O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining faoliyatini tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroridagi:
aholiga pulli asosda diagnostika va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarga orderlar berish, ularni davolashga yotqizish va davolash haqini to‘lash tartibi;
markazlar daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga tatbiq etilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining davlat tasarrufidagi mol-mulki faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda garov, ayirboshlash yoki oldi-sotdi predmeti bo‘lishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan: 2010-yildan boshlab — Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazining hamda Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazining, 2014-yildan boshlab — Respublika dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy markazining hamda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tishi jadvali tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini budjetdan moliyalashtirish hajmlarini tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda markazlar kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni va ularning shaxsiy tarkiblarini, yangi shart-sharoitlarda markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlasin;
har bir respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha uning sohasidan kelib chiqqan holda pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarif siyosatini, shuningdek budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin.
Amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida akusherlik va ginekologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etiladi.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi to‘liq ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markaz akusherlik va ginekologiya sohasida ixtisoslashish turlari bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik, o‘quv bazasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini Markaz oldidagi maqsad va vazifalarga muvofiq, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat tilida — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr akusherstva i ginekologii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, H.Abdullayev ko‘chasi, 132 A - uy.
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan, tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek akusherlik va ginekologiya maktabini shakllantirish;
aholining akusherik va ginekologiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha patologiyali homilador ayollarga, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mavjud o‘rinlar fondi va poliklinika davolash quvvatining 20 foizigacha miqdorda - bepul asosda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga-pulli asosda akusherlik va ginekolgiya sohasida yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni ta’minlash, Markazni akusherlik va ginekologiya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida akusherlik va ginekologiya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) o‘zining akusherlik va ginekologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash bo‘yicha ilg‘or metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) akusherlik va ginekologiya sohasida o‘zining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) akusherlik va ginekologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash.
respublika aholisining akusherlik va ginekologiya sohasida diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilg‘or yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
akusherlik va ginekologiya bo‘yicha eng keng tarqalgan kasalliklar turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilg‘or, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida akusherlik komplekslari va tug‘ruqxona bo‘limlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning o‘z maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
zarurat bo‘lganda Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
akusherlik va ginekologiya sohasidagi dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini o‘tkazadi;
akusherlik va ginekologiya bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik hamda axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rivojlanish biznes-rejalarini, xarajatlar smetasini tuzish, ularning hajmlarini va shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
Markaz sohasi bo‘yicha pulli asosda aholiga yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
akusherlik va ginekologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika mintaqalarida filiallar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
akusherlik va ginekologik tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zamonaviy, xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni ta’minlash va rivojlantirish;
aholiga tasdiqlangan tariflarga muvofiq akusherlik va ginekologiya bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘z mablag‘lari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz tarkibiga bir smenada 240 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 236 bemor o‘rniga mo‘ljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat bo‘lganda Markaz direktori tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Direktor o‘rinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning o‘rinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat bo‘ladi.
Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Markazning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar to‘g‘risidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yo‘nalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
patologiyali homilador ayollarga, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mavjud o‘rin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 20 foizigacha, shuningdek shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga 10 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnikasi bilan jihozlash uchun;
Budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar to‘loviga, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlashga esa - G‘aznachilik orqali ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning o‘zini o‘zi moliyalashtirish va o‘z xarajatlarini qoplashga o‘tishiga qarab Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarining ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab, belgilangan tartibda belgilanadi.
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha esa Yagona tarif setkasi bo‘yicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng ko‘p miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti negizida pediatriya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi to‘liq ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markaz pediatriya sohasida ixtisoslashish turlari bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini qonunchilik doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr pediatrii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Chimboy ko‘chasi, Talant tor ko‘chasi, 3-uy.
