Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazoning to‘g‘ri tayinlanishi odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolatidir.
Adolatli jazo tayinlanishi undan ko‘zlangan maqsadlarga — mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Sud amaliyoti tahlili sudlar tomonidan jazo tayinlashda qonun normalari asosan to‘g‘ri qo‘llanilayotganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning liberallashtirilishi mohiyatini sudlar har doim ham chuqur tushunishmayotganligi oqibatida ayrim jinoyat ishlari bo‘yicha jazo turi va me’yorini belgilashda xatoga yo‘l qo‘yilmoqda.
Jazo tayinlash masalalarini tartibga soluvchi qonun normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori jinoyat uchun jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilishga qaratilsin.
2. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarligi prinsipi jazo qo‘llanilishi shartligini anglatmaydi.
Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni JK 65, 66, 70, 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan va jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko‘ra, jazo adolatli bo‘lishi — har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va sog‘lig‘i, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi.
4. Qonun tayinlanadigan jazo turi va me’yorini aybdorning shaxsini tavsiflovchi obyektiv va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq qilib qo‘yganligi tufayli sudlar jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish paytida mazkur holatlarni aniqlashlari shart.
Obyektiv omillarga, xususan, aybdorning yoshi, jinsi, homiladorlik holati, ijtimoiy omillarga — sudlanganligi, oiladagi, jamiyatdagi xulq-atvori, mashg‘uloti, davlat yoki ijtimoiy mavqeyi va h.k. lar kiradi.
5. Sudlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, shuningdek uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlash uchun qonunda mavjud barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari kerak.
Qonun normasi sanksiyasida alternativ jazolar mavjud bo‘lganda hukmda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni qo‘llash zarurligi to‘g‘risidagi masala muhokama etilishi shart.
6. Jinoyat-protsessual kodeksi 467-moddasining birinchi qismi talabiga ko‘ra hukmda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar ko‘rsatilishi lozim.
7. Qonun (JK 55-moddasi) jazoni yengillashtiruvchi holatlar doirasini cheklamaydi. Shu sababli jazo tayinlash paytida ushbu moddada ko‘rsatilmagan boshqa holatlar ham jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin (masalan, ijtimoiy xavfliligi katta bo‘lmagan jinoyatning birinchi marta sodir etilishi, sudlanuvchining yosh bolasi borligi, jinoyatning birovga rahmdillik ko‘rsatilishi sababli sodir etilishi, aybdor tomonidan bevosita jinoyat sodir etilganidan so‘ng jabrlanuvchiga tibbiy yoki boshqa tarzda yordam ko‘rsatilishi va h.k.). Bunday holatning jazoni yengillashtiruvchi deb topilganligi haqidagi xulosa hukmda asoslantirilishi kerak.
Aybni bo‘yniga olib kelish ko‘rinishidagi jazoni yengillashtiruvchi holat bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda sudlar tergov organlariga berilgan ariza yoki jinoyat to‘g‘risida tergov organi mansabdor shaxsiga qilingan xabar (har qanday shaklda) ixtiyoriy bo‘lgan-bo‘lmaganligini va bu holat shaxs jinoyat sodir etishdagi o‘z ishtirokini u gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) sifatida ushlangan yoki gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror unga e’lon qilingandan so‘ng tasdiqlaganligi bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligini tekshirib ko‘rishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar jinoyat sodir etilganligi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha uni sodir etgan shaxs aniqlangan bo‘lmasa, shaxsning o‘z qilmishi to‘g‘risida ixtiyoriy ravishda bergan arizasi yoki xabari aybni bo‘yniga olish deb baholanishi kerak. Shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning o‘zi sodir etgan boshqa, tergov organlariga ma’lum bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi arizasi ham aybni bo‘yniga olish deb qaralishi lozim.
Ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari bo‘yicha shaxs aybini bo‘yniga olib kelgan bo‘lsa, bu holat jazoni yengillashtiruvchi sifatida faqat bo‘yinga olish to‘g‘risida ariza berilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.
8. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar doirasi (JK 56-moddasi) qat’iy belgilangan bo‘lib, u sud tomonidan kengaytirilishi mumkin emas. Biroq, muayyan jinoyatning xususiyatlaridan kelib chiqib, sabablarini hukmda asoslantirgan holda sud ulardan birortasini ham jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar, agar ular jinoyat tarkibining belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb sanalishi mumkin emas.
9. Takroran va retsidiv jinoyat sodir etilishi qonunda belgilangan asoslar va doirada og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelishini inobatga olib, har bir ish bo‘yicha JK 77—80-moddalariga muvofiq tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik holati mavjudligi haqidagi materiallar tekshirib chiqilishi va shunga asoslanib, retsidiv jinoyat bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi masala hal etilishi kerak.
Jinoyat kodeksi 34-moddasi mazmuniga ko‘ra, retsidiv jinoyat mavjudligi haqidagi masalani hal etishda shaxs sudlanayotgan yoki muqaddam sudlangan qasddan sodir etilgan jinoyat tamom bo‘lgan yoki tamom bo‘lmagan jinoyat ekanligi, shuningdek ushbu jinoyatlardan qay birida bo‘lsin shaxs bajaruvchi yoki ishtirokchi bo‘lganligi ahamiyatga ega emas.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, JK 34-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshgacha sodir qilingan jinoyat uchun sudlanganlik shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishda hisobga olinmaydi. Shundan kelib chiqib, agar shaxs muqaddam bir nechta jinoyat uchun sudlangan bo‘lib, ulardan ayrimlarini voyaga yetmagan yoshda sodir etgan bo‘lsa, faqat voyaga yetgan davrda sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlanganlik e’tiborga olinishi lozim.
10. Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlangandan so‘ng qasddan yangi jinoyat sodir etilishi, agar birinchi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan, sudlanganlik belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan yoxud shaxs muqaddam sodir etgan jinoiy xatti-harakat uchun qonunda javobgarlik bekor qilingan bo‘lsa, shuningdek JK 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan bo‘lsa, jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Jinoyat kodeksi 58-moddasiga muvofiq, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun mazkur jinoyat uchun qonunda nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda eng ko‘p jazo deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (moddaning qismida) nazarda tutilgan eng og‘ir jazo muddati yoki miqdori tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuni nazarda tutish lozimki, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishdagi muayyan holatlarni, har bir ishtirokchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar va jinoyatni sodir etishdagi ishtiroki darajasini e’tiborga olib, jazoni individuallashtirishi hamda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga qonun sanksiyasi doirasida yengilroq jazo tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda sudlar JK 81—90-moddalarida belgilangan xususiyatlarni inobatga olishlari shart.
Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida JK 54-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, har bir muayyan holda, shuningdek uning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sog‘lig‘i, jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar, shaxsiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanishi va baholanishi lozim.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxs ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda voyaga yetgan bo‘lsa ham, unga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati yoki miqdori JK 82—85-moddalarida belgilangan maksimal muddat va miqdorlardan oshishi mumkin emas.
Voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan shaxsga jinoyatlar majmui yoki bir necha hukm yuzasidan uzil-kesil jazo tayinlashda uning miqdori:
jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq tariqasidagi jazolar — JK 82—84-moddalarida nazarda tutilgan muddat va miqdorlardan;
Keyingi tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo — JK 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Shaxs tomonidan bir necha jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari voyaga yetmagan, qolganlari voyaga yetgan davrda sodir etilgan bo‘lsa, sud jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlayotganida avval JK 82—86-moddalari talablariga rioya etgan holda o‘n sakkiz yoshgacha sodir etilgan jinoyatlar uchun, keyin esa, voyaga yetgandan so‘ng sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlab, so‘ngra JK 59-moddasiga asosan uzil-kesil jazo tayinlaydi.
13. Ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rishda, sudlar tomonidan hukm chiqarish paytida jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya qilinganligi, tayinlangan jazo jinoyatning og‘irligi va mahkumning shaxsiga mutanosibligi sinchiklab tekshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudning sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, yetkazilgan zarar miqdori, ayblanuvchining shaxsi, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar, ayblov hajmi, ayb shakli, ishtirokchilikning turi va shakli haqidagi xulosalari noto‘g‘ri deb topilgan va shu munosabat bilan hukmga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi o‘z qarorini asoslantirgan holda mahkumga nisbatan tayinlangan jazoni yengillashtirish masalasini muhokama qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlarining e’tibori o‘ta xavfli retsidivistlar, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan jazoni asossiz ravishda kamaytirish yoki boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Sudlarga jarima tariqasidagi jazo turini nafaqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar, balki og‘ir jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, agar bu jazo qonun sanksiyasida nazarda tutilgan bo‘lsa, kengroq qo‘llash tavsiya etilsin.
