14.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1939
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 14.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1939
Кучга кириш санаси
24.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2012
 LexUZ sharhi
Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarini umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 24-dekabrdagi 110, 2010-55-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1939-1, 28.12.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 528-modda)
10. Davlat soliq xizmati organi avval xususiylashtirilgan korxonani uni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazilishi to‘g‘risida ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda, choraklik va yillik hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatidan keyin 5 kun ichida yozma ravishda xabardor qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 24-dekabrdagi 110, 2010-55-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1939-1, 28.12.2010-y.) tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 528-modda)