Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 03.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida bayon etilganidek, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
Sudlar tomonidan ko‘rilgan yer bilan bog‘liq nizolar yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish shuni ko‘rsatdiki, mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi normalari asosan to‘g‘ri qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga ishlarni taalluqliligi masalasida, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va ularni bekor qilish, yer uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksini tatbiq qilish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri hal qilish yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vakolatli organ va mansabdor shaxslarning yer munosabatlariga doir qarorlari va harakatlari ustidan berilgan shikoyatlar O‘zbekiston Respublikasi FPKning 26—29 boblarida nazarda tutilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tartibida ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash;
7. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibda tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida kelib chiqqan xo‘jalik sudlariga taalluqli nizolardan tashqari qolgan barcha ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 31-moddasining 1-bandiga asosan umum yurisdiksiya sudlariga taalluqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 10-moddasining 5-qismi va 21-moddasi talabiga muvofiq yer uchastkasini bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa, bunday yer bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb e’tirof etiladi, bu xol yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini yoki undan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi davlat hujjatlarida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini bo‘lish va undan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek, yer uchastkasi chegarasini belgilash to‘g‘risidagi nizolarni hal qilishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 22-moddasining 4-qismiga asosan davlat yer kadastri va yer ekspertizalarining yer uchastkasini bo‘lish imkoniyati to‘g‘risidagi xulosasi va yer uchastkasidan ilgaridan foydalanish tartibi o‘rnatilganligi holatidan kelib chiqishlari lozim. Agarda, birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasida ilgaridan foydalanish tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, u holda yer uchastkasi taraflarning uy-joydagi hissasiga mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 62-moddasining 4-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda kirib chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasi 1-qismining 6-11-bandlari asosida yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risidagi vakolatli organlar qarorlarining qonuniy va asosliligi masalasini hal qilishda, sud ular tomonidan mazkur kodeksning 38-moddasi talablariga rioya qilinganligi holatiga baho berishi lozim.
15. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 36-moddasining 6-qismi talabiga muvofiq, yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlaridan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar (chet elga jo‘nab ketganlik, yer uchastkasidan belgilanganidan ko‘proq muddat davomida foydalanmaslik) sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi. Bu holatda yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, lekin egasiz mol-mulk tariqasida davlat ro‘yxatiga olingan kundan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil mobaynida yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdorining O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 40-moddasida belgilangan majburiyatlari bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan, servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar ular servitut to‘g‘risida o‘zaro kelisha olmasalar, unda servitut cheklangan tarzda foydalanuvchining da’vosi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda sudlar, tegishli vakolatli organlarni ishga jalb etishlari va servitut belgilash yuzasidan ularning xulosasini olishi shart. Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatiga olinishi lozim. Yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda servitut saqlanib qoladi. Servitutni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar barham topsa belgilangan servitut bekor qilinishi mumkin.
17. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va qayta sotib olish to‘g‘risidagi qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37 va 41-moddalarida nazarda tutilgan shartlar va kafolatlar tegishli tartibda bajarilganidan so‘ngina yer uchastkasini olib qo‘yishi mumkinligiga e’tibor qaratishlari lozim.
18. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 91-moddasining 3-qismiga muvofiq, davlat hisobidagi yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganida, uni qaytarib olish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganida uni yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, ijarachiga yoki yer uchastkasining mulkdoriga qaytarish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
19. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 86 va 87-moddalarida belgilangan tartib va holatlarda zarar yetkazuvchi hisobidan to‘la hajmda, fuqarolik qonun hujjatlarining zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni belgilovchi umumiy qoidalariga amal qilgan holda qoplanishi lozimligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”