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning qaror qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, pul birligida ifodalangan jami summasi ham ko‘rsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash va miqdorini belgilashda sud, odatda, uning amalda to‘lana olinishi imkoniyatidan kelib chiqishi lozim. Bunda, chunonchi, sudlanuvchining moddiy ahvoli, shuningdek qaramog‘ida voyaga yetmaganlar farzandlari, keksa ota-onasi borligi va h.k.lar inobatga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy, hukm chiqarilgan kunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan mahkum esa — olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda to‘lashi lozim. Biroq sud, mahkumning moddiy ahvolini inobatga olib, JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga asosan hukmning ushbu qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishi yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini hal qilishi mumkin.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Bunday holda jarimani to‘lash uchun Jinoyat kodeksi 44-moddasining uchinchi qismida va 82-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatlarning o‘tishi kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) muddati tugagandan so‘ng boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli shaxsga nisbatan u sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda uni jamiyatdan ajratish zarurati bo‘lmaganda olti oydan uch yilgacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan bir yilgacha) bo‘lgan muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari, shuningdek JK 44-moddasining uchinchi qismi va 82-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda axloq tuzatish ishlarining minimal muddati to‘lanmagan jarima summasidan kelib chiqib, olti oydan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan) kamroq bo‘lishi mumkin, biroq uch yildan (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir yildan) oshmasligi lozim.
mehnatga layoqatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi, uchinchi guruh nogironi deb topilgan) shaxslarga;
homilador va bolani parvarishlash bilan bog‘liq ta’tilda bo‘lgan yoki band bo‘lgan ayollarga (bola uch yoshga to‘lgunga qadar);
yangi tug‘ilgan chaqaloqni bevosita tug‘uruqxonadan farzandlikka olgan yoki unga nisbatan vasiy bo‘lib, bolani parvarishlash bilan bog‘liq ta’tilda bo‘lgan shaxslarga (bola uch yoshga to‘lgunga qadar);
Keyingi tahrirga qarang.
20. Axloq tuzatish ishlari, odatda, ish joyida o‘tash sharti bilan tayinlanishi lozim. Shu bilan birga, shaxs o‘z kasb yoki xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq holda jinoyat sodir etib, uning oldingi ish joyida qoldirilishi jazoning tarbiyaviy ahamiyati pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, axloq tuzatish ishlarini ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan belgilangan joyda o‘tash tayinlanishi mumkin.
Axloq tuzatish ishlari muddatlari hamda aybdorning ish haqidan chegirma miqdori haqidagi masalani hal qilish uchun sudlar sudlanuvchining, ayniqsa voyaga yetmaganlarining moddiy ahvolini aniqlashlari lozim.
Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bo‘yicha axloq tuzatish ishlari tayinlanayotganda, jazo muddati va ish haqidan chegirma miqdori har bir modda bo‘yicha alohida, so‘ngra esa, ularning majmui bo‘yicha belgilanadi. Bunda jazoning uzil-kesil muddati va chegirma miqdori JK 46-moddasida belgilangan chegaradan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Qonun mazmuniga ko‘ra, (JK 46-moddasining to‘rtinchi qismi) tayinlangan jazo muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlangan taqdirda, sud axloq tuzatish ishining o‘talmagan muddatini shu muddatga ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo turi bilan almashtirishi mumkin. Bunda Jinoyat kodeksining aybdor sudlangan moddasi sanksiyasi axloq tuzatish ishlari almashtirilishi natijasida kelib chiqqan muddatdan kam ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutishining yoki umuman ozodlikdan mahrum qilish jazosini ko‘zda tutmasligining ahamiyati yo‘q.
