

5.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha berilgan kredit belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan ta’minlanadi.

5.2. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning bir nechta usullarining mavjud bo‘lishi bir-biriga zid hisoblanmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi.

5.3. Undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullariga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda tanlash huquqi Bankda qoladi, u o‘z ixtiyoriga ko‘ra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan istalganiga yoki barcha usullariga talab qo‘yishi mumkin.

5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni ta’minlashni kredit summasining kamida 125 foizi darajasida tutish, shuningdek kredit shartnomasini o‘z hisobiga va kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning to‘liq qiymatida yo‘qotish va shikastlanish xavfi yuzasidan sug‘urta qilish majburiyatini oladi.

5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish bo‘yicha har qanday xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

5.6. Kreditning ta’minlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

5.7. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha Qarz oluvchiga berilgandan keyin Qarz oluvchi bir oy muddatda:

a) Bankka tuman hokimining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori nusxasini taqdim etishi;

b) “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashi, so‘ngra Bankka uy-joyga mulkchilik huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini taqdim etishi;

v) uy-joyni kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga yo‘qotish va shikastlanish xavfidan sug‘urta qilishi, so‘ngra Bankka sug‘urta shartnomasini va sug‘urta polisini taqdim etishi;

g) Bank bilan uy-joy ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomani tuzishi, uni notarial tasdiqlatishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi, so‘ngra Bankka ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani taqdim etishi shart.

6. Ipoteka kreditini berish tartibi

6.1. Kredit olti oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.

6.2. Kreditni berish Qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochish va bir kun muddatda, Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida injiniring kompaniyasining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga, Qarz oluvchi va injiniring kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

7. Ipoteka kreditini to‘lash tartibi

7.1. Kredit bo‘yicha qarzni to‘lash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yo‘naltiriladigan to‘lovlar quyidagicha navbat bilan to‘lanadi:

kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan foizlarni to‘lash;

kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni to‘lash;

muddatli foizlarni to‘lash;

kredit bo‘yicha muddatli qarzlarni to‘lash;

Qarz oluvchining boshqa to‘lov majburiyatlarini to‘lash.

7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lashni muddatidan oldin — ushbu shartnomada belgilangan to‘lov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega.

Kreditni muddatidan oldin to‘lashda Bank biron-bir qo‘shimcha vositachilik haqlarini undirmaydi.

7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oylik to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni to‘laydi. Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda to‘lash jadvali to‘lanmagan summalar hisobga olingan holda o‘zgartiriladi.

7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini to‘lash:

ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa daromadlar hisobiga mablag‘larni naqdsiz shaklda o‘tkazish;

naqd pullar to‘lash;

mablag‘larni �monat qo‘yilmalar bo‘yicha hisob raqamlaridan o‘tkazish;

mablag‘larni plastik kartochkalardan o‘tkazish yo‘li bilan;

pul mablag‘larini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini to‘lash uchun ajratilgan boshqa mablag‘lar hisobidan naqdsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.

7.5. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha istalgan summalarni to‘lash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda ushbu summalarni to‘lash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.

8. Tomonlarning huquqlari

8.1. Bankning huquqlari:

8.1.1. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 5.7-bandidagi shartlar belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda Bank ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, ushbu talab bajarilmaganda esa — undirishni qonun hujjatlarida va majburiyatlar bajarilishini ta’minlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit bo‘yicha ta’minlashga qaratish huquqiga ega.

8.1.2. Kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi, ipoteka krediti va uning bo‘yicha foizlarning to‘lanishi, garovga qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda o‘z ixtiyoriga ko‘ra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:

Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;

ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini qo‘shimcha ravishda ta’minlanishini talab qilish;

Qarz oluvchidan ushbu shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit bo‘yicha ta’minlashga qaratish (undirishni ta’minlashga qaratish tartibi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning tegishli shartnomalarida belgilanmagan hollarda undirishni kredit bo‘yicha ta’minlashga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);

ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi);

kredit bo‘yicha foiz stavkasini oshirish (kredit o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda);

ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.

8.1.4. Bank uy-joyni qurish bo‘yicha kredit hisobiga bajarilgan ishlarni nazorat tartibida hisoblab chiqishni amalga oshirish huquqiga ega.

8.1.5. Ushbu shartnoma bo‘yicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgaga berishni amalga oshirish.

8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari:

8.2.1. Bankda bo‘sh resurslar mavjud bo‘lgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish.

8.2.2. Olingan kreditni to‘liq qaytarib va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lab Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.

9. Tomonlarning majburiyatlari

9.1. Bankning majburiyatlari:

9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish.

9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kredit berishning rad qilinishi sabablari yoki uning qolgan qismi, kreditni muddatidan oldin undirib olish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari:

9.2.1. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha Qarz oluvchiga berilgan vaqtdan boshlab 30 (o‘ttiz) kungacha bo‘lgan muddatda bank xodimi bilan birgalikda quyidagi harakatlarni amalga oshirish:

a) ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasini tuzish;

b) ipoteka to‘g‘risida shartnoma tuzish, uni notarial tasdiqlatish va ro‘yxatdan o‘tkazish.

9.2.2. Berilgan kreditni kredit shartnomasi shartlariga muvofiq o‘zlashtirish.

9.2.3. Ilova qilinayotgan to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oylik to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan kreditni va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash.

9.2.4. Bank talabiga ko‘ra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun bo‘yicha axborot taqdim etish.

9.2.5. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda Bankka belgilangan maqsadda foydalanilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘lash, bu Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.

9.2.6. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsata oladigan boshqa holatlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish.

9.2.7. Ushbu shartnoma amal qiladigan muddat mobaynida Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankning oldindan roziligini olmasdan, shartlari ushbu shartnoma bo‘yicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatiga nisbatan ustun darajada talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi tomonning kreditlarini va/yoki qarzlarini jalb etishi kerak emas.

9.2.8. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun jo‘nab ketilayotgan taqdirda kreditni va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni muddatidan oldin to‘lash.

10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari

10.1. Ushbu bandda qayd etilgan �odisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi:

kredit resurslaridan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik;

kredit resurslarini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmaganlik;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki boshqa to‘lovlarning ushbu shartnoma, unga to‘lovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar bo‘yicha zarur sanada to‘lashni amalga oshirmaganlik;

Bankni haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar taqdim etish yo‘li bilan ataylab chalg‘itish;

Bankka kredit, Bank xulosasi bo‘yicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday ta’minlashning o‘z qimmatini qisman yoki to‘liq yo‘qotganligi yoki haqiqiy bo‘lmay qolganligi;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) to‘lov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq axborotning yashirilishi;

Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning Bank oldidagi majburiyatlari bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar;

ushbu shartnoma shartlarining buzilishi;

ushbu shartnoma bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartnomalar (ipoteka, sug‘urta va shu kabilar) shartlarining buzilishi.

11. Undirishni kreditni ta’minlashga qaratish

11.1. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank o‘z talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo bo‘lgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank o‘rtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.

11.2. Bank ushbu shartnoma va ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma shartlari bilan garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni ta’minlash sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.

11.3. Undirishni majburiyatni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan to‘lovlarni to‘lash muddatlari muntazam ravishda, ya’ni o‘n ikki oy mobaynida uch martadan ko‘p buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.

11.4. “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarda nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa — undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.

11.5. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u etishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

12. Alohida shartlar

12.1. Bank o‘z ixtiyoriga ko‘ra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu shartnoma bo‘yicha o‘zi ega bo‘lgan huquqlardan istalganini qo‘llashi yoxud qo‘llamasligi mumkin.

12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qo‘llanmasligi yoxud qisman qo‘llanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qo‘llanishi mumkin.

13. Qo‘shimcha shartlar

13.1. Uy-joyning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, o‘zgaga berishga, ijaraga topshirishga va tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili bo‘yicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishga Bankning yozma roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.

13.3. Tomonlar ushbu shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amal�agi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi.

