27.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1853-1
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 27.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1853-1
Кучга кириш санаси
07.07.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.08.2013
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarorini (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 31-32-son, 309-modda) ijro etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822, 01-02/8-46-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste’mol tovarlari ro‘yxatining (ro‘yxat raqami 1853, 2008-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 37-38-son, 384-modda) “TIF TN kodi 2007-yil tahriri” grafasidagi “8523 (8523 21 000 0 va dasturiy ta’minotdan tashqari)” kodli satri “8523 29 — 8523 52 900 1 (dasturiy ta’minotdan tashqari), 8523 52 900 9 (bank plastik kartochkalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan chip-modullardan tashqari), 8523 59 — 8523 80 (dasturiy ta’minotdan tashqari)” kodli satr bilan almashtirilsin.