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek pediatriya maktabini shakllantirish;
aholining pediatriyada diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga-pulli asosda pediatriya sohasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni ta’minlash, Markazni pediatriya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida pediatriya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) o‘zining pediatriyada profilaktika, diagnostika va davolash bo‘yicha ilg‘or metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) pediatriyada o‘zining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) pediatriya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash.
respublika aholisining pediatriyada diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilg‘or yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
bolalar kasalliklarining eng keng tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilg‘or samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida viloyatlarning bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning o‘z maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
pediatriyada dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini o‘tkazadi;
pediatriya bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik hamda axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rivojlanish biznes-rejalarini, o‘z budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
pediatriya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarida filiallar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiy yordamiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zamonaviy xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni ta’minlash va rivojlantirish;
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul asosda yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘z mablag‘lari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz tarkibiga bir smenada 200 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 275 bemor o‘rniga mo‘ljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat bo‘lganda Markaz direktori tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Direktor o‘rinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning o‘rinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat bo‘ladi.
Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Markazning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar to‘g‘risidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yo‘nalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mavjud o‘rin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatiga qarab bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va yillik investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar to‘loviga, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlashga esa - G‘aznachilik orqali ajratiladi.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarining ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish esa bajariladigan ishning murakkabligi darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha esa Yagona tarif setkasi bo‘yicha, lavozim maoshlarini, shuningdek eng ko‘p miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf qiladi. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Gastroenterologiya ilmiy markazi negizida terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi to‘liq ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markaz terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida ixtisoslashish turlari bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini qonun hujjatlari doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
davlat tilida — Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr terapii i meditsinskoy reabilitatsii.
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali, moddiy va ilmiy bazani, shuningdek terapiya va tibbiy reabilitatsiya maktabini shakllantirish;
aholining ichki kasalliklar (terapiya) va tibbiy reabilitatsiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan, ushbu Nizomga ilovaga muvofiq imtiyozli toifali shaxslarga mavjud o‘rinlar fondi va poliklinika davolash quvvatining katta yoshdagilar bo‘limlari bo‘yicha — 20 foizigacha, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘limlari bo‘yicha - 100 foizigacha miqdorda bepul asosda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga—pulli asosda terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni ta’minlash, Markazni terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ichki organlar kasallanganda ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya qilish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida ichki organlar kasalliklarini diagnostika qilish va davolash hamda ularni reabilitatsiya qilishning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) o‘zining ichki kasalliklarni profilaktika va diagnostika qilish hamda davolash bo‘yicha ilg‘or metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida o‘zining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) terapiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash.
respublika aholisining ichki organlar kasalliklari sohasida diagnostika, davolash va profilaktika qilish hamda ularni tibbiy reabilitatsiya qilishning jahondagi ilg‘or yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
ichki kasalliklarning eng ko‘p tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilish hamda tibbiy reabilitatsiya qilishning ilg‘or, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida viloyatlarning ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning o‘z maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
zarurat bo‘lganda Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
dorivor preparatlarni, tibbiy maqsadlardagi vositalarni, shuningdek terapiyada diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilish metodlarini klinik sinovdan o‘tkazadi;
ichki kasalliklar bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik hamda axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rivojlanish biznes-rejalarini, o‘z budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
terapiya va tibbiy reabilitatsiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarida filiallar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadi va vazifalariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zamonaviy, xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni ta’minlash va rivojlantirish;
aholiga tasdiqlangan tariflarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘z mablag‘lari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz tarkibiga bir smenada 150 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 400 bemor o‘rniga mo‘ljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat bo‘lganda Markaz direktori tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Direktor o‘rinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning o‘rinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat bo‘ladi.
Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Markazning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar to‘g‘risidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yo‘nalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mavjud o‘rinlar fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining ushbu Nizomga ilovada ko‘rsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga katta yoshdagilar bo‘limlari bo‘yicha — 20 foizigacha, bolalar bo‘limlari bo‘yicha — 100 foizgacha, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lgan bemorlarga — 2 foizigacha bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar to‘loviga, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlashga esa - G‘aznachilik orqali ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning o‘zini o‘zi moliyalashtirish va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tishiga qarab Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha esa Yagona tarif setkasi bo‘yicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng ko‘p miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
10. 15-17 yoshdagi o‘smirlarni va chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) shaxslarni tekshirish va davolash.