14. Fors-major holatlari

14.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan ko‘ra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo bo‘lgan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir bo‘lgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

14.2. Tomonlar ularga ta’sir ko‘rsata olmaydigan va ularning paydo bo‘lganligi uchun javob berishmaydigan, masalan: zilzila, suv toshqini, yong‘in, shuningdek ish tashlash, ushbu shartnoma predmetini bajarishga to‘sqinlik qiladigan har qanday tusdagi Hukumat hujjatlari yoki davlat organlarining qarorlari, harbiy harakatlar yengib bo‘lmaydigan vaziyatlardagi hodisalar hisoblanadi.

14.3. Engib bo‘lmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga ko‘ra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.

14.4. Agar shartnomaning ushbu bo‘limida ko‘rsatilgan yengib bo‘lmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni xabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari bo‘yicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar.

15. Shartnomaning amal qilish muddati

15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgungacha amal qiladi.

16. Nizolarni hal etish

16.1. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun sud organlariga o‘tkaziladi.

17. Yakuniy qoidalar

17.1. Ushbu shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

17.2. Ushbu shartnomaga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar Tomonlar imzolagan qo‘shimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

17.3. Ushbu shartnoma har qaysi Tomon uchun bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan uch nusxada tuzildi.

Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari:

Bank:

Qarz oluvchi:

Birgalikda qarz oluvchi:

________________

________________

________________

(filialning to‘liq nomi)

(F.I.O. to‘liq)

(F.I.O. to‘liq)

________________
________________

________________
________________

________________
________________

(indeks, manzil, tel.)

(indeks, manzil, tel.)

(indeks, manzil, tel.)

________________

________________

________________

(bank rekvizitlari)

(tug‘ilgan sanasi)

(tug‘ilgan sanasi)

________________

________________

________________

(STIR)

(tug‘ilgan joyi)

(tug‘ilgan joyi)

________________

________________

________________

(filial boshqaruvchisining F.I.O.)

(STIR)

(STIR)

M.O‘.

________________

________________

________________

(imzo)

(imzo)

(imzo)

20_ yil “__” ____

20__ yil “__” ____

20__ yil “__” ___
Keyingi tahrirga qarang.

Ipoteka to‘g‘risida

____-son Namunaviy shartnoma

_____________

20__ yil “__” ________

(aholi punkti)


“___” yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, №_______, keyingi o‘rinlarda “Ipotekaga qo‘yuvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ bir tomondan hamda Nizom va 20__ yil “__” ______dagi ___-son bosh ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi “Ipotekaga oluvchi” deb ataladigan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki nomidan ______________ filialining boshqaruvchisi ______________ ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchi, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Ipoteka tomonidan ta’minlanadigan majburiyat

1.1. Ushbu shartnoma Tomonlar o‘rtasida Ipoteka krediti berish to‘g‘risida 200__ yil “__” ______da tuzilgan _____-son shartnoma bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda “kredit shartnomasi” deb yuritiladi) Ipotekaga qo‘yuvchining Ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzildi.

1.2. Kredit shartnomasi bo‘yicha Ipotekaga qo‘yuvchi Qarz oluvchi (Qarzdor), Ipotekaga oluvchi esa — Kredit beruvchi sifatida ishtirok etadi.

Kredit beruvchi kredit shartnomasiga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarda Qarz oluvchiga “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring sho‘ba kompaniyasi ishtirokida uy-joy qurish uchun __________ (________________) so‘m miqdorida ___ (_________) muddatga yillik ______ foizli ipoteka krediti berish majburiyatini, Qarz oluvchi esa olingan ipoteka kreditini qaytarish va kredit shartnomasining qarzni qaytarish jadvaliga asosan unga 200__ yil “__” ______gacha muddatda foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

1.3. Ipotekaga oluvchi Ipotekaga qo‘yuvchiga kredit shartnomasidan kelib chiqadigan o‘zining pul mablag‘lari talablarining Ipotekaga qo‘yuvchining boshqa kreditorlaridan ustun darajada Ipotekaga qo‘yuvchining ushbu shartnoma bo‘yicha qo‘yilgan mol-mulki qiymatidan qondirilishi huquqiga ega.

