Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq qarzdor jismoniy shaxsga tashkilotlar yoki boshqa shaxslar to‘layotgan (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarga (bundan keyingi o‘rinlarda ish haqi deb yuritiladi) undiruvni qaratish orqali ijro hujjatini majburiy ijro etish tartibini belgilaydi.
6. Qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda, sud ijrochisi undiruvni ish haqiga qaratishni 1-ilovaga muvofiq ijro hujjatining aslini ilova qilgan holda Ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish to‘g‘risidagi talabnomani (bundan keyingi o‘rinlarda talabnoma deb yuritiladi) qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilotlarga taqdim etadi. Sud ijrochisi qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘riligini mazkur tashkilotlarga so‘rovnoma yuborish orqali tekshirishga haqli.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar olinganidan so‘ng, sud ijrochisi undiruvni qarzdorning boshqa daromadlariga qaratish to‘g‘risida qaror chiqaradi, keyinchalik talabnomaga quyidagilarni ilova qilgan holda yuboradi:
20. Ijro hujjatlari 2-ilovaga muvofiq ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarining hisobi yuritiladigan Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga olinadi.

______________________________________ rahbariga

(tashkilot yoki boshqa shaxs nomi )

_________________________________________________

Ish haqi yoki unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdor)

_________________________________________________

(undiruvchi nomi va manzili)


Ish haqi va boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlardan

ushlab qolish to‘g‘risida

TALABNOMA

____________________________________________ sud ijrochilar� bo‘limi

(Sud ijrochilari bo‘limi nomi)

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 64 -moddasiga muvofiq

qarzdor _________________________dan _____________________________

(qarzdor F.I.Sh)

(Undiruvchi nomi yoki F.I.Sh)

foydasiga _______________________undirish to‘g‘risidagi 20__yil “__” _

(ijro hujjati talabi )

_____________________ da _______________________________ tomonidan

(ijro hujjati berilgan sana)

ijro hujjatini bergan sud/organ nomi)

berilgan qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa daromadlaridan ushlab qolish uchun ijro hujjatini yubormoqda.

Qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining ____________ foizi va

(ushlab qolish miqdori)

ushlab qolingan pul mablag‘lari o‘z vaqtida _____________________________

(undiruvchining manzili, hisob raqami va boshqa muhim ma’lumotlar)

to‘lansin (o‘tkazilsin).

Qarzdor bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganida, o‘qish tamomlanganida (boshqa joyga o‘tkazilganida), pensiya va boshqa daromadlarni olish joyidan ketganda, shuningdek ijro hujjati amalda bajarilgan taqdirda bu haqda sud ijrochisi darhol xabardor qilinsin va unga ijro hujjatini amalga oshirilgan undiruvlarni belgilagan holda qaytarilsin.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy

javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1982-moddasiga muvofiq hamda sud
hujjatini ijro etmaslik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi bilan ogohlantirilasiz.
____ varaqdan iborat ijro hujjatining asli (nusxasi) ilova qilinadi.
Katta sud ijrochisi________________________________
Sud ijrochisi________________________________

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”