Keyingi tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud ushbu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga hisoblagan holda qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bunda qamoq muddati uch oydan oshmasligi kerak (JK 83-moddasining ikkinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
22. Axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirish masalasini hal qilishda, sud, axloq tuzatish ishi ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan ushbu jazo ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilganligi, mahkum qonun talabiga muvofiq jazoni o‘tashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar taqdim etilgan hujjatlarda bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, sudya tegishli tekshirish o‘tkazish uchun hujjatlarni ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organga yuborish haqida ajrim chiqaradi
23. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalariga muvofiq axloq tuzatish ishining o‘talmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkum ishtirokida ko‘rilishi lozim. Bu masala mahkum yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan bo‘yin tovlayotganligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar ishda mavjud bo‘lgan holdagina uning ishtirokisiz hal etilishi mumkin.
Agar axloq tuzatish ishining o‘talmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosi bilan almashtirish haqidagi materialni ko‘rish vaqtida JPK 533-moddasida ko‘rsatilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qamoq jazosi mahkumni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish imkoniyati bo‘lmagan hollarda bir oydan olti oygacha (voyaga yetmaganlarga nisbatan — bir oydan uch oygacha) bo‘lgan muddatga tayinlanishi mumkin.
Qamoq JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ilgari tayinlangan jarima jazosini almashtirish tartibida ham tayinlanishi mumkin. Bunday holda qamoqning minimal muddati bir oydan kam bo‘lishi mumkin, biroq olti oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, ehtiyot chorasi sifatida shaxsning qamoqda saqlanishi o‘z-o‘zidan qamoq jazosini tayinlash uchun asos bo‘la olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida, odatda, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, alohida hollarda esa, sudlanuvchining shaxsini inobatga olgan holda — ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni bo‘lmasa, qo‘llaniladi. Ushbu jazo turini qo‘llash sabablari hukmda asoslantirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
olti oydan yigirma yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
voyaga yetmaganlarga nisbatan olti oydan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, — o‘n besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jarima tariqasidagi jazosini almashtirish tartibida, — uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
JK 46-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini almashtirish tartibida, — olti oydan kam bo‘lgan muddatga tayinlanishi mumkin;
Yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi istisno etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. JK 59-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddati Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi maksimal muddatining to‘rtdan uch qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanayotgan hollar ham bundan mustasno emas.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Sudlar qisqa muddatga (bir yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda ishning barcha holatlaridan, aybdorning shaxsidan kelib chiqishlari va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo qo‘llanilishi imkoniyati yo‘qligi sabablarini hukmda asoslantirishlari lozim.
30. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda jazo muddati Jinoyat kodeksining har bir moddasi bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash koloniyasining turi jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlangandan so‘ng belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
30-1. Jinoyat kodeksi 51-moddasiga muvofiq, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasining ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddasining uchinchi qismi) uchun tayinlanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash masalasini hal etishda, sudlar bu turdagi jazo favqulodda jazo bo‘lib, faqat ishda javobgarlikni og‘irlashtiradigan alohida holatlar mavjud bo‘lgandagina tayinlanishi mumkinligini va mahkumni jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iborat bo‘lishini hisobga olishlari lozim.
ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan;
30-2. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 50-moddasi to‘rtinchi qismida, 51-moddasi uchinchi qismida belgilangan qoidalar hukm chiqarilgan yoki ish apellatsiya instansiyasida ko‘rilgan kunda 60 yoshga to‘lgan erkaklarga nisbatan tatbiq etiladi.
(30-1-30-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
31. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 72-moddasining birinchi qismiga muvofiq shartli hukm faqat axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismga jo‘natish yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar tayinlangan holda qo‘llanilishi mumkin.
Agar sud bir yoki bir necha jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qo‘llash lozimligi haqida xulosaga kelsa, bunday qaror har bir jinoyat uchun alohida emas, balki jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlash paytida qabul qilinadi.
Shartli hukm faqat JK 72-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan bir yoki bir necha jazo turi tayinlangan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Agar tayinlangan jazo turidan biri qonunning ushbu normasida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud JK 72-moddasi birinchi qismida qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan shartli hukm qo‘llab, boshqa turdagi jazoni (masalan, muayyan huquqdan mahrum qilish, jarima) real ijro etish to‘g‘risida qaror qiladi.
