11.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1964
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi Davlat test markazining, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazining qarori, 11.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1964
Кучга кириш санаси
21.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2010
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 473-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 473-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil 20-son, 199-modda) muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb yuritiladi) o‘zlari va ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlangan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish tartibini belgilaydi.
16. Ushbu Nizomning 8, 11, 14 va 15-bandlarida belgilangan tartib asosida qamrab olinmagan bitiruvchilarning hujjatlari bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) roziligi bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi.