LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 2-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 976-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Tarif koeffitsiyentlari | |
1 | 2,847 |
2 | 2,997 |
3 | 3,148 |
4 | 3,297 |
5 | 3,612 |
6 | 3,941 |
7 | 4,284 |
8 | 4,640 |
9 | 4,997 |
10 | 5,362 |
11 | 5,733 |
12 | 6,115 |
13 | 6,503 |
14 | 6,893 |
15 | 7,292 |
16 | 7,697 |
17 | 8,106 |
18 | 8,522 |
19 | 8,943 |
20 | 9,371 |
21 | 9,804 |
22 | 10,240 |
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 47-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 09/19/47/2508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 976-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son)
1. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2007-yil 7-avgustdagi 166-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2007-yil 19-noyabrdagi 239-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2008-yil 9-apreldagi 65-son qarori.