32. Qonunga ko‘ra, shartli hukm qilishda qo‘shimcha jazolar ham qo‘llanilishi mumkinligini va ular real tarzda ijroga qaratilishini nazarda tutib, bu haqda hukmning qaror qismida alohida ko‘rsatish lozim.
33. Shartli hukm asoslantirilgan bo‘lishi va mahkumni axloqan tuzatish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Shu sababli sud, shartli hukm qilingan mahkumga JK 72-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni yuklashi mumkin.
34. Shartli hukm qo‘llanilganda, bir yildan uch yilgacha bo‘lgan sinov muddati belgilanadi va bu muddat hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Qonun sinov muddati davomiyliligini tayinlangan jazo miqdori bilan bog‘lamaydi. Bu masala sud tomonidan har safar sodir etilgan jinoyatning xususiyati va sudlanuvchining shaxsidan kelib chiqib hal etiladi.
Agar shartli hukm apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qo‘llanilgan bo‘lsa, bunday holda ham sinov muddati hukm e’lon qilingan kundan boshlab hisoblanadi (JK 72-moddasi ikkinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Shartli hukm qilishda belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi JPK 541-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mahkumning yashash joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.
35. JK 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, sud bunday shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda belgilangan jazoni ijro etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Shu bilan birga, sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va muayyan holatlarini, mahkumning shaxsi va sinov muddati davomidagi xulq-atvoriga doir ma’lumotlarni hisobga olib, sud shartli hukmni aslicha qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
36. Qonun bo‘yicha (JK 72-moddasining sakkizinchi qismi) shartli hukm qilingan shaxs tomonidan sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etilsa, sud unga JK 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi. Bunda sud, uzil-kesil jazo tayinlashdan oldin, shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, birinchi hukmning shartliligini bekor qiladi.
Bunday holda, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash paytida sud, JK 72-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda yana shartli hukm qo‘llashi mumkin.
Ayni paytda, shuni nazarda tutish kerakki, JK 72-moddasida shartli hukmni bekor qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar doirasi qat’iy belgilangan. Shu sababli, agar shartli hukm qilingan shaxsning o‘sha ish bo‘yicha hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan boshqa jinoyatda ham aybdorligi aniqlansa, ushbu holat jazoning shartliligini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Bunday holda JK 59-moddasi qoidalari qo‘llanilmaydi (chunki shartli hukm yuridik tabiatiga ko‘ra jinoiy jazodan ozod qilishning bir turi hisoblanadi) va birinchi hamda ikkinchi ish bo‘yicha chiqarilgan har qaysi hukm alohida ijro qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
37. JK 57-moddasiga muvofiq, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq jazo tayinlanishi mumkin.
Bunda, qonunga muvofiq, sudlar, nafaqat shaxs jinoyat sodir etish vaqtida ko‘zlagan motiv va maqsad, ayb shakli va darajasini, balki, aybdorning shaxsi, jinoyat ishtirokchilari orasidagi roli, jinoyat sodir etilish paytidagi yoki sodir etilganidan keyingi xulq-atvori, jinoyatni sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitni ham e’tiborga olishlari lozim.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi alohida holatlar ro‘yxati qonunda ko‘rsatilmaganligini nazarda tutib, sud qabul qilgan qarorini hukmda asoslantirgan holda jazoni yengillashtiruvchi ayrim holatni ham, ularning majmuini ham bunday holat sifatida tan olishi mumkin (masalan moddiy zararning to‘liq qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, uning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatni ochishda faol ishtirok etganligi, jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-atvori, jabrlanuvchining sudlanuvchi bilan yarashganligi va h.k.).
38. Jinoyat kodeksining 57-moddasida belgilangan qoidaga ko‘ra, ushbu kodeks Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan har qanday yengilroq asosiy jazo turi, jumladan, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismga jo‘natish kabi jazolar JK 44—49-moddalariga rioya qilingan holda tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida faqat Jinoyat kodeksining tegishli moddasi (qismi, bandi) bo‘yicha JK 57-moddasi qo‘llanilib tayinlangan uzil-kesil jazo chorasi ko‘rsatilishi lozim bo‘lib, yengilroq jazo qo‘llash sabablari hukmning tavsif qismida ko‘rsatilishi kerak;
shaxs jinoyat qonunining turli moddalarida (moddasi qismlarida) ko‘zda tutilgan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun sudlanayotgan bo‘lsa, JK 57-moddasi jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlangan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qo‘llaniladi;
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazoning tayinlanishi aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinayotgan qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qo‘shimcha jazolarni tayinlash imkoniyatini istisno qilmaydi.
