Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

“Sanoatkontexnazorat”
Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik QOIDALARI

I. Umumiy qoidalar

II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar

1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish

2-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish

3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ro‘yxati

4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati

5-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qo‘llash

6-§. Kasbiy tanlov

7-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat beruvchi sharoit talablari

8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish

9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari

10-§. Tashkilotda imorat, inshoot, xonalar, ish joylari muhandislik uskunalariga kiruvchi ventilatsiya, isitish, havo almashinuvi, suv ta’minoti, quvurlar, energiya jihozlanishi va yoritilganlikka qo‘yilgan talablar

11-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qo‘yiladigan talablar

12-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar

III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik talablari

2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari

3-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik o‘chishini ta’minlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari

4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida o‘z vaqtida xabar berish usullari

5-§. Maxsus talablar

6-§. Korroziyadan himoyalash

7-§. Zararli omillar ta’sir darajasini belgilangan sanitariya me’yorlari miqdorigacha kamayishini ta’minlovchi uslublar va choralar

IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan talablar

1-§. Umumiy talablar

2-§. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishining yig‘gichlari va saqlagichlari

3-§. Nasoslar

4-§. Qorishtiruvchilar (oddiy, propellerli, turbinali)

5-§. Elektr filtrlar

V. Ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari

VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

VII. Yakuniy qoida

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar, hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
33. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzali va shaxsiy himoya vositalari (ShHV) to‘plami bo‘lmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
40. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
41. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
42. Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
86. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishining elektr simlari va elektr qurilmalari, elektr tarmoqlarini montaj qilish va foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) va Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”