2. Ipoteka tomonidan ta’minlangan talablar

2.1. Ushbu shartnomaga muvofiq belgilangan ipoteka, agar Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari buzilgan taqdirda Ipotekaga oluvchiga berilishi kerak bo‘lgan quyidagi summalar:

qarzning asosiy summasini va kreditdan to‘liq foydalanganlik uchun foizlar to‘lash hisobiga;

Kreditga qo‘yuvchi tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganda zararlarni va neustoyka (jarima, penya) to‘lash hisobiga;

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq boshqalarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar tarzida;

undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga sabab bo‘lgan sud xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplash;

garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish xarajatlarini qoplash tarzida Ipotekaga oluvchiga to‘lanishini ta’minlaydi.

2.2. Ushbu shartnoma bilan Ipotekaga oluvchining talablari garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobiga ularni qondirish paytida qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha hajmda ta’minlanadi.

3. Ipoteka predmeti

3.1. Ipotekaga qo‘yuvchi kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun Ipotekaga oluvchiga quyidagi ko‘chmas mulkni:

3.1.1. O‘zbekiston Respublikasi, ______ viloyati, ________ tumani, __________ aholi punktidagi -uyda joylashgan ___ kv.m maydondagi yer uchastkasida kredit hisobiga barpo etilgan umumiy maydoni ___ kv.m bo‘lgan, shu jumladan yashash maydoni ___ kv.m bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joyni (keyingi o‘rinlarda “mulk” deb yuritiladi);

3.1.2. Ushbu shartnomaning 3.1.1-kichik bandida ko‘rsatilgan mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huqu�ini garovga qo‘ydi.

3.2. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk __yil “__”_________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ bo‘lgan Egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan va umrbod meros qilib qoldiriladigan mulkchilik huquqini tasdiqlaydigan _____yil “__”_________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ bo‘lgan Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan mulkchilik huquqi bilan Ipotekaga qo‘yuvchiga tegishlidir.

3.3. Mol-mulk Ipotekaga qo‘yuvchining egaligida va foydalanuvida qoladi.

4. Ipoteka predmetini baholash

4.1. Shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulkning inventarizatsiya qiymati _____ (___________________) so‘mni tashkil etadi, bu ____________ tomonidan __yil “__”_________da berilgan ____-son ma’lumotnoma va ____________ tomonidan __yil “__”_________da berilgan –son ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.

4.2. Shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk tomonlarning kelishuviga ko‘ra _____ (_________________) so‘m miqdorida baholanadi.

5. Ipotekaga qo‘yuvchining huquq va majburiyatlari

5.1. Ipotekaga qo‘yuvchi quyidagi huquqlarga ega:

5.1.1. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka egalik qilish va undan belgilangan maqsadda foydalanish.

5.1.2. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish.

5.2. Ipotekaga qo‘yuvchi quyidagilarga majbur:

5.2.1. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishi bo‘yicha xarajatlarni ko‘tarish.

5.2.2. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlash, shu jumladan uni uchinchi shaxslar tajovuzidan himoya qilish, yong‘indan, tabiiy ofatlardan saqlash.

5.2.3. Garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qotilishi yoki shikastlanishining aniq xavfi bo‘lganda, bu to‘g‘rida Ipotekaga oluvchini xabardor qilish.

5.2.4. Garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatining kamayishiga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir etmaslik.

5.2.5. Ushbu shartnomaning amal qilish davrida Ipotekaga oluvchining garovga qo‘yilgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishiga to‘sqinlik qilmaslik.

5.2.6. Ipotekaga oluvchiga unga garovga berilgan mol-mulkning garov bilan ta’minlangan majburiyat to‘liq hajmda bajarilgunga qadar qayta garovga qo‘yilmasligiga kafolat berish.

5.2.7. Ipoteka predmetida bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi, ipoteka predmetiga uchinchi shaxslarning tajovuzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ipotekaga oluvchiga zudlik bilan xabar qilish.