40. Qo‘shimcha jazo choralarining yangi jinoyatlar sodir etilishi oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, sudlarga hukm chiqarish paytida asosiy jazo bilan birga tegishli qo‘shimcha jazo qo‘llash masalasini ham muhokama qilish tavsiya qilinsin.
41. Jinoyat kodeksining 43-moddasiga muvofiq, mahkumlarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish hamda harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kabi qo‘shimcha jazolar qo‘llanilishi mumkin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo shaxs aybdor deb topilgan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida tayinlanadi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u JK 45-moddasida belgilangan asoslar va doirada, qabul qilingan qaror hukmda asoslantirilgan holda qo‘llanilishi mumkin.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo JK 52-moddasida ko‘rsatilgan hollardagina qo‘llanilishi mumkin.
42. Agar jinoiy qilmish kvalifikatsiya qilinayotgan qonunda qo‘shimcha jazo majburiy tarzda tayinlanishi belgilangan bo‘lsa, uni faqat JK 57-moddasida nazarda tutilgan hollar mavjud bo‘lganda qo‘llamaslik mumkin bo‘lib, bunday qaror ushbu moddaga havola qilingan holda hukmda asoslantirilishi lozim.
43. Qonun bo‘yicha tayinlanishi majburiy bo‘lgan qo‘shimcha jazoni qo‘llamaslik (JK 57-moddasi qo‘llanilgan hollar bundan mustasno), hukmda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo muddatini ko‘rsatmaslik, tayinlangan jazoga ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlangan qo‘shimcha jazoning o‘talmagan qismini qo‘shmaslik, qo‘shimcha jazoni faqat jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlash kabi hollar jinoyat qonuni noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb baholanishiga va JPK 484-moddasi to‘rtinchi bandi hamda 488-moddasi talabiga ko‘ra hukmning bekor bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonunda nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazo belgilanishi yoki Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilmagan boshqa yengilroq asosiy jazo turiga o‘tilishi aybdorga nisbatan qo‘shimcha jazo tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi.
45. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, aybdor o‘zi egallagan lavozim yoki xizmat faoliyati bilan bevosita bog‘liq holda jinoyat sodir etgan har bir holda, sud, jinoyatning xususiyatidan kelib chiqib, mahkumni u yoki bu mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish masalasini muhokama qilishi shart. Bunday jazoni tayinlash paytida hukmning qaror qismida sudlanuvchi shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan mansab xarakteri yoki faoliyat turi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Hukm chiqarilayotgan paytda mahkum jinoyat sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mansabni egallamasligi yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanmasligi holati qo‘shimcha jazo qo‘llash uchun to‘siq bo‘lmaydi.
46. Bir necha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo‘shimcha jazo turi va miqdori asosiy jazo singari har bir harakat uchun alohida, so‘ngra esa jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil tayinlanishi lozim. Agar qo‘shimcha jazo jinoyatlar majmuiga kiruvchi birorta ham jinoyat uchun tayinlanmagan bo‘lsa, u jinoyatlar majmui bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin emas.
Agar jinoyatlar majmuiga kiruvchi ikki va undan ko‘p jinoyat uchun aynan bir turdagi qo‘shimcha jazo tayinlangan bo‘lsa, uning uzil-kesil miqdori ko‘proq qo‘shimcha jazo muddatini ko‘zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to‘la yoki qisman qo‘shish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan yoki qo‘shimcha jazo JK 45-moddasi asosida qo‘llanilgan bo‘lsa, ushbu jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida belgilanadi.
47. Agar, sud muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoni tayinlash chog‘ida mansab nomi yoki faoliyat turini hukmda aniq ko‘rsatmagan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudi mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda hukmga tegishli aniqlik kiritishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday aniqliklar hukm chiqargan sud tomonidan ham JPK 541-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda kiritilishi mumkin.
