24.06.2009 yildagi 177-son
Hujjat 14.05.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy hisoblanadi va ish beruvchi hamda sug‘urta qiluvchi o‘rtasida ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchi o‘z faoliyatini bir yildan kam muddatda amalga oshirsa, u holda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ish beruvchi faoliyatni amalga oshirish muddatiga tuziladi.
a) ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Agar ish beruvchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari yoki ushbu Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lashga qarshi bo‘lsa, u holda sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasining bekor qilinishini talab qilishga haqlidir. Bunda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va mazkur shartnoma amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytarib beriladi. Bunda majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalar 19-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilganlardan boshqa asoslarga ko‘ra muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining qaytarib berilayotgan qismidan ushbu shartnoma bo‘yicha isbotlanadigan xarajatlarning sug‘urta mukofotining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summasini chegirib qolishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Qoidalarning 34-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
37. Sug‘urtalovchi ushbu Qoidalarning 34-bandda ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kechikmay sug‘urta hodisasini tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Agar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bir yildan ortiq muddat uchun to‘lovni nazarda tutsa, majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni sug‘urtalovchi tomonidan ish beruvchiga to‘lanadi. Bunda ish beruvchi ushbu Qoidalarning 52-bandiga muvofiq annuitetlar shartnomasini tuzishi va majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha olingan sug‘urta tovonidan faqat annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash uchun foydalanishi shart. Agar ish beruvchining majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha olgan sug‘urta tovoni summasi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdoridan kam bo‘lsa, u holda farq ish beruvchi hisobidan qo‘shimcha ravishda to‘lanishi kerak.
50. Ish beruvchida ushbu Qoidalarning 49-bandiga muvofiq sug‘urta mukofotidagi farqni qo‘shimcha ravishda to‘lash uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda annuitetlar shartnomasi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha olingan sug‘urta tovoni puliga mutanosib bo‘lgan muddatga tuziladi. Bunda ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga zararning tegishli qismini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha annuitetlar shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(54-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
d) ish beruvchining ushbu Qoidalarga 5 yoki 5-1-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatlariga ko‘ra yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi buyrug‘ining nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 34-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Sug‘urtalovchiga ___________________________________

(sug‘urtalovchining nomi)

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy

sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risida

ARIZA

Ish beruvchi _______________________________________________________

(F.I.O./nomi)

____________________________________________________asosida harakat

(hujjatning nomi)

qiluvchi _____________________________________________________orqali

(vakolatli shaxsning F.I.O. va lavozimi)

Sizdan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida nazarda tutilgan shartlarda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni so‘raydi.

1. Ish beruvchining rekvizitlari:

pochta manzili: ___________________________________________________
telefon: ___________ faks: _____________ e-mail: _______________________
ariza beruvchi-jismoniy shaxsning
20__ yil “___” _________________da _____________________ berilgan.
pasporti: seriyasi __________ nomeri __________________

2.Ish beruvchining bank rekvizitlari:

bankning nomi: __________________________________________________
hisob raqami
xizmat ko‘rsatuvchi bankning MFO ________________
STIR ___________________________
3. IFUT (Iqtisodiy faoliyat turlari umum�avlat tasniflagichi)ga muvofiq ish beruvchi amalga oshiradigan faoliyat turi (turlari) __________________
__________________________________________________________________

(iqtisodiy faoliyatning kodi va nomi)

4. Barcha xodimlarning yillik ish haqi summasi _____________________so‘m

(raqamlar va yozuv bilan)

5. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

shartnomasining muddati __________________________________________
6. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ___________________________;
b) ___________________________;

7. Biz ushbu arizada keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligini tasdiqlaymiz.

______________________

________________________________

(imzo)

(Ish beruvchi vakolatli shaxsining F.I.O.)

20__ yil “___” __________

M.O‘.

8. Ariza ________________________________ tomonidan qabul qilingan va

(sug‘urtalovchi xodimining lavozimi va F.I.O.)

20__ yil “___” __________da daftarda ____________________raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta

polisi blankasining

NAMUNASI


(Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi blankasining old tomoni)


O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha


SUG‘URTA POLISI

№ __________

Seriyasi _________

№ __________

1. Sug‘urtalovchining to‘liq nomi va rekvizitlari ______________________
_________________________________________________________________
2. Ish beruvchining to‘liq nomi (F.I.O.) va rekvizitlari ________________
__________________________________________________________________
3. IFUT (Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi)ga muvofiq ish beruvchi amalga oshiradigan faoliyat turi (turlari)___________________
__________________________________________________________________

(iqtisodiy faoliyatning kodi va nomi)

4. Sug‘urta puli ____________________________________________________
______________________________________________________________ so‘m,

(summa raqamlar va yozuv bilan)

shu jumladan dafn qilish xarajatlari ____________________________ so‘m,

(summa raqamlar va yozuv bilan)

5. Sug‘urta mukofoti ________________________________________________
______________________ miqdorida 20__ yil “___” __________da to‘langan.

(summa raqamlar va yozuv bilan)

6. Sug‘urta davri: 20__ yil “___” _______dan 20__ yil “___” _________gacha.


7. Xodimning Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qiladigan davrda mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligining yuz berishi ushbu polis bo‘yicha sug‘urta hodisasi hisoblanadi.


(Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi blankasining orqa tomoni)


8. Sug‘urtalovchining, shuningdek uning ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishga, ish beruvchilarning va (yoki) jabrlanuvchilarning yoxud naf oluvchilarning sug‘urta tovoni to‘g‘risidagi talablarni ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta to‘lovini amalga oshirishga vakil qilingan alohida bo‘linmalari, ular bilan bog‘liq mablag‘lar va ularningish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

__________________________________________________________________

9. Alohida qaydlar _________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


Sug‘urtalovchining rahbari yoki vakolatli shaxsi

_________

______________________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.O‘.

Berilgan sanasi: 20_ yil “__” ______
__________________________________________________________________

Sug‘urta polisi blankasining tavsifi:

Sug‘urta polisi blankalari A4 (210 — 297 mm) kattalikda tayyorlanadi.

Sug‘urta polisi blankasi foni oq rangda bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Sug‘urtalovchiga ____________________________________________________

(Sug‘urtalovchining to‘liq nomi)

_______________________________________________________________dan

(Arizachining to‘liq ismi (nomi)

Arizachi — jismoniy shaxsning pasporti: seriyasi: _____________________

nomeri: _____________,
20___ yil “___” __________da ___ __________ berilgan.
Arizachi — yuridik shaxsning rekvizitlari:
STIR ____________________
xizmat ko‘rsatuvchi bankning MFO ________
h/r ___________________________________
Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi:
seriyasi ____________ № __________
20__ yil “___” __________ da berilgan.

Sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida

ARIZA

Ushbu bilan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta

qilish bo‘yicha 20__yil “___” __________dagi _____-son shartnomaga ko‘ra

sug‘urta hodisasi deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan hodisa yuz berganligini ma’lum qilaman.


Hodisaning sabablari va holatlari to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qilaman:
Sug‘urta hodisasi deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan hodisaga duch kelgan xodimlar:
1. _______________________________________________________________.

(xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi)

2. _______________________________________________________________.

(xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi)

Hodisaning sanasi va vaqti: _________________________________________
Hodisaning joyi: __________________________________________________
Hodisa to‘g‘risida _______________________________ga murojaat qilingan
Hodisaning holatlari: ______________________________________________
__________________________________________________________________
Ushbu hodisa bo‘yicha haqqoniy va menga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni xabar qildim.
20__ yil “___” ______________. __________ _________________________

(imzo)

(arizachining F.I.O)

M.O‘
Ariza __________________________________________________tomonidan

(sug‘urtalovchi mas’ul xodimining lavozimi va familiyasi)

qabul qilingan va 20__ yil “____” ____________da __________ raqami bilan daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Ushbu arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

T/R

Hujjatning nomi

Sahifalar soni

Hujjatning sanasi va tartib raqami

Ilova qilinmoqda (ha/yo‘q

1.

Ish beruvchining yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risidagi buyrug‘i nusxasi

2.

Sug‘urta hodisasi yuz bergungacha xodimning o‘rtacha oylik yoki yillik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

3.

Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning nusxasi.

4.

Kasbga oid kasallik mavjud bo‘lganda — xodimning kasbga oid kasalligi to‘g‘risida tibbiy xulosa.

5.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi.

6.

Vrachlik-mehnat ekspert komissiyasining xulosasi.

7.

Sud qarori.

8.

Xodimning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi va naf oluvchining yetkazilgan zararni undirishga huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.

__________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi)


BUYRUQ №_________

_____________ shahri

20__ yil “___” ____________


Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli ko‘rilgan zararni to‘lash to‘g‘risida


Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli ____________________________

_________________________________________________ga zarar yetkazilgan.

(jabrlanuvchining F.I.O.)

Ushbu baxtsiz hodisa 20___ yil “___” ___________________da N-1 shakldagi

Dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan. TMEKning 20___ yil “___”

_____________dagi ___-son xulosasiga ko‘ra ______________________ “___”

guruh nogironi deb e’tirof etilgan/etilmagan________________________

(kerakli�i ko‘rsatiladi)

muddatga kasbga oid mehnat qobiliyatini ________% yo‘qotgan.


Mehnatda mayib bo‘lguniga qadar ________________________________ning

(jabrlanuvchining F.I.O.)

12 oydagi o‘rtacha oylik ish haqi _____________________________________
______________________________ so‘mni tashkil qilgan.

(summa raqamlar va yozuv bilan)

_______________________________________________________ga asoslanib


BUYuRAMAN

1. _______________________________________________________________ga

(jabrlanuvchining F.I.O.)

_____________________________ so‘m miqdorida bir yo‘la nafaqa to‘lansin.

(summa raqamlar va yozuv bilan)

2. ___________________________________ga 20__ yil “___” ___________dan

(jabrlanuvchining F.I.O.)

20__ yil “___” _____________________________gacha bo‘lgan davrda har oyda

________________________________ so‘m miqdorida zarar tovoni to‘lansin.

(summa raqamlar va yozuv bilan)

3. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilgan taqdirda yetkazilgan zararni to‘lash summasi oshirilgan eng kam oylik ish haqi miqdoriga mutanosib ravishda qayta hisoblab chiqilsin.