5.2.8. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar ixtiyoriga bermaslik va uni Ipotekaga oluvchining yozma roziligisiz ijaraga, boshqa foydalanishga bermaslik. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning Ipotekaga oluvchining roziligi bilan Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan boshqa shaxsga f�ydalanishga berilishi Ipotekaga qo‘yuvchini ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

5.3. Ipotekaga qo‘yuvchi ushbu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkning tasodifan emirilishi va tasodifan shikastlanishi xavfi yuzasidan javob beradi.

6. Ipotekaga oluvchining huquqlari

6.1. Ipotekaga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

6.1.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkning hujjatlar bo‘yicha haqiqiy mavjudligini, ularning holatini va saqlash shartlarini tekshirish.

6.1.2. Ipotekaga qo‘yuvchidan garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur choralar ko‘rilishini talab qilish.

6.1.3. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qotilgan bo‘lsa yoki uning shikastlanganlik darajasi oqibatida ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning bajarilishi jiddiy ravishda yomonlashgan taqdirda ipoteka bilan ta’minlash majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni talab qilish.

6.1.4. Qarz oluvchi (Qarzdor) tomonidan garov bilan ta’minlangan majburiyatlarning bir qismi bajarilgan taqdirda garovga qo‘yilgan barcha mol-mulkka bo‘lgan huquqni saqlab qolish.

6.1.5. Ushbu shartnoma bo‘yicha talab qilish huquqini Ipotekaga qo‘yuvchining bunga oldindan roziligisiz boshqaga berish.

7. Ipotekaga oluvchining huquqlari kafolati

7.1. Ipotekaga qo‘yuvchi ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar hech kimga garovga qo‘yilmaganligi, sotilmaganligi, ijaraga topshirilmaganligi va foydalanish huquqi cheklanmaganligini, nizoda va taqiq ostida (xatlovda) emasligini, uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan erkin ekanligini kafolatlaydi.

8. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish

8.1. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk Ipotekaga qo‘yuvchi va _______________ sug‘urta kompaniyasi o‘rtasidagi 20_yil “__”_________da tuzilgan ___-son sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilingan, bu 20_yil “__”_________dagi amal qilish muddati 20_yil “__”_________gacha bo‘lgan ____-son sug‘urta polisi bilan tasdiqlanadi.

8.2. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi uchun o‘z talablari mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta qilinganligidan qat’i nazar va qonunda belgilangan Ipotekaga qo‘yuvchining boshqa kreditorlarining foydasiga amalga oshirilgan boshqa shaxslarning talablaridan ustun darajada, qonunda belgilangan chiqarib tashlashlar bundan mustasno, bevosita sug‘urta qoplamasidan qondirilishi huquqiga ega.

9. Undirishni ipoteka predmetiga qaratish

9.1. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli yuzaga keladigan talablarni ushbu shartnomaning 2.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk hisobiga qondirish uchun ushbu shartnomaga ko‘ra undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega bo‘ladi.

9.2. To‘lovlarni to‘lash muddatlari doimiy ravishda buzilganda, ya’ni o‘n ikki oy mobaynida uch martadan ortiq buzilganda, ushbu shartnomaga ko‘ra undirish garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.

9.3. “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarni muddatidan oldin bajarishni talab qilish, ushbu talab bajarilmaganda esa — undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega.

9.4. Ipotekaga oluvchining talabiga ko‘ra undirish Ipotekaga oluvchi bilan Ipotekaga qo‘yuvchining notarial tasdiqlangan undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi bitimi asosida qaratiladi.

9.5. Ipotekaga oluvchi tomonidan undirishning garovga qo‘yilgan uy-joyga qaratilishi va ushbu mol-mulkning sotilishi Ipotekaga qo‘yuvchining va ushbu uy-joyda birgalikda yashaydigan oila a’zolarining, shu jumladan sobiq oila a’zolarining foydalanish huquqi to‘xtatilishi uchun asos hisoblanadi.