Agar hukm uni chiqargan sud faoliyat ko‘rsatuvchi hududdan tashqarida ijro qilinayotgan bo‘lsa, ushbu masala hukm ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan hal qilinadi.
48. Sudlarga muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoni, tegishli asoslar mavjud bo‘lgan hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda, ushbu faoliyat kasb yoki tirikchilik manbai bo‘lgan shaxslarga nisbatan (masalan tadbirkorlik faoliyati, transport vositalarini boshqarish va sh.k.) qo‘llashning qanchalik maqsadga muvofiqligi masalasini muhokama qilish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Sudlar shuni nazarda tutishlar lozimki, JK 59-moddasida belgilangan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
qilmish Jinoyat kodeksi muayyan moddasining bir necha qismlari bilan kvalifikatsiya qilinganda, basharti ushbu qismlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari);
Keyingi tahrirga qarang.
shaxs bir necha aynan o‘xshash qilmishni sodir etgan bo‘lib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil, boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda;
ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda.
Shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan o‘xshash qilmishni sodir etganlikda aybdor deb topilganda jazo shu moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha tayinlanadi (JK 33-moddasi).
50. Jinoyat kodeksi 59-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksi 468-moddasida belgilangan sudning har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlab, so‘ngra jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo belgilashi shartligi to‘g‘risidagi talablar ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo tayinlashga taalluqlidir.
51. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo‘yicha asosiy jazo belgilashda, sud, alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarning yengilrog‘ini og‘irrog‘i bilan qoplash yoki ularni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, sud jazo tayinlashning umumiy asoslariga rioya etgan holda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoki jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasidan birini tanlashga haqli;
agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, sud Jinoyat kodeksi Umumiy qismida muayyan jazo turi uchun belgilangan doirada jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasiga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jazoni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi alohida jinoyatlar uchun har xil turdagi jazolar tayinlanganda ham qo‘llaniladi. Bunda sudlar Jinoyat kodeksi 61-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazolarni qo‘shib hisoblash qoidalariga amal qilishlari lozim.
Ayni paytda sudlar shuni nazarda tutishlar kerakki, JK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jarima va muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar boshqa turdagi jazolar bilan qo‘shib hisoblanmaydi va alohida ijro qilinadi.
52. Ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo‘yicha qo‘shimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir turga mansub bo‘lsa, sud ushbu qo‘shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning yengilrog‘ini og‘irrog‘i bilan qoplash yoki ularni to‘la yoki qisman qo‘shish qoidasi bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmuiga kiruvchi jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazo turlicha bo‘lsa, ular alohida ijro etiladi.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, qo‘shimcha jazolarni qoplash qoidasini qo‘llash imkoniyati qonunda jinoyatning og‘irligi bilan cheklanmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyatlar majmui uchun JK 59-moddasining sakkizinchi qismi bo‘yicha jazo tayinlanganda, uzil-kesil jazo birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday hollarda, sud, birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas, balki uning to‘liq miqdoridan kelib chiqishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
JK 59-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq tayinlangan uzil-kesil jazo muddatini belgilashda birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo hisobga olinadi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
54. Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha hukmlar bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari birinchi hukm e’lon qilinganidan so‘ng, lekin o‘sha hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazolar to‘liq o‘talganga qadar mahkum tomonidan yangi jinoyatni sodir etilgan hollarda qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, hukmlar majmui bo‘yicha belgilangan jazo yangi jinoyat uchun belgilangan jazo muddatidan ham ilgarigi hukm bo‘yicha belgilangan jazoning o‘talmagan qismidan ham ko‘proq bo‘lishi kerak.
Bunda ozodlikdan mahrum etish (uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish) tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — o‘n besh yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 60-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, agar hukmlardan biri bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo‘lsa, uzil-kesil jazo yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash yo‘li bilan tayinlanadi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
56. Hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash haqidagi masala hal qilinayotganda oldingi hukm bo‘yicha tayinlangan asosiy va qo‘shimcha jazoning qancha qismi shaxs tomonidan real o‘talmaganligi aniqlanishi lozim.
