Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo‘lib, unga tajovuz qilish eng og‘ir jinoyatdir.
Oldingi tahrirga qarang.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
5. Agar qilmishda Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan kvalifikatsiya belgilari, shuningdek, mazkur Kodeksning 98–101-moddalarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmasa, masalan, qotillik bezorilik tuyg‘ulari bilan emas, balki o‘zaro janjal yoki urishish natijasida, rashk tufayli, o‘ch olish, hasad, adovat, nafrat oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, qasddan odam o‘ldirish jinoyati JK 97-moddasining birinchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirishga nisbatan qasd mavjud bo‘lganda jabrlanuvchilardan faqat bittasi o‘lib, boshqalari aybdorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra o‘lmay qolgan bo‘lsa, qilmishni JK 97-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish tariqasida kvalifikatsiya qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda, aybdorning harakatlari JK 25, 97-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi va 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
7. Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdor jabrlanuvchining homiladorligini (tashqi belgilar va boshqa faktik ma’lumotlar mavjudligi) bilganligi aniqlangan bo‘lishi kerak. Homiladorlik muddati, shuningdek, homilador ayol o‘ldirilishi natijasida uning homilasi nobud bo‘lgan-bo‘lmaganligi qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas.
Agar aybdor yanglish taxmin asosida, aslida homilador bo‘lmagan ayolni homilador, deb qasddan o‘ldirgan bo‘lsa, basharti uning harakatlarida JK 97-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lmasa, qilmish JK 97-moddasining birinchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
8. Aybdorning harakatlarini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda, ojiz ahvol, deb jabrlanuvchining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy jihatdan (jismoniy nuqsonlari, ruhiyati buzilganligi, juda yosh yoki keksaligi, qattiq og‘riq yoki behush holatda yoxud uyquda bo‘lganligi, alkogol, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda ta’sirida og‘ir darajada mastligi tufayli) o‘zini himoya qilishga, aybdorga faol qarshilik ko‘rsatishga qodir emaslik yoki o‘ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tushuna olmaslik yoxud o‘z harakatlarini boshqara olmaslik holati tushunilishi kerak. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “d” bandi bo‘yicha, ya’ni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli usulda sodir etilgan, deb kvalifikatsiya qilish uchun, aybdor muayyan shaxsga nisbatan o‘ldirish qasdini amalga oshirish chog‘ida boshqa shaxslar hayotiga ham chinakam xavf tug‘diruvchi usul qo‘llayotganligini (masalan, odamlar gavjum joylarda o‘q otish, portlatish, o‘t qo‘yish, jabrlanuvchidan o‘zga odamlar ham foydalanadigan suvni va ovqatni zaharlash, gaz vositasida bo‘g‘ish va h.k.) anglab yetganligi aniqlangan bo‘lishi lozim.
12. Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda aybdorning qasdi o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirishga qaratilgan bo‘lganligini aniqlash shart. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, qonun o‘ta shafqatsizlik tushunchasini odam o‘ldirish usuli bilangina emas, balki, aybdor tomonidan o‘ta shafqatsizlik namoyon etilganligidan dalolat beruvchi boshqa holatlar bilan ham bog‘laydi.
Jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida qasddan o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish to‘g‘risida oldindan til biriktirilmagan taqdirda, qotillikni bajaruvchi shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi bo‘yicha, boshqa ishtirokchilarning harakatlari esa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining “j” bandi istisno etilgan holda, ushbu moddaning tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Bunda ikkita mustaqil jinoyat sodir etilishini inobatga olib, qilmish JK 97-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi hamda, ishning muayyan holatlariga qarab, Jinoyat kodeksi 118 yoki 119-moddasining tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Bosqinchilik, tovlamachilik bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirish harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi hamda Jinoyat kodeksining bosqinchilik va tovlamachilik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar aybdorda moddiy naf ko‘rishga nisbatan qasd qotillik sodir etilganidan keyin paydo bo‘lgan bo‘lsa, qilmish JK 97-moddasining tegishli qismi bilan hamda Jinoyat kodeksining o‘zganing mulkini talon-toroj qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim.
16. Bezorilik oqibatida, ya’ni jamiyatga va umum e’tirof etilgan axloq qoidalariga ro‘y-rost hurmatsizlik zamirida sodir etilgan (masalan, hech bir sababsiz yoki arzimagan sabab tufayli) qasddan odam o‘ldirish JK 97-moddasi ikkinchi qismining “l” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning fe’l-atvorida jamoat tartibiga oshkora bo‘ysunmaslik, atrofdagilarga nisbatan o‘zini qarshi qo‘yish, bepisandlik namoyish etish istagi mavjud bo‘ladi. Bu holda aybdorning harakatlarini Jinoyat kodeksining 277-moddasi bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini o‘zaro janjal yoki urushish oqibatida sodir etilgan qotillikdan (JK 97-moddasi birinchi qismi) farqlash uchun urush-janjal tashabbuskori kim ekanligini, nizo odam o‘ldirishda bahona sifatida foydalanish maqsadida aybdor tomonidan ataylab uyushtirilgan-uyushtirilmaganligini aniqlash lozim. Agar urush-janjal jabrlanuvchi tomonidan boshlangan bo‘lsa yoki nizoga uning g‘ayrihuquqiy xulq-atvori sabab bo‘lgan bo‘lsa, aybdor bezorilik oqibatida odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgar bo‘lmaydi.
18. Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “n” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun transplantant olish yoki murdadan olingan qism (bo‘lak)lardan foydalanishga nisbatan to‘g‘ri qasd mavjudligini aniqlash zarur. Bunda aybdor qotillikdan ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘lishi shart emas.
Qasddan odam o‘ldirish jinoyati JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, aybdorning harakatlarini mazkur modda ikkinchi qismining boshqa maqsad va sabablarni nazarda tutuvchi yana biron bir bandi bilan kvalifikatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, agar jabrlanuvchi ta’magirlik niyatida yoki bezorilik oqibatida o‘ldirilganligi aniqlansa, qilmish ayni bir vaqtning o‘zida JK 97-moddasi ikkinchi qismining “o” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
20. Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “p” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda, har qaysi ishtirokchining jinoyatda ishtirok etganlik darajasi va xususiyatini aniqlash, oldindan til biriktiruv bo‘lgan-bo‘lmaganligini va ular o‘rtasida vazifalar o‘zaro taqsimlangan-taqsimlanmaganligini sinchiklab tekshirish lozim.
Jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97-moddasi ikkinchi qismining “p” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunda o‘limga sabab bo‘lgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi shart emas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini bartaraf etib, uni o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etgan, boshqasi esa, unga halok etuvchi shikast yetkazgan).
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sud JPK 415-417-moddalari talablariga rioya qilgan holda aybdorning harakatlarini JK 97-moddasi birinchi qismidan ikkinchi qismiga va ikkinchi qismining bir bandidan boshqa bandiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
26. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxs tomonidan jazoni ijro etish muassasasi xodimini, shuningdek, mahbusni uning axloqan tuzalishiga to‘sqinlik qilish yoxud jamoat vazifasini bajarganligi uchun o‘ch olish maqsadida qasddan o‘ldirish JK 97-moddasining tegishli qismidan tashqari, Jinoyat kodeksining ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 220-moddasi bo‘yicha ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”