9.6. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa Ipotekaga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u etmaydigan summani Qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

10. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

10.1. Mazkur shartnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

10.2. Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda _______________________ ___________________________________________________

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)

tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

10.3. Ushbu shartnomani va uning huquqlaridan kelib chiqadigan huquqlarni notarial tasdiqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ipoteka to‘g‘risidagi qayd yozuviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq xarajatlar Ipotekaga qo‘yuvchi hisobidan to‘lanadi.

10.4. Ushbu shartnoma Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari to‘liq bajarilgunga qadar amal qiladi. Ipotekaga qo‘yuvchi kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajargandan keyin Tomonlar ipoteka to‘g‘risidagi qayd yozuvini qaytarib olish uchun ________________________________________________________________ ga

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)

birgalikda ariza beradilar.

11. Nizolarni hal etish

11.1. Ushbu shartnomani bajarish natijasida Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.

11.2. Ipotekaga oluvchining talabi sudga murojaat etmasdan, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asos yuzaga kelgandan keyin Ipotekaga qo‘yuvchi va Ipotekaga oluvchi o‘rtasida notarial tasdiqlangan bitim asosida qondiriladi.

11.3. Ipotekaga qo‘yuvchi undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan bitimni tuzishdan bosh tortgan taqdirda Ipotekaga oluvchi o‘z talabini sud tartibida qondirish huquqiga ega.

11.4. Ushbu shartnoma va unga qo‘shimcha bitimlar bilan tartibga solinmagan masalalar bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.

12. Yakuniy qoidalar

12.1. Ushbu shartnoma Tomonlarning yozma kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.

12.2. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar Tomonlarning tegishli tartibda vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan, muhrlar bilan tasdiqlangan, notarial tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tomonlarning yozma shakldagi qo‘shimcha bitimlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

12.3. Har ikkala tomon tarafidan kelishilgan shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.

12.4. Ushbu shartnoma ___ varaqda, bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 5 (besh) nusxada, har bir Tomon uchun bir nusxadan tuziladi, bir nusxasi ____________ shahri _________manzilida joylashgan _______________ notariusning yig‘majildida saqlanadi, ikki nusxasi ___________________________________________ ga

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)

beriladi.

12.5. Ushbu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkni kelgusida ipotekaga qo‘yish taqiqlanadi.

12.6. Notarial idora ushbu shartnomani tasdiqlash bilan bir vaqtda ipoteka predmetini o‘zgaga berishni taqiqlab qo‘yadi.

12.7. Mol-mulk ushbu shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab ipotekaga berilgan deb hisoblanadi.

Tomonlarning manzili va rekvizitlari:

Ipotekaga qo‘yuvchi:
____________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ipotekaga oluvchi:
____________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________


Tomonlarning imzolari:

Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan

Ipotekaga oluvchi tomonidan

___________________________

___________________________

(F.I.O.)

(lavozimi, F.I.O.)

___________________________

___________________________

(STIR)

(STIR)

___________________________

___________________________

(imzo)

(imzo)

M.O‘.

20__ yil “__” ______

20__ yil “__” ______


Ushbu shartnoma men tomondan O‘zbekiston Respublikasi, ___________ viloyati, ____________ shahri/tumani, ____________ ko‘chasi, ____-uyda joylashgan davlat notarial idorasi davlat notariusi ___________ tomonidan 20__ yil “__” ______da tasdiqlandi.

Tomonlar shartnomani mening ishtirokimda imzoladilar. Shartnomani imzolovchilarning shaxsi, ularning muomalaga layoqatliligi, shuningdek “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy layoqati, uning vakili vakolatlari aniqlandi, garovga qo‘yilayotgan mol-mulkning mansubliligi tekshirildi.

Shartnoma ________________________________________________________ ________________________________________________________________da

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Reyestrda ______-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
______ so‘m miqdorida davlat boji undirildi.
Davlat notariusi __________________ .
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin
a) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 4-banddagi “boshqa oila a’zosi” so‘zlari “yaqin qarindoshlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova 2.1-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”