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda — jazoning mahkum o‘tamay qolgan qismi;
Ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlanib, o‘talmay qolgan qo‘shimcha jazo hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga faqat qo‘shimcha jazo sifatida qo‘shilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Sud birinchi hukm bo‘yicha shartli tayinlangan jazoni oxirgi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoga qo‘shishda, shaxs ehtiyot chorasi yoki ushlab turish sifatida qamoqda bo‘lgan vaqtni hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazoga qo‘shib hisoblashi kerak.
Agar yangi jinoyat shaxs tomonidan birinchi hukm bo‘yicha tayinlagan jazo JK 74-moddasiga asosan yoki afv etish, yoxud amnistiya akti asosida yengilrog‘i bilan almashtirilganidan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoga almashtirilgan yengilroq jazoning o‘talmagan qismi qo‘shiladi.
Yangi jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxs tomonidan sodir etilganda, jazoning o‘talmagan qismi deb yangi jinoyat uchun qamoqda saqlab turish sifatida ehtiyot chorasi tanlanganidan so‘ng qolgan muddatni hisoblash lozim. Agar bunday ehtiyot chorasi tanlanmagan bo‘lsa, jazoning o‘talmagan qismi muddati oxirgi hukm chiqarilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Agar ish bo‘yicha mahkum boshqa jinoyatlarda ham aybdor ekanligi aniqlanib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga, boshqalari esa, hukm chiqarilgandan so‘ng sodir etilgan bo‘lsa, ikkinchi hukm bo‘yicha jazo avval birinchi hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha, keyin JK 59-moddasi sakkizinchi qismi qoidasiga ko‘ra, so‘ngra birinchi hukm chiqarilganidan keyin sodir etilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha va oxirida bir necha hukm yuzasidan (JK 60-moddasi) uzil-kesil tayinlanadi.
(58-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Shaxs davomli yoki uzoqqa cho‘zilgan, ya’ni birinchi ish bo‘yicha hukm chiqarilguncha qadar boshlanib, hukm chiqarilgandan so‘ng ham davom etgan jinoyat uchun sudlanayotgan bo‘lsa, sud ikkinchi hukm bo‘yicha jazo tayinlashda JK 60-moddasini qo‘llashi lozim.
JK 59-moddasining oltinchi qismi va 60-moddasi qoidalariga muvofiq tayinlangan uzil-kesil jazo muddati oxirgi ish bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki ushlab turish vaqti hisobga olingan holda oxirgi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Qonunga ko‘ra, agar mahkumning ahvoli yomonlashmasa va himoyaga bo‘lgan huquqi buzilmasa, sud jinoiy qilmishni jinoyat qonunining bitta moddasidan yengilroq jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi bir necha moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Bunda jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan jazo jinoiy qilmish ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilish haqidagi qarorda va ayblov xulosasida kvalifikatsiya qilingan Jinoyat kodeksi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan maksimal jazodan og‘irroq bo‘lishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ko‘rishda ham ushbu qoidani e’tiborda tutish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Sudlarga tushuntirilsinki, har bir qilmish uchun alohida jazo tayinlamasdan turib jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo belgilanishi yoki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlanib, jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil-kesil jazo tayinlanmasligi yoxud tayinlangan jazoga ilgarigi hukm bo‘yicha tayinlangan va sudga ma’lum bo‘lgan jazoning o‘talmagan qismi qo‘shilmasligi jinoyat qonuni normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi sifatida baholanib, hukmning bekor qilinishiga olib keladi.
61. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sudi:
Keyingi tahrirga qarang.
ishlarni barcha sud instansiyalarida ko‘rishda jinoyat uchun jazo tayinlash haqidagi qonun normalarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlasinlar;
jazo tayinlash amaliyotini doimiy ravishda o‘rganib borish va umumlashtirish, qonunni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilgan holda, kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rsinlar.
62. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1999-yil 14-maydagi “Jinoiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar haqida”gi 11-sonli;
2000-yil 22-dekabrdagi “Jinoyat uchun jazo choralarini tayinlash borasida sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 31-sonli;
2002-yil 14-iyundagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 10-sonli qarorning 5, 20, 26-bandlari;