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
(11-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida dermatologiya va venerologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi to‘liq ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markaz dermatologiya va venerologiya sohasida ixtisoslashish turlari bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlariga va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini qonun hujjatlari doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
davlat tilida— Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr dermatologii i venerologii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Forobiy ko‘chasi, 3-uy.
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek dermatovenerologiya maktabini shakllantirish;
aholining dermatologiya va venerologiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
jinsiy yo‘llar orqali o‘tadigan kasalliklarga duchor bo‘lgan shaxslarga hamda ushbu Nizomga ilovaga muvofiq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan imtiyozli toifadagi shaxslarga mavjud o‘rinlar fondi va poliklinika davolash quvvatining 30 foizigacha miqdorda - bepul asosda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga-pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni ta’minlash, Markazni dermatologiya va venerologiya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun aralash moliyalashtirish shartlarida moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida dermatologiya va venerologiya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) o‘zining dermatologiya va venerologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash bo‘yicha ilg‘or metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) dermatologiya va venerologiya sohasida o‘zining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) tibbiyot sohasida respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) dermatologiya va venerologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash.
respublika aholisining dermatologiya va venerologiya sohasida diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilg‘or yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
dermatovenerologiya kasalliklarining eng keng tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilg‘or, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida viloyatlar, shaharlar va tumanlar dermatovenerologiya dispanserlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning o‘z maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
dermatologiya va venerologiya sohasidagi dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini o‘tkazadi;
dermatologiya va venerologiya bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik hamda axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rivojlanish biznes-rejalarini, o‘z budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
Markaz sohasi bo‘yicha pulli asosda aholiga yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
dermatologiya va venerologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika mintaqalarida filiallar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadi va vazifalariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya bo‘yicha tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zamonaviy, xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni ta’minlash va rivojlantirish;
aholiga tasdiqlangan tariflarga muvofiq dermatologiya va venerologiya bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘z mablag‘lari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz tarkibiga bir smenada 70 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 160 bemor o‘rniga mo‘ljallangan statsionar kiradi.
Zarurat bo‘lganda Markaz direktori tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Direktor o‘rinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning o‘rinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat bo‘ladi.
Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Markazning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar to‘g‘risidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yo‘nalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ushbu Nizomga ilovada ko‘rsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga va jinsiy yo‘llar orqali o‘tadigan infeksiyalar bilan kasallangan shaxslarga mavjud o‘rin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 30 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish Davlat dasturi va yillik investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar to‘loviga, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlashga esa - G‘aznachilik orqali ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning o‘zini o‘zi moliyalashtirish va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tishiga qarab Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha esa Yagona tarif setkasi bo‘yicha, lavozim maoshlarini, shuningdek eng ko‘p miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
10. 15-17 yoshdagi o‘smirlarni va chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) shaxslarni tekshirish va davolash.
11.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan nafaqa olishadigan kam ta’minlangan oilalardagi shaxslar.
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ftiziatriya va pulmonologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi to‘liq ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markaz ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ixtisoslashish turlari bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini qonunchilik doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat tilida — Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr ftiziatrii i pulmonologii imeni Sh.Alimova.
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ftiziopulmonologiya maktabini shakllantirish;
aholining ftiziatriya va pulmonologiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
sil kasali bilan kasallangan shaxslarga, shuningdek pulmonologiya kasalliklari bo‘lgan bemorlarga - bepul asosda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga-pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni ta’minlash, Markazni ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun aralash moliyalashtirish shartlarida moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida ftiziatriya va pulmonologiya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) o‘zining ftiziatriya va pulmonologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash bo‘yicha ilg‘or metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) ftiziatriya va pulmonologiya sohasida o‘zining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) tibbiyot sohasida respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) ftiziatriya va pulmonologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash.
respublika aholisining turli sil kasalliklarini oldini olish hamda nafas organlari kasalliklarini (NOK) diagnostika qilish, davolash va profilaktikaning jahondagi ilg‘or yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
ftiziatriya va pulmonologiya bo‘yicha eng keng tarqalgan kasalliklar turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilg‘or, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
respublika mintaqalarida ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari ixtisoslashgan bo‘limlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning o‘z maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
ftiziatriya va pulmonologiya sohasidagi dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini o‘tkazadi;
ftiziatriya va pulmonologiya bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik hamda axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rivojlanish biznes-rejalarini, o‘z budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini va sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
ftiziatriya va pulmonologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlariga va predmetiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(11-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda, belgilashga haqlidir.
ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zamonaviy, jahon talablaridagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni ta’minlash va rivojlantirish;
sil kasali va nafas organlari kasalliklari bo‘lgan bemorlarga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va aniq yo‘nalishli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘z mablag‘lari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz tarkibiga bir smenada 50 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 500 bemor o‘rniga mo‘ljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat bo‘lganda Markaz direktori tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Direktor o‘rinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning o‘rinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat bo‘ladi.
Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Markazning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar to‘g‘risidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yo‘nalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sil kasali bo‘lgan bemorlar, shuningdek pulmonologiya kasalliklari bo‘lgan bemorlarga mavjud o‘rin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatiga bog‘liq holda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlashini rivojlantirish Davlat dasturi va yillik investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar to‘loviga, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlashga esa - G‘aznachilik orqali ajratiladi.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish esa bajariladigan ishning murakkabligi darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan Tarif setkasi bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha esa Yagona tarif setkasi bo‘yicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng ko‘p miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan ro‘yxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida endokrinologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi to‘liq ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Markaz endokrinologiya sohasida ixtisoslashish bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini qonunchilik doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr endokrinologii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, H.Abdullayev ko‘chasi, 56-uy.
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek endokrinologiya maktabini shakllantirish;
aholining endokrinologiyada diagnostika, davolash va profilaktika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish.
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha endokrin kasalliklardan azob chekadigan bemorlarga mavjud o‘rin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 30 foizigacha miqdorda - bepul asosda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga-pulli asosda endokrinologiya sohasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni ta’minlash, Markazni endokrinologiya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini ta’minlash uchun aralash moliyalashtirish shartlarida moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida eng ko‘p tarqalgan endokrin kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) endokrinologiyada profilaktika, diagnostika va davolash bo‘yicha o‘zining ilg‘or metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) endokrinologiyada o‘zining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
j) tibbiyot sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) endokrinologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash.
respublika aholisining endokrinologiyada diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilg‘or yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
endokrinologik kasalliklarining eng ko‘p tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilg‘or samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
respublika mintaqalarida endokrinologiya dispanserlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning o‘z maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
zarurat bo‘lganda Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganlarni davolashga yotqizish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yo‘nalishi bo‘yicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
endokrinologiyada dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini o‘tkazadi;
endokrinologiya bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik hamda axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rivojlanish biznes-rejalarini, o‘z budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini va sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
endokrinologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarida filiallar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlariga va predmetiga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda, belgilashga haqlidir.
endokrinologiya sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zamonaviy jahon talablaridagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni ta’minlash va rivojlantirish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va aniq yo‘nalishli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
o‘z mablag‘lari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Markaz tarkibiga bir smenada 250 nafar bemorga xizmat ko‘rsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 246 bemor o‘rniga mo‘ljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat bo‘lganda Markaz direktori tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
o‘z faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Direktor o‘rinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning o‘rinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat bo‘ladi.
Markaz Kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Markazning Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda o‘tkaziladi, uning qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Filiallar ular to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Filiallar to‘g‘risidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yo‘nalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
endokrinologik bemorlarga mavjud o‘rin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 30 foizigacha, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lgan bemorlarga 15 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat bo‘lgan) tibbiy yordam turlariga belgilangan imtiyozli tariflar bo‘yicha aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Budjet mablag‘lari Markazga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam ko‘rsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlar to‘loviga, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlashga esa - G‘aznachilik orqali ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning o‘zini o‘zi moliyalashtirish va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tishiga qarab Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha esa - Yagona tarif setkasi bo‘yicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng ko‘p miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.