Yuridik shaxs rahbari

___________________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

_________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi)


BUYRUQ №_________

_____________ shahri

20___ yil “___” ____________


Boquvchining vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risida


Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli ____________________________

_________________________________________________ga zarar yetkazilgan.

(jabrlanuvchining F.I.O.)

Ushbu baxtsiz hodisa 20___ yil “___” ___________________da N-1 shakldagi

Dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan.___________ mahalla qo‘mitasining

20__ yil “___” __________________dagi ___-son ma’lumotnomasi asosida
__________________________________ vafot etgan kunda uning qaramog‘ida

(vafot etgan xodimning F.�.O.)

__________________kishi bo‘lgan:
1. ___________ __________________________ 20__ yil “___” ____________,

(qarindoshligi) (F.I.O)

(tug‘ilgan sanasi)

maktab (litsey) o‘quvchisi yoki ishlaydi (ishlamaydi) yoxud shu kabilar;

(holatga bog‘liq holda ko‘rsatiladi)

2...
3...
Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha yetkazilgan zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lganlar:
1. ___________ __________________________ 20__ yil “___” ____________,

(qarindoshligi) (F.I.O)

(tug‘ilgan sanasi)

maktab (litsey) o‘quvchisi yoki ishlaydi (ishlamaydi) yoxud shu kabilar;

(holatga bog‘liq holda ko‘rsatiladi)

2...
3...
_________________________________ning vafot etgan kunida oxirgi 12 oy

(vafot etgan xodimning F.I.O.)

uchun o‘rtacha oylik ish haqi __________________________________________
______________________________ so‘mni tashkil qildi.

(summa raqamlar va yozuv bilan)

_______________________________________________________ga asoslanib


BUYuRAMAN

1. _____________________________________ning yetkazilgan zarar to‘lovini

(vafot etgan xodimning F.I.O.)

olish huquqiga ega bo‘lgan qaramog‘idagi shaxslarga ___________________ so‘m

(summasi raqamlar va yozuv bilan)

bir yo‘la nafaqa to‘lansin.

2. _______________________________ ning qaramog‘idagilarga boquvchisini

(vafot etgan xodimning F.I.O.)

yo‘qotganligi uchun ____________________________________ miqdoridagi

(summasi raqamlar va yozuv bilan)

yetkazilgan zarar to‘lovi har oyda quyidagi davrlar uchun to‘lansin:

a) _________________________________ga 20__ yil “___” _____________dan

(qaramog‘dagi shaxsning F.I.O.)

20__ yil “___” _____________gacha (16 yoshga yetgungacha), kunduzgi o‘quv yurtida
o‘qishni davom ettirgan taqdirda 20__ yil “___” ___________gacha (18 yoshga to‘lgungacha);

b) __________________________________ga 20__ yil “___” ___________dan

(qaramog‘dagi shaxsning F.I.O.)

200__ yil “___” ________gacha vafot etgan xodimning bolalari, nevaralari,
singillari uch yoshga to‘lgungacha (ularni parvarish qilayotgan shaxslar uchun);
v) ...

3. Balog‘atga yetmagan qaramog‘dagi shaxslar uchun 1 va 2-bandlar bo‘yicha bir yo‘la nafaqa va yetkazilgan zarar to‘lovi ________________________________

(naf oluvchining F.I.O.)

4. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilgan taqdirda yetkazilgan zararni to‘lash summasi oshirilgan eng kam oylik ish haqi miqdoriga mutanosib ravishda qayta hisoblab chiqilsin.


Ushbu summani qayta hisoblab chiqish yetkazilgan zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar soni o‘zgargan taqdirda ham amalga oshirilsin.


Yuridik shaxs rahbari

___________________

________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
1. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq, ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, Ish beruvchi sug‘urta mukofotini ushbu shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va muddatda to‘laganda, joriy to‘lovlar tarzidagi sug‘urta to‘lovini to‘lash majburiyatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Sug‘urtalovchiga __________________________________

(sug‘urtalovchining nomi)

Annuitetlar shartnomasini tuzish to‘g‘risida

ARIZA

Ish beruvchi _______________________________________________________

(F.I.O./nomi)

____________________________________________________ asosida harakat

(hujjatning nomi)

qiluvchi ___________________________________________________ orqali

(vakolatli shaxsning F.I.O. va lavozimi)

Sizdan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida nazarda tutilgan shartlarda annuitetlar shartnomasini tuzishni so‘raydi.

1. Ish beruvchining rekvizitlari:
pochta manzili: ____________________________________________________
telefoni: ____________ faksi: _____________ e-mail: ___________________
ariza beruvchi — jismoniy shaxs pasporti:
seriyasi __________ nomeri ________________,
20__ yil “___” _________________da ____________________berilgan.
2. Ish beruvchining bank rekvizitlari:
bankning nomi: ____________________________________________________
hisob raqami ______________________________________________________
xizmat ko‘rsatuvchi bankning MFO ____________ STIR _____________

3. Annuitent (jabrlangan xodim/Naf oluvchi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar Annuitetlar shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizaga ilovada keltirilgan.

4. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) ___________________________;
b) ___________________________;
7. Biz ushbu Arizada va ilovada keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlaymiz.

_____________________

________________________________

(imzo)

(ish beruvchi vakolatli shaxsining F.I.O)

20__ yil “___” _____________.

M.O‘.

5. Ariza ___________________________________________ tomonidan qabul

(sug‘urtalovchi xodimining lavozimi va F.I.O.)

qilingan va 20__ yil “___” ______________da _____________ raqami bilan
daftarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlar)

Sug‘urta tarifi koeffitsiyenti KST

01 klass

1.

Binolar va inshootlar qurish va ularni mukammal ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha loyiha, arxitektura-loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari. Loyiha-smeta arxitektura-rejalashtirish idoralari, ustaxonalar, byurolar, bo‘limlar va boshqalar.

0,571

2.

Respublika, viloyat, tuman, va shahar ulgurji savdo bazalari, tumanlararo bazalar, taqsimlash sovutgichlari.

3.

Xalq iste’mol tovarlari oldi-sotdisi va madaniy-maishiy maqsaddagi buyumlarni ijaraga (prokatga) topshirish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tovar birjalari, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari, agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlari va boshqalar.

4.

Tashqi savdo vazirligining tashqi savdo tashkilotlari.

5.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda brokerlik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan nodavlat tashqi savdo tashkilotlari (eksport-import bitimlarini, shu jumladan barter bitimlarini amalga oshiradigan tashkilotlar).

6.

Asbob-uskunalar va mashinalar oldi-sotdisi va ularni ijaraga (prokatga) topshirish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tovar va tovar-xomashyo birjalari, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari va agentliklar, savdo uylari, tijorat markaz�ari va boshqalar.

7.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari oldi-sotdisida vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tovar va tovar-xomashyo birjalari, brokerlik, maklerlik, dilerlik idoralari va agentliklar.

8.

Internet va kompyuter tarmog‘i bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, mashina hisoblash stansiyalari, markazlashtirilgan buxgalteriyalar, kompyuter texnikasi bazasida boshqa korxonalar va tashkilotlarga axborot-hisoblash xizmatlari ko‘rsatadigan hisoblash markazlari va boshqalar.

9.

Ishlab chiqarish-texnika va noishlab chiqarish maqsadidagi ko‘chmas mulkni sotadigan va foydalanishga (ijaraga) beradigan tashkilotlar (mulkdorlar).

10.

Ishlab chiqarish-texnika va noishlab chiqarish maqsadidagi ko‘chmas mulkning oldi-sotdisi va ularni foydalanishga (ijaraga) topshirishda vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan rieltorlik tashkilotlari.

11.

Tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, valyutani sotadigan va aniq ifodalangan ixtisoslashuvisiz ularni yollashga, ijaraga (prokatga) topshiradigan universal (tovar-fond va boshqalar) birjalar, brokerlik idoralari va agentliklar.

12.

Transport, uy-joy-kommunal xo‘jalik, maishiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash, fan sohasida vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlar.

13.

Reklama (mijozlarning reklamalarini yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari, radio va televideniyeda joylashtirish, reklama materiallarini tarqatish va yopishtirish va hokazolar), ko‘rgazmalar tashkil etish sohasida xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar va hokazolar.

14.

Auditorlik tashkilotlari (taftish, buxgalteriya hujjatlari va boshqa hisobga olish-hisobot hujjatlarini tuzish va ularni tekshirish bo‘yicha xizmatlar).

15.

Boshqarish, moliya va tijorat faoliyati (xarid, sotish), qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, aholiga agentlik, vositachilik xizmatlari ko‘rsatish, mol-mulkni baholash masalalari bo‘yicha talabni, bozor konyunkturasini va hokazolarni o‘rganish va maslahat berish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar va boshqalar.

16.

Uchastka, tuman, markaziy tuman, shahar, markaziy shahar, viloyat, respublika kasalxonalari. Statsionarga ega bo‘lgan tibbiyot-sanitariya qismlari, davolash-profilaktika muassasalari va maxsus tipdagi davolash-profilaktika muassasalari.

17.

Tibbiyot-jismoniy tarbiya, teri-tanosil onkologik, silga qarshi, psixonevrologik, traxomatoz, buqoqqa qarshi, kardiologiya, narkologiya dispanserlari.

18.

Shahar, markaziy tuman poliklinikalari (stomatologiya va fizioterapevtik poliklinikalar ham shu jumlaga kiradi). Statsionarga ega bo‘lmagan tibbiy-sanitariya qismlari, qishloq-vrachlik poliklinikalari va ambulatoriyalar, mustaqil sog‘liqni saqlash punktlari va xonalar.

19.

Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, o‘quv-mashq markazlari va bazalar, stadionlar, sport saroylari, ixtisoslashtirilgan va kompleks sport zallari, manejlar, velotreklar, sun’iy suv basseynlari va muz uchish maydonlari, otish maydoni, tirlar (stendlar) va boshqalar.

20.

Tibbiyot-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK), keksalar va nogironlar uchun internat uylar.

21.

Tamomlagandan keyin oliy ma’lumot, shu jumladan oliy o‘quv yurtidan keyingi ma’lumot beradigan akademiyalar (o‘quv), universitetlar, institutlar (bakalavriat, magistratura), konservatoriyalar, boshqa o‘quv yurtlarning oliy maktablari (sirtqi oliy maktablar ham shu jumlaga kiradi).

22.

Akademik litseylar va kasb-hunar kolledjlari, tibbiyot, pedagogika, musiqa, teatr, xoreografiya maktablari va boshqa o‘quv yurtlari (sirtqilar ham shu jumlaga kiradi).

23.

Kasb-hunar-texnika va texnik avtomobil maktablari, biznes-maktablar. Ustalar tayyorlash maktablari, ustalar-ishboshilarning qurilish maktablari, dengizda suzish maktablari, g‘ovvoslar maktablari, melioratsiya kadrlari, ot zavodlari maktablari va katta yoshdagilar uchun boshqa maktablar.

24.

Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, sanatoriy-maktablar, musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari, san’at maktablari, maktab-internatlar, kechki (smenali) umumta’lim maktablari.

25.

Bolalar bog‘chalari, yaslilar va boshqa maktabgacha muassasalar. Yetim bolalar va ota-onalarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar.

26.

Kutubxonalar, kutubxona-qiroatxonalar, mustaqil ko‘chma kutubxona fondlari, kitob palatalari (shu jumladan ilmiy ish olib boradigan kutubxonalar va kitob palatalari).

27.

Respublika, viloyat, tuman va xususiy filmotekalari va fonotekalari.

28.

Muzeylar (shu jumladan ilmiy ish olib boradigan muzeylar): arxitektura, maishiy, geologiya, tabiiy, ilmiy, o‘lkashunoslik, tarixiy-inqilobiy, tarixiy, san’atshunoslik (badiiy, tasviriy san’at, adabiy, kartina, galereya), xotira, tarmoq muzeylari va boshqa muzeylar. Sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, badiiy va boshqa ko‘rgazmalar.

29.

Madaniyat markazlari, Me’mor, aktyor, vrach, jurnalist, kino, adabiyotchi, bastakor, olim, turist, xalq ijodiyoti uylari va boshqalar.

30.

Maktab o‘quvchilari saroylari va uylari, bolalarni badiiy tarbiyalash uylari, yosh texniklar va yosh tabiatshunoslar stansiyalari hamda boshqa bolalar maktabdan tashqari muassasalari. Bolalar musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari.

31.

Madaniyat va dam olish, istirohat bog‘lari, attraksionlarning ko‘chma shaharchalari.

32.

Qo‘riqxonalar, botanika, zoologiya istirohat bog‘lari va bog‘lari, doimiy va ko‘chma hayvonotxonalar.

33.

Televideniye va radio eshittirish tahririyatlari, televideniye va radio eshittirish bo‘yicha viloyat qo‘mitalari (badiiy va musiqali jamoalarsiz), radio eshittirish viloyat va shahar tahririyatlari, radio-tele markazlar, televizion texnik markazlar va boshqalar.

34.

Opera va balet, musiqali komediya (operetta) teatrlari (doimiy va ko‘chma), musiqali-dramatik, dramatik, bolalar, yosh tomoshabinlar, qo‘g‘irchoq va xalq teatrlari.

35.

Kinoteatrlar va boshqa doimiy kino qurilmalar, ko‘chma kino.

36.

Filarmoniyalar, konsert birlashmalari, orkestrlar, estrada jamoalari, xorlar, kapellalar. Raqs, ashula ansambllari; myuzik-xollar, xalq musiqa jamoalari. Radioeshittirish va televideniyening badiiy va musiqa jamoalari.

37.

Tasviriy san’atning doimiy studiyalari va ustaxonalari, xalq tasviriy san’at studiyalari. Badiiy-bezak tashkilotlari.

38.

Kinostudiyalar, ovoz yozish, kinofilmlar tayyorlash (shu jumladan havaskorlik kinofilmlari) studiyalari, ovoz yozish, ovoz yozish xizmatlari, kinofilmlar prokati.

39.

Tomosha ko‘rsatadigan korxonalarni boshqarish tashkilotlari, teatr kassalari birlashmasi, kinoteatrlar direksiyalari birlashmalari.

40.

Fanlar akademiyalari (shu jumladan tarmoq akademiyalari), ularning filiallari va bo‘linmalari, ilmiy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari (shu jumladan ilmiy va texnik axborot institutlari va oliy o‘quv yurtlari tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari), ularning filiallari va bo‘linmalari, observatoriyalar va boshqa ilmiy muassasalar. Vazirliklar va idoralarning mustaqil ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari.

41.

Tasdiqlangan reja bo‘yicha loyiha-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan mustaqil konstruktorlik tashkilotlari.

42.

Ilmiy va tajriba stansiyalari, shu jumladan kompleks va tarmoq, tajriba-zonal, seleksiya, tajriba qishloq xo‘jaligi, veterinariya, tajriba-meliorativ, gidrotexnik stansiyalar va boshqalar.

43.

Davlat va nodavlat arxivlari, shu jumladan ilmiy ish olib boradigan arxivlar.

44.

Chetga sanoat mahsuloti ishlab chiqarmaydigan tajriba zavodlari. Venchur (tavakkalchilik) va boshqa joriy etish korxonalari va tashkilotlari.

45.

Tajriba-texnika laboratoriyalari, qurilish materiallarini sinash bo‘yicha mustaqil laboratoriyalar, normativ-tadqiqot stansiyalari, mashina sinash stansiyalari, texnik axborot markaziy byurolari, ilmiy tashkilotlarning hisoblash markazlari va boshqalar.

46.

Markaziy bank, tijorat banklari va ularning muassasalari (bo‘limlar, filiallar, mini banklar, jamg‘arma kassalari va boshqalar).

47.

Moliya korporatsiyalari, moliyaviy fondlar, investitsiya tashkilotlari (shu jumladan innovatsiya va moliyaviy lizingni amalga oshiradigan moliya korporatsiyalari). Lizing kompaniyalari. Xayriya, homiylik jamg‘armalari.

48.

Sug‘urta tashkilotlari, sug‘urta xizmatlari bozorining professional qatnashchilari (sug‘urta agentlari, sug‘urta brokerlari, qayta sug‘urtalash kompaniyalari va boshqalar).

49.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi.

50.

Fond, valyuta, valyuta-fond birjalari, qimmatli qog‘ozlar va valyuta bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan brokerlik, maklerlik, dilerlik tashkilotlari.

51.

Respublika fuqarolariga respublika hududidan tashqarida bo‘sh ish joylari taqdim etadigan va mehnatchilarni ish joyigacha jo‘natishga ko‘maklashadigan ixtisoslashtirilgan agentliklar.

52.

Respublika fuqarolariga respublika hududida bo‘sh ish joylarini taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan agentliklar. Vaqtinchalik ishni bajarish uchun boshqalarni pudrat asosida yollanma ish kuchi bilan ta’minlash. Xodimlarni izlash, nomzodlarni tanlash va istalgan viloyatda ish joylari bo‘yicha taqsimlash.

53.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

54.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Ol�y xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahri xo‘jalik sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoiy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar va boshqalar.

55.

Davlat organlari va ularning joylardagi bo‘linmalari.

56.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va boshqalar (shu jumladan axborot va statistika boshqarmalari).

57.

Tuman hokimliklari (shahar tumanlari hokimliklari ham shu jumlaga kiradi). Shahar hokimliklari va boshqalar.

58.

Posyolka, qishloq, ovul, fuqarolar yig‘inlari, shahar mahallalari, mahalla qo‘mitalari va boshqalar.

59.

Advokatlik tuzilmalari.

60.

Hotarial idoralar.

61.

Jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik va mudofaa organlari.

62.

Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, yoshlarning siyosiy tashkilotlari, yurtdoshlik, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik jamiyatlari.

63.

Tijorat faoliyati sohalari bo‘yicha jamoat birlashmalari (tadbirkorlar, kooperatorlar birlashmalari, savdo-sanoat palatalari va boshqalar).

64.

Kasaba uyushmalari, kasaba uyushmalari federatsiyalari, konfederatsiyalari.

65.

Ijodiy, ilmiy-texnik va madaniy-ma’rifiy jamoat birlashmalari (yozuvchilar, jurnalistlar, rassomlar, arxitektorlar, artistlar uyushmalari hamda boshqa ilmiy, ilmiy-texnik jamiyatlar, ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatlari va boshqalar).

66.

Sport, mudofaa-sport, ovchilar, avtohavaskorlar, sog‘lomlashtirish jamoat birlashmalari va boshqa birlashmalar.

67.

Xotin-qizlar, talabalar, bolalar, faxriylar birlashmalari, nogironlar jamiyati, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyati, suvda qutqarish jamiyatlari, jamoat jamg‘armalari va boshqalar.

68.

Diniy tashkilotlar va ularning birlashmalari.

02 klass

69.

Standartlashtirish va metrologiya markazlari, standartlar va o‘lchov texnikasi ustidan davlat nazorati laboratoriyalari, standartlashtirish va metrologiya idoraviy laboratoriyalari.

0,857

70.

Import-eksport yuklarning yuk bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar.

71.

Pochtamtlar, birlashgan pochta-telegraf aloqa korxonalari, aloqa uzellari, shu jumladan pochtani tashish ishlab chiqarish-texnik, tarmoq va foydalanish-texnik boshqarmalari va bo‘limlari, tarjimalarni nazorat qilish byurolari.

72.

Kuryerlik maxsus aloqani va feld aloqani ta’minlaydigan korxonalar.

73.

Telegraf, telefon, televizion aloqa, radio aloqa, ovozli simli va elektr aloqasining boshqa turlari korxonalari: telegraflar, xalqaro telefon stansiyalari, shahar va qishloq telefon stansiyalari (tarmoqlar, uzellar) va boshqalar.

74.

Dorixonalar, dori do‘konlari, kioskalar, nazorat-tahliliy laboratoriyalar, dorixona omborlari (shu jumladan veterinariya dorixona omborlari).

75.

Sotish yoki ustun darajada sotishgina funksiyalari hisoblanadigan bazalar va omborlar, do‘kon-salonlar, idoralar va bo‘limlar, energiyani sotish, gazni sotish.

76.

Gazetalar, jurnallar, lug‘atlar va boshqa nashrlar tahririyatlari. Gazeta, jurnal, kitob, pochta, nota, blanka nashriyotlari, suratlar nashriyotlari.

77.

Kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish obyektlari, mehmonxona va suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari, sanitariya jihatidan tozalash, dov-daraxtlar, teplofikatsiya, yo‘l va ko‘prik xo‘jaligi tashkilotlari va boshqalar.

