03.02.2006 yildagi 4-son
Hujjat 03.02.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Sud buyrug‘i birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning alohida bir turi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida ko‘rsatilgan talablar yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar bo‘yicha chiqariladi va u ijro hujjati kuchiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab O‘zbekiston Respublikasi FPKning 145-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 152-moddasi bilan belgilangan da’vo arizani qabul qilishni rad etishning umumiy asoslari bilan bir qatorda, agarda:
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda nizoli boshqa talab quyilgan bo‘lib, ushbu talablarni alohida ko‘rish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2385-moddasiga muvofiq sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza qabul qilishdan rad qilinishi va undiruvchiga tegishli tartibda da’vo ariza bilan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.
9. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida nazarda tutilgan talablar bo‘yicha undiruvchi sud buyrug‘i chiqarish haqidagi ariza bilan yoki da’vo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud da’vo talabini qabul qilish va ishni da’vo tartibida ko‘rishni rad qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2382-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmagan taqdirda sud buyrug‘i chiqarish mumkin. Shunga ko‘ra, undiruvchi taraflar o‘rtasida da’vo tartibida hal qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjud emasligi haqidagi o‘z talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi FPK 2382-moddasining 3-bandiga asosan, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab bo‘yicha sud buyrug‘i arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oila kodeksi 136-moddasining 3-qismi talabiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalar uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishini e’tiborga olib, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish talabida o‘tgan davr uchun ham aliment undirish talabi qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan davr uchun aliment undirish haqidagi talab O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 136-moddasining 4-qismida ko‘rsatilgan holatlar aniqlangandagina qanoatlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, sud talab berilgan kundan boshlab aliment undirish haqida sud buyrug‘i berib, o‘tgan davr uchun aliment undirish qismi bo‘yicha esa undiruvchiga da’vo tartibida sudga murojaat qilishi huquqini tushuntiradi.
13. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2384-moddasiga muvofiq, sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risida ariza berilganda qonun hujjatlarida da’vo arizalar uchun belgilangan tartib va miqdorda davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agar ariza O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2383-moddasi talablariga javob bermasa yoki davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilib, o‘z ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini to‘lash uchun ko‘pi bilan uch kun muhlat berishi mumkin. Undiruvchi belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kundan qabul qilingan hisoblanadi. Aks holda, sudya qonun talabiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Sudlar, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslarini sud buyrug‘i chiqarishni rad etish asoslaridan farqlay bilishlari lozim. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi FPK 2385-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslaridan farqli ravishda, sud buyrug‘i chiqarishni rad etish uchun ariza qabul qilinganidan keyin taraflar o‘rtasida huquq to‘g‘risidagi nizo mavjudligi, shuningdek, arz qilingan talabning FPK 2382-moddasida nazarda tutilmaganligi asos bo‘ladi. Sud buyrug‘i chiqarishni rad qilish to‘g‘risida sudya ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi FPK 2388-moddasining talablariga ko‘ra, sud buyrug‘i hal qiluv qaroridan farq qilib, unda bayon va asoslantiruvchi qismlar mavjud bo‘lmasdan, talablarni qanoatlantirishga asos bo‘lgan moddiy qonun normasini ko‘rsatish bilan chegaralanishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2389-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘ining nusxasini qarzdorga darhol yuborish tartibi, shuningdek, FPKning 23810-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolatidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2389-moddasida ko‘rsatilgan qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishligi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPKning 12-bobida ko‘rsatilgan talablar qo‘llanilishi, shu jumladan, o‘tkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi ajrimga nisbatan FPKning 130-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat keltirish mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.