78.

Hammomlar, dush pavilonlari, jamoat hojatxonalari, sartaroshxonalar. Kvartiralarni va boshqa binolarni yig‘ishtirish, pol artish, derazalarni artish, ma’lumotnomalar berish, topshiriqlarni, tarjimalarni bajarish, matnlarni qayta ko‘chirish bo‘yicha tashkilotlar. Lombardlar. Dafn marosimlari byurolari, qabristonlar va boshqalar.

79.

Tez yordam va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam stansiyalari, qon quyish stansiyalari.

80.

Tug‘ruqxonalar, akusherlik-ginekologiya komplekslari, perinatal markazlar, skrining markazlar, chaqaloqlar uylari, sut oshxonalari.

81.

Sanatoriylar, sanatoriy-profilaktoriylar, davolaydigan pansionatlar, kurort poliklinikalari, kasallikni davolaydigan davolash maskanlari, balchiq bilan davolaydigan davolash maskanlari, yil bo‘yi ishlaydigan ixtisoslashtirilgan sanatoriy oromgohlari.

82.

Feldsherlik-akusherlik punktlari.

83.

Dezinfeksiya stansiyalari (viloyat, shahar, tuman).

84.

Shahar, viloyat, respublika, tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari, o‘latga qarshi stansiyalar. Fuqaro aviatsiyasi sanitariya-epidemiologiya stansiyalari, suv transportida sanitariya-epidemiologiya stansiyalari (basseyn, port, liniyali).

85.

Sanitariya ma’rifati uylari (salomatlik markazlari).

86.

Sud-tibbiy ekspertiza byurolari, patologiya-anatomiya byurolari.

87.

Kasalxonalar va davolovchi vrachlar tomonidan amalga oshirilmaydigan inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha faoliyat. Bemorlarga qarash sohasi�a yuridik vakolatli paratibbiy xodimlar faoliyati kiritiladi.

88.

Davolamaydigan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, dam olish uylari, pansionatlar va boshqa dam olish muassasalari.

89.

Attraksionlar bog‘lari faoliyati, ijtimoiy-madaniy maqsadli buyumlar prokati, bilyard klublari, kompyuter o‘yinlari va boshqa o‘yinlar tashkilotlari va boshqalar.

90.

Turistik mehmonxonalar, turistik bazalar, motellar, kempinglar, ekskursiya byurolari va sayohatlar byurosi, xalqaro turizmni tashkil etish muassasalari.

03 klass

91.

Hisoblash texnikalarini texnik va dasturiy jihatdan ta’mirlash, foydalanishga topshirish va kompleks markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar.

1,143

92.

Pivo va solod ishlab chiqarish korxonalari.

93.

Chizmachilik va idora anjomlari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqaradigan korxonalar. Protezlar, par va patdan buyumlar, momiq, chipta, jun, alafdan matraslar ishlab chiqaradigan korxonalar.

94.

Transportda texnik nazorat qilish (kemachilik inspeksiyalari, daryo va ko‘l registri inspeksiyalari, kam o‘lchamli kemalar bo‘yicha inspeksiyalar va hokazolar), transport faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish.

95.

Keng iste’mol qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish.

96.

Qishloq xo‘jaligi mahsu�otlari bilan chakana savdo qilish.

97.

Sement, qum, shag‘al, g‘isht, qurilish oynasi, lok, bo‘yoq va boshqa qurilish materiallari bilan chakana savdo qilish.

98.

Meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari, tuxum, oziq-ovqat moylari va yog‘lari, go‘sht, baliq mahsulotlari, shakar, qandolatchilik va non-bulka mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va hokazolar.

99.

Chakana savdo bozorlari.

100.

Boshqa chakana savdolar.

101.

Oshxona-fabrikalar, tayyorlash fabrikalari, restoranlar, oshxonalar, kafe, bufetlar, gazakxonalar, kafeteriyalar, choyxonalar va umumiy ovqatlanishning boshqa korxonalari, shuningdek barcha tipdagi mustaqil umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar.

102.

Metall parchalarini yig‘ish, qayta ishlash va chiqindilarni ko‘mish.

104.

Davlat buyurtmasi va hukumatlararo bitimlar bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar.

105.

Mehmonxonalar, chetdan kelganlar uchun yotoqxonalar.

04 klass

106.

Yo‘lovchilar, yuk, maxsus kasalxona liftlari ishlab chiqarish korxonalari.

1,429

107.

Tibbiy va maktab asbob-uskunalari, kino qurilmalar, kommunal uskunalar va madaniy-maishiy maqsaddagi boshqa uskunalarni ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.

108.

Yengil avtomobillar, mototsikllar, motorollerlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar.

109.

Efir moylari va sintetik xushbo‘y moddalar, pardoz-andoz buyumlari va atir sovun ishlab chiqaruvchi korxonalar.

110.

Tamaki fermentatsiyalash korxonalari.

111.

Papiros, sigaret, tamaki, sigara va maxorka ishlab chiqaradigan korxonalar.

112.

Matbaa kombinatlari va �abrikalari, bosmaxonalar, bosmaxona-litografiyalar, litografiyalar, tsinkografiyalar, kitob, kitob-jurnal fabrikalari, kitob fabrikalari, ofset rangli notali bosish fabrikalari, harf terish fabrikalari, surat terish markazlari, fotoreproduksiya markazlari va boshqalar.

113.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ta’mirlash korxonalari.

114.

Shisha, chinni va plastik massalardan tibbiyot buyumlari, tish materiallari, shu jumladan protezlar ishlab chiqaradigan korxonalar.

115.

Ishlab chiqarish fotobirlashmalari, fotokombinatlar, fotoishlar fabrikalari, fotokinolaboratoriyalar.

116.

Umumiy foydalaniladigan quvurlar. Gaz quvurlari va ulardan ajratmalar: neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, keng fraksiya va yengil uglevodorodlar, gaz, suv, ko‘mir va boshqa yuklarni uzatish uchun quvurlar; nasos, kompressor va taqsimlash stansiyalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari.

117.

Montaj qilingan asbob-uskunalarni ishga tushiradigan va sozlaydigan tashkilotlar.

118.

Keng iste’mol qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari bilan ulgurji savdo qilish.

119.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, paxta va don bundan mustasno xarid qilish va sotish bo‘yicha ulgurji qishloq xo‘jaligi bozorlari.

120.

Sement, qum, shag‘al, g‘isht, qurilish oynasi, loklar va bo‘yoqlar va boshqa qurilish materiallari bilan ulgurji savdo qilish.

121.

Mevalar va sabzavotlar, sut mahsulotlari, tuxum, oziq-ovqat moylari va yog‘lari, go‘sht, baliq mahsulotlari, shakar, qandolatchilik va non-bulka mahsulotlari va hokazolar bilan ulgurji savdo qilish.

122.

Biror bir aniq ixtisoslashuvsiz tovarlarning keng turlari bilan ulgurji savdo qilish.

123.

Savdo markazlari, univermaglar, universamlar, do‘konlar, shoxobchalar, avtodo‘konlar, pavilonlar, xarid qilish punktlari, tovar omborlari, savdo qiluvchi tashkilotlarning bazalari, aholiga yoqilg‘i va suyultirilgan gaz sotish bo‘yicha savdo korxonalari, kartoshka saqlash joylari va boshqalar.

124.

Ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi asbob-uskunalar va mashinalarni yollashga (ijaraga) topshirishga ixtisoslashgan korxonalar, tashkilotlar.

125.

Topografiya-geodeziya ishlarini bajaradigan korxonalar va tashkilotlar.

126.

Gidrometmarkazlar, gidrometstansiyalar, gidrometxizmat boshqarmasi, gidrometobservatoriya, ob-havo byurol�ri, gidrometbyuro, radiometmarkazlar, aviametstansiyalar, koinotdan axborot qiluvchi punktlar, atmosferani raketadan mo‘ljallash stansiyasi, otryadlar va ekspeditsiyalar va boshqalar.

127.

Suv va havo sofligi bilan bog‘liq o‘lchashlar, radioaktivlikni o‘lchash, tutun va oqova suvlar singari ifloslantirishning potensial manbalarini tadqiq etish, oziq-ovqat mahsulotlari sifati sohasidagi tadqiqotlar va hokazolar.

128.

Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning uy-joy-kommunal idoralari, uy-joylar va yotoqxonalarning komendaturalari (chetdan keluvchilar uchun yotoqxonalardan tashqari). Chorbog‘lar va uy-joy shirkatlari.

129.

Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar, litseylar, texnikumlar, bilim yurtlari, maktab-internatlar va boshqa o‘quv yurtlarining yotoqxonalari.

130.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari.

131.

Shaharlar va posyolkalar, xo‘jaliklar, shahar yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va o‘tish joylari, qirg‘oq bo‘yini sanitariya jihatdan tozalash va yig‘ishtirish tashkilotlari, muhandislik himoyasi (tirgovuch devorlar, dambalar, qirg‘oqni mustahkamlash va hokazolar), shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarni ko‘kalamzorlashtirish tashkilotlari, shaharlarning muhandislik inshootlari.

132.

Tashqi yoritishdan foydalanish bo‘yicha tashkilotlar.

133.

Ichimlik suvini taqsimlash tarmoqlarini ishlatish hamda kommunal-maishiy ehtiyojlar va aholiga suvni taqsimlash tashkilotlari, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun kanalizatsiya tarmoqlaridan (tozalash inshootlari bilan birga) foydalanish tashkilotlari.

05 klass

134.

Axborotning texnik manbalarini ishlab chiqarish korxonalari.

1,714

135.

Yuk avtomobillari va avtobuslarni ta’mirlash korxonalari.

136.

Ishlab chiqarish maqsadidagi savdo uskunalari, yong‘inga qarshi uskunalar va boshqa asbob-uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar. Aloqa uskunalarini ta’mirlash korxonalari.

137.

Maishiy radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, xo‘jalikda ishlatiladigan priborlar va metall buyumlar (radiopriyomniklar, televizorlar, magnitofonlar va boshqalar)ga ishlab chiqarish-texnika, texnosavdo xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar.

138.

Ommaviy tikiladigan tikuv buyumlari, erkaklar, ayollar va bolalar ust kiyimining barcha turlarini (mo‘yna va charm kiyimlardan tashqari) formalik kiyim, maxsus kiyim, ichki kiyimlar, o‘rin choyshablari, texnik tikuv buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar (shu jumladan modellar uylari).

139.

Barcha turdagi qandolatchilik mahsulotlari, kakao-kukun, holva, sharq shirinliklari, sun’iy asal, shakar qiyomga bostirilgan mevalar va undan qilingan qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari.

140.

Etil xomashyo spirti, spirt-rektifikat ishlab chiqarish korxonalari.

141.

Aroq va liker-aroq ishlab chiqarish korxonalari.

142.

Vino materiallari, musallas, shampan vinosi, konyak, ho‘l va rezavor meva vinolari ishlab chiqarish va quyish korxonalari.

143.

Bug‘doydan tayyorlangan kvas, mors, brajki, mevali suvlar, gazlashtirilgan suvlar, alkogolsiz musallaslar (konsentratlar) ishlab chiqarish va mineral suvlar quyish korxonalari.

144.

Baliq urchitish va baliqlarni akklimatizatsiya qilish (baliq yetishtiradigan zavodlar, hovuz va ko‘l xo‘jaliklari va boshqalar, baliq melioratsiya stansiyalari, baliq urchitish materiali ishlab chiqaradigan korxonalar).

145.

Yo‘nalishli tramvay xizmatlari (parklar, depolar, uchastkalar, avariya punktlari va hokazolar), tramvay boshqarmalari, idoralar.

146.

Yo‘nalishli metropoliten xizmatlari (parklar, depolar, uchastkalar, avariya punktlari va hokazolar), metropoliten boshqarmalari.

147.

Yo‘nalishli trolleybus xizmatlari (parklar, depolar, uchastkalar, avariya punktlari va hokazolar), trolleybus transporti boshqarmalari.

148.

Konveyer, trubogidravlik potokli-konteyner, trubopnevmokonteyner, trubop�evmatik va osma arqonli, bir relsli transport va transportning boshqa turlari: ko‘tarish yo‘llarining yo‘nalishli xizmatlari (parklar, depo, uchastkalar, avariya punktlari).

149.

Gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish hamda kommunal maishiy ehtiyojlar va aholiga gazni taqsimlash tashkilotlari.

150.

Issiqlikni kommunal-maishiy ehtiyojlar va aholiga taqsimlash uchun issiqlik taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish tashkilotlari.

151.

Xizmat binolaridan foydalanish va ularni xo‘jalik jihatidan boshqarish.

152.

Ko‘ngilli yong‘in jamiyatlari, yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar.

06 klass

153.

Gidroelektr stansiyalari, ularga tegishli barcha inshootlar bilan birgalikda.

2,00

154.

Sintetik ammiak, azot kislotasi, azotli o‘g‘itlar va tabiiy va koks gazini kompleks qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar.

155.

Kimyoviy usul bilan olinadigan kalsiylashtirilgan soda, natriy bikarbonat, kaustik soda, natriy sulfat ishlab chiqaradigan korxonalar.

156.

Tabiiy va sun’iy charmdan yo‘l va galantereya buyumlari (jomadonlar, portfellar, ranetslar, qo‘lqoplar, hamyonlar, karmonlar, kamarlar, tasmalar qo‘lqoplar), sport buyumlari (sport to‘plari, pokrishkalar, qo‘lqoplar va hokazolar) ishlab chiqaradigan korxonalar.

157.

Non va non-bulka mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonala

158.

O‘simlik moyi ishlab chiqarish, yog‘larni gidrogenizatsiyalash, margarin mahsulotlari, salomas, mayonez, olein, stearin, shamlar va tabiiy olif ishlab chiqarish korxonalari.

159.

Mol yog‘i, qaymog‘i olinmagan sut mahsulotlari, pishloq, brinza, muzqaymoq, kazein, quruq sut va boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar.

160.

Sintetik kimyoviy farmatsevtik dori preparatlari, shuningdek o‘simlik xomashyosidan dori-darmonlar, vitaminlar, fermentlar va kofermentlar, hayvondan olinadigan endokrin preparatlar, antibiotiklar va qonning o‘rnini bosuvchilar va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.

161.

Veterinariya ambulatoriyalari, poliklinikalari, shifoxonalari, uchastkalari, punktlari, qo‘riqlash-karantin veterinariya punktlari, veterinariya-bakteriologiya laboratoriyalari, veterinariya inspeksiyalari, veterinariya, veterinariya-sanitariya stansiyalari va otryadlari.

162.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalarini xo‘jalik jihatidan boshqarish tashkilotlari.

163.

Temir yo‘llarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish korxonalari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan temir yo‘l vokzallari, stansiyalar, lokomotiv, elektrovagon va dizel-poyezd depolari, vagon depolari, yo‘l masofasi vagon uchastkalari va boshqalar.

164.

Yuklarni ortish-tushirish korxonalari, punktlar, ortish-tushirish ishlarining mexanizatsiyalashtirilgan masofalari va uchastkalari, uzatish bazalari, o‘rash idoralari, transport-ekspeditsiya idoralari, konteynyer maydonchalari, ularning bazalari va omborlari va boshqalar.

165.

Aholi va korxonalarning buyurtmalarini bajaradigan transport-ekspeditsiya korxonalari.

166.

Neft, gaz va termal suvlarning foydalanish quduqlarini quradigan tashkilotlar.

07 klass

167.

Polimer plyonkalar, termoplastlardan listlar va quvurlar (poliolefin, polixlorvinil, poliamid, lavsan, polistirol boshqa termoplastlar) ishlab chiqaradigan korxonalar.

2,286

168.

Maishiy sovutgichlar va muzlatgichlar ishlab chiqaradigan korxonalar.

169.

Pollar uchun keramik plitkalar, qoplama sirlangan plitkalar, binolarning old tomonini qoplash uchun keramik buyumlar, keramik kanalizatsiya va drenaj quvurlari, keramik kislotaga chidamli buyumlar va boshqa buyumlarni ishlab chiqaradigan korxonalar.

170.

Trikotaj polotno, shu jumladan texnik trikotaj polotno, shuningdek bo‘yash uchun boshqa korxonalarga beriladigan noski buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar (shu jumladan modellar uylari). Noski buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar. Aholining buyurtmalari bo‘yicha trikotaj buyumlar tayyorlanadigan korxonalar.

171.

Umumiy foydalaniladigan shosse yo‘llarni va ulardagi inshootlarni ta’mirlash va saqlash korxonalari va tashkilotlari, kommunal xo‘jalikka tegishli bo‘lgan shahardagi yo‘llardan tashqari, yo‘l-foydalanish va ko‘prik uchastkalari va yo‘l bo‘limlari boshqarmalari va hokazolar.

08 klass

172.

Qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan bug‘quvur, gazquvur, dizel va boshqa elektr stansiyalari.

2,571

173.

Mustaqil elektr tarmoqlari (tuman energiya tizimlarining elektr uzatish liniyalari va elektr kichik stansiyalari hamda mustaqil balansda turuvchi boshqa elektr tarmoqlari).

174.

Mustaqil issiqlik tarmoqlari (tuman energiya tizimlarining issiqlik tarmoqlari va mustaqil balansda turuvchi boshqa issiqlik tarmoqlari).

175.

Mustaqil balansda turuvchi tuman bug‘qozonlari va boshqa bug‘qozonlar.

176.

Neft va qo‘shilib chiqadigan gazni qazib olish korxonalari hamda ozokerit qazish korxonalari.

177.

Neftni qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari (qurumsiz zavodlar).

178.

Tabiiy (yonadigan) gaz va gaz kondensati qazib oladigan korxonalar.

179.

Tabiiy (yonadigan) gazni qayta ishlaydigan korxonalar, geliy ishlab chiqaradigan korxonalar.

180.

Siqilgan va suyultirilgan gazlar, kislorod, vodorod, argon, kripton, ksenon ishlab chiqaradigan korxonalar. Kaliy o‘g‘itlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish. Aftogen korxonalar.

181.

Plastmassadan qutilar, lotoklar, bochkalar va qoplar ishlab chiqaradigan korxonalar.

182.

Gazlamadan tayyorlangan buyumlarni oqartiradigan, nim ko‘kartiradigan va kraxmallaydigan vositalar, dog‘ni kyetkazadigan, tozalaydigan, sirlaydigan vositalar, charm va zamshdan tayyorlanadigan buyumlarni parvarish qilish vositalari, yelimlaydigan vositalar, parvarish qilish vositalari ishlab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.

183.

Tuproqqa ishlov beradigan va ekish mashinalari (shu jumladan o‘g‘it sepgichlar), donni o‘rish, quritish va yig‘ib olgandan keyin qayta ishlash uchun mashinalar, texnika ekinlari uchun mashinalar, agregatlar, uzellar, detallar, ehtiyot qismlar va texnologik jihozlar.

184.

Sement sanoati va ohaktosh materiallar sanoati uchun texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar: yig‘ma temir-beton, asbotsement buyumlar, issiqlikni izolatsiya qiladigan materiallar zavodlari va boshqalar.

185.

To‘qimachilik sanoati (shu jumladan paxta tozalash, bo‘yash, bezash uskunalari) kigiz-namat va to‘qimachilik galantereya sanoati uchun texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar.

186.

Tikuv va trikotaj sanoati uchun texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar. Ninalar va tikuv va trikotaj sanoati uchun boshqa ommaviy detallar ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.

187.

Asfalt-beton va boshqa bitum-mineral aralashmalar ishlab chiqaradigan korxonalar.

188.

O‘simlik va sintetik dubil ekstraktlar ishlab chiqaradigan korxonalar.

189.

Osh tuzi qazib oladigan va maydalaydigan korxonalar.

190.

Tabiiy choyni qadoqlaydigan va presslaydigan korxonalar (shu jumladan tosh choyni presslash).

191.

O‘simlik xomashyosi, etil spirti, furfurol va uning hosilalaridan, ko‘p atomli spirtlar, yog‘och va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari chiqindilaridan gidroliz usulida olinadigan boshqa mahsulotlardan ozuqa xamirturushlari ishlab chiqaradigan korxonalar.

192.

Tibbiyot instrumentlari, priborlar, apparatlar va uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar.

193.

Noishlab chiqarish maqsadidagi binolar va inshootlarni ta’mirlaydigan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari (binolar va inshootlarni ta’mirlash va qayta qurish idoralari).

194.

Aholi buyurtmalari bo‘yicha uy-joylar (kvartiralar)ni ta’mirlaydigan va quradigan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari.

195.

Tayyorlov (yo‘nalishli, pristan, chuqur) punktlari, bo‘limlar, sotish va uzatish bazalari, elevatorlar, urug‘ni tozalaydigan va donni quritish korxonalari va punktlari, o‘simlik va chorvachilik mahsulotlari tayyorlash idoralari. Sof boshqaruv yoki ustun darajada boshqaruv funksiyalariga ega bo‘lgan tayyorlash tashkilotlari, tayyorlash idoralari ham shu jumlaga kiradi.

(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
09 klass
196.Plastmassadan pressli, quyilgan, pnevmo- va vakuum-shaklli va boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar, madaniy, maishiy buyumlar va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, shuningdek presslash usuli bilan olinadigan qatlamli plastiklar (qog‘ozdan yasalgan va boshqa).2,857
197.Loklar, bo‘yoqlar (matbaa bo‘yoqlari ham shu jumlaga kiradi) va ular uchun mineral pigmentlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
198.Parda-nafis to‘r parda buyumlari, to‘rlar, jiyak buyumlari (tasmalar, chiyratma iplar va hokazolar) lentalar, soyabonlar, batik buyumlari (sharflar, uchburchakli ro‘molchalar, so‘zanalar va hokazolar) galstuklar, erkaklar va bolalar bog‘lagichlari, fitillar, bayroqchalar, bayroqlar, vimpellar va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
199.Shakar va rafinad ishlab chiqaradigan korxonalar.
200.Un ishlab chiqaradigan korxonalar.
201.Yorma ishlab chiqaradigan korxonalar.
202.Omixta yem va oqsil-vitamin qo‘shimchalari ishlab chiqaradigan korxonalar, makkajo‘xorining gibrid va navli urug‘lariga qayta ishlov beradigan korxonalar.
203.Papye-mashedan, mastikadan, tselluloid, plastmassa va boshqa materiallardan metall, yog‘och, yengil egiladigan, o‘ymakorlik o‘yinchoqlari ishlab chiqaradigan korxonalar, archa bezaklarini, bolalar musiqali o‘yinchoqlarini ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar.
204.Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti korxonalari (birlashgan temir yo‘l, temir yo‘l-avtomobil, temir yo‘l-suv xo‘jaligi, temir yo‘llar, lokomotiv va vagon depolari, transport boshqarmalari) va ularning bo‘limlari va boshqalar.
205.Paroxodchilik, yo‘llarning havza boshqarmalari, kemalar suzadigan kanallar boshqarmasi, paroxodchilikning tuman boshqarmalari, paroxodchilikning foydalanish uchastkalari, yo‘lovchilar agentliklari va vokzallar, gidrotexnika inshootlari, tumanlari, gidrouzellar yo‘llarning texnik uchastkalari va boshqalar.
206.Fuqaro aviatsiyasidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari: birlashmalar (aeroportlar bilan) fuqaro aviatsiyasining ishlab chiqarish birlashmalari va boshqarmalari, aviaotryadlar, mustaqil aviaotryadlar (aeroportlar bilan birlashgan) va boshqalar.
207.Ishlab chiqarish maqsadidagi binolar va inshootlarni mukammal ta’mirlaydigan tashkilotlar, shuningdek yer osti muhandislik kollektorlari va inshootlarini mukammal ta’mirlash.
10 klass
208.Rangli metallar parchalari va chiqindilariga dastlabki ishlov beradigan va ikkilamchi rangli metallar quyadigan korxonalar.3,143
209.Sintetik smola va plastik massalar ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
210.Hisoblash komplekslari va mashinalari, ularning markaziy va mahalliy qurilmalarini, tizimlararo aloqa qurilmalarini, analog va anolog-raqamli mashinalarni dasturiy boshqarish qurilmalarni servis tarzida ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar.
211.Avtomobil, traktor va mototsiklet elektr uskunalari va priborlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
212.Har xil maqsaddagi aloqa vositalari ishlab chiqaradigan korxonalar va tashkilotlar. Madaniy-maishiy maqsaddagi radio apparatlari ishlab chiqaradigan korxonalar: keng eshittiradigan radiopriyomniklar, radiolalar, televizorlar, magnitofonlar, elektrofonlar va boshqalar.
213.Metall bankalar, gaz balonlari, qutilar va boshqa qattiq o‘rash materiallari, poyabzal instrumenti, metall polotno va chit, mebel o‘rash prujinalari, texnik va xo‘jalik maqsadidagi zanjirlar, langarlar, metall furnitura ishlab chiqaradigan korxonalar.
214.Sanoatning barcha tarmoqlari kuch va ishlab chiqarish uskunalarini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar (metall qirqadigan va yog‘ochga ishlov beradigan stanoklarni, taxta tilish ramalar, temirchilik-presslash va quyish uskunalarini ta’mirlash bundan mustasno).
215.Lokomotivlar, vagonlar va temir yo‘llar va yo‘l mashinalarining boshqa harakatlanadigan tarkibini ta’mirlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
216.Dengiz, ko‘l va daryo kemalarini, kema uskunalari, mexanizmlari va priborlarini ta’mirlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar. Maxsus kemalar va kemalarni ta’mirlaydigan korxonalar.
217.Qurilish va yo‘l mashinalarini ta’mirlaydigan korxonalar.
218.Fuqaro samolyotlari, vertolyotlari, ularning asbob-uskunalari va aviatsiya dvigatellarini ta’mirlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
219.Sellyuloza, yarim sellyuloza, yog‘och massasi, qog‘oz, karton, shunga o‘xshash tsellyula-qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar.
220.Qog‘oz va kartondan ishlab chiqarish maqsadidagi har xil buyumlar (kalka, pergament, fibrin, kartondan poyabzalning ichki detallari va hokazolar) ishlab chiqaradigan korxonalar. Barcha turdagi qog‘oz va karton idishlar, gulqog‘ozlar, daftarlar, qog‘oz tovarlari (albomlar va boshqalar) ishlab chiqaradigan korxonalar.
221.Yumshoq tom ustiga yopiladigan (ruberoid, pergamin, qora qog‘oz va boshqalar) va gidroizolatsiya (poroizol, izol va boshqalar) materiallarning barcha turlarini ishlab chiqaradigan korxonalar.
222.Charm poyabzal, to‘qimachilik, kombinatsiyalashtirilgan, sport, milliy, ortopedik va charm taglik va charmning o‘rnini bosadigan taglik, boshqa poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar (modellar uylari ham shu jumlaga kiradi).
223.Go‘sht, zotdor parranda uchun parrandalarni ko‘paytirish. Parrandachilik (go‘sht-tuxum) birlashmalari.
224.Avtomobil xo‘jaligidan foydalanadigan va unga xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar: birlashmalar, ixtisoslashtirilgan boshqarmalar, avtomobil xo‘jaliklari, avtomobil korxonalari, avtobus va taksomotor parklari, avtotransport idoralari va boshqalar.
225.Qurilish-montaj ishlari va boshqa ishlarni bajaradigan umumqurilish va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar.
226.Yer yuzasi va jahon okeani tubining biologik tarkibini suratga oladigan va yer qa’rini chuqur o‘rganadigan korxonalar va tashkilotlar.
227.Neft va gaz konlarini geofizik usullar bilan qidiradigan korxonalar va tashkilotlar.
228.Chuqur burg‘ulashni qo‘llagan holda neft va gaz konlarini izlaydigan va razvedka qiladigan, shuningdek quduqlarda sanoat-geofizika tadqiqotlari olib boradigan, quduqlarni mahsuldorligiga ko‘ra sinovdan o‘tkazadigan va burg‘ulash bilan bog‘liq boshqa ishlarni bajaradigan korxonalar va tashkilotlar.
229.Qattiq foydali boyliklar, chuchuk suv, mineral va termal yer osti suvlari konlarini qidiradigan va razvedka qiladigan korxonalar va tashkilotlar.
230.Maxsus ishlarni amalga oshiradigan va alohida geologik vazifalarni, mavzuli va tajriba-metodologiya ishlarini, mineral xomashyodan texnologik tadqiqotlarni bajaradigan korxonalar, tashkilotlar va boshqalar.
11 klass
231.Qattiq qotishmalar, qiyin eriydigan, kukun materiallar ishlab chiqaradigan korxonalar.3,429
232.Fosfat o‘g‘itlar, fosfor va fosfat tuzlari, oltingugurt va fosfor kislotasi, xrom birikmalari va boshqa neorganik mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
233.Tola, kimyoviy iplar va kimyoviy iplardan kord mato ishlab chiqaradigan korxonalar.
234.Boshqa kimyoviy (aktivlashtirilgan ko‘mir, karbyurizatorlar, kimyoviy shimadigan moddalar, kremniy organik birikmalar va boshqalar) mahsulotlar ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
235.Avtomobillarning barcha turlarini (shu jumladan yengil va ixtisoslashtirilgan avtomobillar), avtobuslar, avtoshataklar, avtomobil va traktor tirkamalari, treylerlar, trolleybuslar ishlab chiqaradigan korxonalar. Avtomobillarning kam litrajli va qayiqlarning dvigatellari, agregatlar, karbyuratorlar.
236.Garaj asbob-uskunalarini ishlab chiqaradigan korxonalar (yuvish, nazorat-sina�, optik va boshqa stendlar) haydovchi anjomlar (qo‘l domkratlari va boshqalar) va hokazolar.
237.Elektron texnika buyumlari ishlab chiqaradigan (integral mikrosxemalar, vakuum va yarim o‘tkazgich priborlari, sintetik pyezokvars va undan tayyorlangan buyumlar, radio detallari va radio komponentlari va boshqalar).
238.Poyabzal va galantereya sanoati uchun furnitura va metizlar va boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
239.Meva-sabzavot sanoati. Meva-sabzavot konservalari, shu jumladan go‘sht-o‘simlik va dukkakli o‘simliklar konservalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
240.Go‘sht, kolbasa, dudlangan baliq va boshqa go‘sht mahsulotlari, go‘sht konservalari ishlab chiqaradigan korxonalar. Parranda go‘shtini qayta ishlaydigan korxonalar.
241.Baliq ovlash, dengiz mahsulotlarini qazib olish va ushbu xomashyoni qayta ishlaydigan korxonalar; baliq kulinariyasi va baliq konservalari kombinatlari va korxonalari, baliq sanoati sovutgichlari, zavodlar, aerobaliq qidirish.
242.Sug‘orish, suv chiqarish va quritish tizimlaridan foydalanish (ichki xo‘jalik foydalanilishi bunga kirmaydi), shu jumladan suv omborlari platinalari, gidrouzellar, nasos stansiyalari va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari.
243.O‘rmonlarni ko‘paytirish, o‘rmonlarni tiklash, o‘rmonni parvarish qilish, o‘rmonni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish. O‘rmonlarni muhofaza qilish, o‘rmonlarni berish va o‘rmon fondini hisobga olish. Barcha o‘rmondan foydalaniladiganlarni hisobga olish va tashkil etish, yovvoyi hayvonlar va hayvonlarni qo‘riqlash.
244.Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, qayin sharbati, mevalar, qo‘ziqorinlar, yong‘oqlar, rezavor mevalar, olmalar, urug‘lik, dorivor o‘t�arni to‘plash va ularga dastlabki ishlov berish.
245.Yer ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari.
246.Binolar va inshootlar hamda boshqa obyektlar qurish bilan bog‘liq burg‘ulash va burg‘ulash-portlatish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari.
247.Binolar va inshootlarning beton, temir-beton va metall konstruksiyalarini montaj qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar.
248.Suvoq, bo‘yash, qoplash va bezash ishlarining boshqa turlarini bajaradigan tashkilotlar.
249.Qurilish konstruksiyalari, tiklanadigan inshootlar, o‘rnatilgan asbob-uskunalar va texnologik quvurlarni izolatsiyalash, antiseptirlash va bo‘yash, bug‘ qozonlari, pechlar va boshqa agregatlarni qoplash, futerlash ishlarini bajaradigan tashkilotlar.
250.Vodoprovodlar, kanalizatsiyalar, gazlashtirish, teplofikatsiya va markaziy isitish (isitish bug‘ qozonlari, radiatorlar, kaloriferlar, boylerlar va hokazolar)ning ichki sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalarini montaj qiladigan tashkilotlar.
251.Irrigatsiya-melioratsiya bo‘yicha maxsus qurilish ishlarini bajaradigan tashkilotlar (sug‘orish, quritish).
252.Tashqi kommunikatsiyalar (vodoprovodlar, kanalizatsiyalar, teplofikatsiyalar va boshqalar)ni yotqizadigan, magistral neft-gaz mahsulotlari quvurlarini yotqizadigan tashkilotlar). Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari qurish. Shahar yo‘llari qurish va boshqalar.
253.Daryolarda suv osti-texnik, g‘ovvoslik, tubni chuqurlashtirish, qirg‘oqni mustahkamlash, boshqarish ishlarini, tuproqni yuvish ishlarini (asosiy faoliyat uchun qum va boshqa noruda xomashyoni gidro yuvish bo‘yicha ishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan) bajaradigan tashkilotlar.
254.Uy quradigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar.
255.Boshqa ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari.
256.Qurilishda texnika nazoratini amalga oshiradigan tashkilotlar.
12 klass
257.Qora metall parchalari va chiqindilariga ishlov beradigan zavodlar.3,714
258.Nikel va kobalt ishlab chiqaradigan korxonalar.
259.Elektr dvigatellar va elektr generatorlar, elektr o‘zgartirish qurilmalari (transformatorlar, motor-generatorlar, kuch to‘g‘rilagichlari), yuqori voltli va past voltli elektr apparatlari, kondensatorlar, elektr uskunalari va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
260.Kuchli va kuchsiz tokning kabellari va simlarini, o‘rash simlarini, shnurlar va kabel mahsulotlarining boshqa turlarini ishlab chiqaradigan korxonalar.
261.Qo‘rg‘oshinli va ishqorli akkumulyatorlar, galvanik elementlar va batareyalar, elektr burchak buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar.
262.Payvandlash uzellari va buyumlari tayyorlashda yig‘ish-payvandlash operatsiyalarini bajarish uchun avtomatik, yarim avtomatik potok-mexaniziyalashtirilgan liniyalar, universal va elektr payvandlash uskunalari va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
263.Kimyo sanoati va sanoatning boshqa tarmoqlari kimyoviy jarayonlari uchun texnologiya asbob-uskunalari va apparaturalar ishlab chiqaradigan korxonalar.
264.Neft-sanoat va burg‘ulash geologiya-qidiruv uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
265.Kompressor uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
266.Vakuum nasoslari va agregatlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
267.Nasoslar ishlab chiqaradigan korxonalar: sanoatda umumiy qo‘llaniladigan markazdan qochish, uzatma va bug‘ porshenli nasoslar.
268.Rangli metallar, kulrang va oson bolg‘alanadigan cho‘yan, po‘lat, nometall materiallardan quvur sanoat armaturasi ishlab chiqaradigan korxonalar. Lo‘kidon ishlab chiqaradigan korxonalar va boshqalar.
269.Suyuqliklar va gazlarning harorati, bosimi, keskinligi va darajasini, sarfi va miqdorini, moddalarning tarkibi va xossalarini o‘lchash va boshqarish uchun priborlar, ikkilamchi priborlar, regulyatorlar va ijro mexanizmlari va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
270.Tok, kuchlanish, qarshilik, quvvat, chastota, fazani o‘lchash uchun elektr o‘lchash priborlari, shtitlar, laboratoriya va ko‘chma strelochniklar ishlab chiqaradigan korxonalar. Raqamli priborlar va analog-raqamli o‘zgartirgichlar.
271.Nazorat-o‘lchash, geodeziya, astronomiya priborlari ishlab chiqaradigan korxonalar. Fotoapparatlar, fotokinoobyektivlar, kinoapparatlar. Moddalarning tarkibi va xossalarini o‘rganish uchun optik va optik-mexanik priborlar.
272.Meteorologiya va aerologiya, gidrologiya, geofizika va geologiya priborlari va apparatlari ishlab chiqaradigan korxonalar.
273.Texnika xavfsizligi uchun asbob-uskunalar, veterinariya uchun tibbiyot instrumentlari, apparatlar va uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
274.Quvur uzellari, elektromontaj, sanitariya-texnik zagotovkalar, shuningdek nazorat-o‘lchov priborlari uchun montaj buyumlari va avtomat buyumlar tayyorlaydigan korxonalar.
275.Katakli va tig‘iz silikato betondan yirik bloklar, yirik va mayda devorbop beton bloklari, shag‘al-beton bloklar, tabiiy toshdan bloklar ishlab chiqaradigan korxonalar.
276.Kuydirilgan va selikat quydirish g‘ishti, keramika bloklari va panellar, g‘ishtdan bloklar va panellar, keramik cherepitsa ishlab chiqaradigan korxonalar.
277.Tabiiy toshlar (bloklar): granit, marmar, ohaktosh va boshqalarni qazib oladigan konlar. Ohaktosh va gipsli tosh va shag‘al qazib oladigan korxonalar.
278.Titilgan zig‘ir, kalava, ip, xom mato va tayyor gazlamalar (shu jumladan tikuv stanoklarida ishlab chiqarilgan donali buyumlar), brezent va boshqa texnik va o‘rash uchun gazlamalar, yong‘in qo‘lqoplarining uzatma tasmalari va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
279.Otchilik, bug‘uchilik, tuyachilik, hayvonotchilik, asalarichilik, ipakchilik va boshqalar.
280.O‘simliklar va dov-daraxtlarni himoya qilishni, boshoqli don ekinlarini tozalash va ularga kimyoviy ishlov berishni tashkil etish. Biostansiyalar, biolaboratoriyalar, karantin inspeksiyalari, suv resurslarini taqsimlash inspeksiyalari.
281.Mashina-traktor parklari.
13 klass
282.Po‘lat va cho‘yan (bosimli) suv quvurlari (quvurlar) va ularga fasonlar ishlab chiqaradigan korxonalar.4,00
283.Avtomobillar, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun qo‘lqoplar, tasmalar, transportyor lentalari, plastinlar, det�llar hamda boshqa rezinotexnika buyumlari, rezinali motorlar, ulardan tayyorlangan buyumlar, lateks va reginaratdan buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
284.Rezina poyabzal ishlab chiqaradigan va ularni ta’mirlaydigan korxonalar.
285.Avtomobil, pnevmog‘ildirakli gusenitsali minoralar, minorali kranlar, machta va yuk va yo‘lovchilarni ko‘taradigan ko‘targichlar, konveyerlar, lentali lebedkalar, qurilish yuklagichlari va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
286.Sharikli va rolikli podshipniklar va ularga detallar ishlab chiqaradigan korxonalar.
287.Binolar va inshootlar, ko‘priklar, angarlar, elektr uzatish liniyalari uchun qurilish-po‘lat konstruksiyalar, shuningdek boshqa qurilish-metall konstruksiyalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
288.Tuzilmaviy makonli va ramali konstruksiyalar va binolarning karkaslarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar.
289.Qurilish detallari (deraza va eshik bloklari, parket va boshqalar), yog‘och tolali, yog‘och qirindisili va yog‘och-sement plitalar, duradgorlik plitalari va yog‘och konstruksiyalar ishlab chiqaradigan korxonalar.
290.Mebel (shu jumladan pleten mebel), mebel detallari, prujinali matraslar, metall karkasdagi mebellar, maktab va bolalar mebeli, kutubxonalar, muzeylar, dorixonalar uchun maxsus mebel va hokazolar) ishlab chiqaradigan korxonalar.
291.Sement, maydalash qurilmalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
292.Asbestotsement listlar (shiferlar), konstruktiv elementlar va detallar, asbestotsement quvurlar va boshqa asbestotsement buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
293Shisha sanoati uchun birlamchi xomashyoni qazib olish.
294.Deraza oynasi, sirlangan, arxitektura-qurilish va texnik shisha, penoshisha, silikat-gliba, toshdan yasalgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar. Shisha quvurlar va bloklar, qurilish, issiqlikni izolatsiya qiladigan shisha tola va ulardan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
295.Shisha, konserva va pardoz-andoz uchun shisha idish ishlab chiqaradigan korxonalar.
296.Navli va xo‘jalik idishi, oynalar, termoslar, lampalar va fonarlar uchun shisha, shishadan badiiy buyumlar, billur buyumlar va boshqa xo‘jalik-maishiy buyumlarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
297.Poyabzalning ustki qismi uchun sun’iy yumshoq charm, qoplash maqsadida tikuv va galantereya buyumlari va maishiy maqsaddagi boshqa tovarlarni ishlab chiqaradigan korxonalar. Taglik rezina, poyabzalning ichki detallari uchun sun’iy qattiq charm va boshqalar.
298.Boshoqli va dukkakli ekinlar yetishtirish, shu jumladan urug‘chilik.
299.Ho‘l meva, rezavor meva va uzum, ho‘l meva, rezavor meva va uzumning ekish materiallari yetishtirish.
300.Paxta xomashyosi yetishtirish.
301.Kanop, choy, efir moyi, poliz mahsulotlari, xmel, gullar, dekorativ va dorivor o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlarining boshqa turlarini, shu jumladan ko‘chat materiali va urug‘lik yetishtirish.
302.Aerofoto o‘rmon qurilishi, o‘rmon melioratsiyasi, o‘rmon tuzish korxonalari va ekspeditsiyalar, o‘rmonlarni aviatsiya vositasida muhofaza qilish bazalari, o‘rmon urug‘larining nazorat stansiyalari, tuproq va normativ-tadqiqot laboratoriyalari, o‘rmonlarning inspeksiyalari.
14 klass
303.Cho‘yan, domna pechi ferroqotishmalari, po‘lat, qora metallar prokati, qora metallarning keyinchalik ishlanadigan va metall kukunlarini ishlab chiqaradigan korxonalar.4,286
304.Po‘lat va oddiy sifatli po‘lat arqonlar, mixlar, mahkamlash buyumlari (gaykalar bilan boltlar, shuruplar, vintlar va boshqalar) payvandlash elektrodlari, metall to‘rlar va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
305.Boksitlar va tarkibida alyuminiy mavjud bo‘lgan boshqa xomashyoni qazib oladigan, shuningdek eritilgan shpatni qazib oladigan va boyitadigan korxonalar.
306.Rangli metalllar va qotishmalarga ishlov berish korxonalari.
307.Umummashinasozlik uzellari va detallari (reduktorlar, gidroprivodlar va gidroavtomatika, pnevmatik uskunalar va pnevmatik apparaturalar, moylash uskunalari, filtrlaydigan qurilmalar, tishli g‘ildiraklar va boshqalar) ishlab chiqaradigan ixtisoslashtiril�an korxonalar.
308.Qoplovchi qum (shu jumladan quruq boyitilgan, bentonit gil (shu jumladan kukunda), qoliplovchi gil (shu jumladan kukunda), qoplama qilinadigan qoplovchi qum, tabiiy va sun’iy olovda pishirilgan oq loy va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
309.Isitish qozonlari, priborlar (radiatorlar, qovurg‘ali quvurlar, issiqlik panellari), isitish-ventilatsiya uskunalari, (umumiy vazifali ventilyatorlar, kaloriferlar, gaz agregatlaridan tashqari), uy buyumlari va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
310.Avtomatlashtirilgan sanoat gaz yonadigan qurilmalar, gaz kaloriferlari, rekuperatorlar, har xil isitgichlar, sanoat goryelkalari uchun puflangan vositalar, proporsionaliza�orlar, maishiy plitalar, gazda ishlaydigan suv isitgichlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
311.Aviatsiya texnikasini ishlab chiqaradigan korxonalar.
312.Metro vagonlari, tramvaylar va trolleybuslarni ta’mirlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
313.Ipak xomashyosi yetishtiradigan korxonalar.
314.Tikuv va trikotaj ishlab chiqarishi uchun kalava, jun gazlamalar (shu jumladan xom mato, texnik gazlamalar) va donali buyumlar (odeyallar, ro‘mollar, gilamlar va gilam buyumlari va boshqalar) ishlab chiqaradigan korxonalar
315.Gilamlar va gilam buyumlarini tayyorlaydigan va ta’mirlaydigan korxonalar.
316.Tolalarning har xil turlaridan gazlama va nogazlama vatin tipidagi nogazlama materiallar ishlab chiqaradigan korxonalar.
317.Mo‘ynachilik. Yovvoyi parrandalar tuxumlari, bug‘u, kosul shoxlari va hokazolarni yig‘ish. Ilvasinni ko‘paytirish va uning seleksiyasi. Yovvoyi hayvonlar, qushlar va boshqalarni ovlash.
318.Sirklar (doimiy va ko‘chma), xalq sirk jamoalari.
15 klass
319.Xlor sanoati. Elektroliz usuli bilan olinadigan kaustik soda, xlor, atsetilin asosida xlororganik sintez mahsulotlari va organik mahsulotlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari ishlab chiqaradigan korxonalar.4,571
320.Mexaniziyalashtirilgan mahkamlagichlar, o‘yma komplekslar va agregatlar, shaxta elektrovozlari, vagonetkalar, shaxta ko‘tarish mashinalari, tozalash va o‘tish ishlari uchun kombaynlar, ko‘mir qazish uchun strugak qurilmalar, qayta yuklagichlar va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar.
321.Metalldan jismoniy tarbiya va sport uchun buyumlar (qurollar, baliq ovlash anjomlari, ov anjomlari, konkilar) ishlab chiqaradigan korxonalar. Bolalar maydonchalari uchun uskunalar (zinapoyalar, arg‘imchoqlar, karusellar) va boshqalar.
322.Traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalarini va inventarni ta’mirlaydigan ixtisoslashtirilgan korxonalar.
323.Yig‘ma temir-beton va beton (devorbop materiallardan tashqari) konstruksiyalar armatura bilan mustahkamlash ham shu jumlaga kiradi va sementli va sementsiz betonlardan buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
324.Linoleumning har xil turlari, uni yelimlash uchun mastiklar, qurilish, penopolistil buyumlar va polimer xomashyodan qurilish uchun boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
325.Qurilish toshi, toshqol, qum-tosh aralashma va qurilish qumi qazib olish, maydalash va boyitish korxonalari.
326.Tikuv va trikotaj ishlab chiqarishi uchun iplar, xom mato va tayyor ip-gazlamalar, shu jumladan texnik gazlamalar (belting, uzatma tasmalar, yong‘in qo‘lqoplari va hokazolar), momiq, ip-gazlama vatin, iplar va boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
327.Kalava, ipak, iplar, barcha turdagi xom mato va tayyor ipak gazlamalar ishlab chiqaradigan korxonalar.
16 klass
328.Appatit-nefelin va fosforit rudalar, tabiiy kaliyli tuzlar, tarkibida oltingugurt, bo‘r, margumish va barit bor bo‘lgan tabiiy rudalarni qazib olish va boyitish korxonalari.4,857
329.Temir yo‘l va harakatlanadigan umumiy maqsadli va maxsus metall, portal, kozlov, konteyner, bir blokli (kran-to‘sin) elektr ko‘prik kranlari, kran-shtabeler, ostliklar, qo‘lda boshqariladigan kranlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
330.Chorvachilik va parrandachilikni mexanizatsiyalashtirish uchun ozuqa tayyorlash va ozuqa yetishtirish uchun mashinalar ularga asbob-uskunalar, uzellar, detallar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
331.Ekskavatorlar, zovur va tuproq qazgichlar, zemlesoslar, greyderlar, buldozerlar, skreperlar, sirmangichlar, qor ortiladigan mashinalar, yo‘l sozlagichlar va boshqalarni ishlab chiqaradigan korxonalar. Quvurlar (quvur yotqizgichlar, qurilishi uchun maxsus mashinalar) ishlab chiqaradigan korxonalar.
332.Traktorlar, traktorlarning barcha turlarini, traktor va kombayn dvigatellarini, agregatlar, uzellar, detallar hamda traktorlar va ko‘rsatib o‘tilgan dvigatellarga qismlar ishlab chiqaradigan korxonalar.
333.Kanop tolasi, jut va tolali o‘simliklar yetishtiradigan korxonalar.

16 klass

334.Tarkibida qimmatbaho metallar bor bo‘lgan rudalar va qumlarni qazib va qayta ishlash korxonalari.5,143
335.Bo‘g‘ qozonlari, energetika atom reaktorlari va qozonxona-yordamchi uskunalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
336.Yog‘ochga ishlov berish stanoklari, taxta tiladigan ramalar, yog‘ochga ishlov berish sanoati uchun avtomatik va yarim avtomatik liniyalar ishlab chiqaradigan korxonalar.
337.Xo‘jalik maqsadida chinni va fayans idish va badiiy chinni ishlab chiqaradigan korxonalar.
18 klass
338.Ko‘mirni ochiq usulda qazib oladigan korxonalar.5,714
339.Quyish uskunalari ishlab chiqarishi. Aralashma tayyorlagich, qoliplagich va sterjen, tozalash va urib chiqarish mashinalari avtomatik va yarim avtomatik potok liniyalari, quyish mashinalari ishlab chiqaradigan korxonalar.
19 klass
340.Nometall rudalarni qazib olish. Kaolin, talk, pegmatit, slyuda xomashyosi qazib olish va boyitish korxonalari.6,00
341.Paxta tozalash sanoati. Paxta tolasi ishlab chiqaradigan korxonalar.
342.Shaxta qurilishi, shaxtalarni quritish bo‘yicha maxsus ishlarni va boshqa kon kovlash ishlarini, shu jumladan metropoliten qurilishini amalga oshiradigan tashkilotlar.
20 klass
343.Ko‘mirni yer osti usulida qazib oladigan korxonalar.7,714
344.Volfram-molibden rudasini qazib oladigan va boyitadigan korxonalar.
1. Bir yil muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdori (PR) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga ushbu ilovaning I bo‘limida keltirilgan sug‘urta summasi (SS), yillik bazaviy stavka (TB) va sug‘urta tarifining tegishli tarifini (KST) ko‘paytirish yo‘li bilan quyida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlanadi:
2. Bir yildan kam muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdori (PR) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga ushbu ilovaning I bo‘limida keltirilgan sug‘urta summasi (SS), yillik bazaviy stavka (TB) va sug‘urta tarifining tegishli tarifini (KST) va majburiy sug‘urta shartnomasi tuziladigan kunlar sonini (D) ko‘paytirish yo‘li bilan quyida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlanadi:
1. 6-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
2. 9-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.